O bobojonov k. Jumaniyozov



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/215
Sana23.05.2022
Hajmi1,89 Mb.
#607434
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   215
Bog'liq
MOLIYAVIY HISOB

Joriy investisiyalar
– erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan 
muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatbaho qog’ozlardir. Ular odatda 
bozorning (likvidli) qimmatbaho qog’ozlari deb ataladi. Bozorning 
qimmatbaho qog’ozlari ko’p hollarda vaqtincha bo’sh turgan naqd pullar 
va pul mablag’larining vaqtincha qo’yilmasi bo’ladi. Ular, shuningdek, 
bino, asbob-uskunalarga va boshqa uzoq muddatli aktivlarga qo’yilishi 
kutilayotgan kapital ham bo’lishi mumkin.
Boshlanishida joriy investisiyalar hisobda sotib olish qiymati bo’yicha 
aks ettirilib, ushbu summa qimmatbaho qog’ozlarning kelishilgan bahosi, 
sotib olish xarajatlari, jumladan, brokerlarga berilgan mukofotlar, bojxona 
to’lovlari va yig’imlari va bank xizmatlari uchun to’langan summalardan 
iborat.
Кeyinchalik joriy investisiyalar quyidagi tartibda baholanadi: 
1. 
Haqiqiy (bozor) qiymati; yoki
2. 
Sotib olish va haqiqiy (bozor) qiymatlaridan eng kichigi bo’yicha 
hisobga olinishi mumkin.
Haqiqiy qiymat – xabardor bo’lgan va bitimga tayyor tomonlarning 
o’rtasida aktivning ayriboshlanayotgan summasidir. Bozor qiymati – bu 
qimmatbaho qog’ozlar bozorida aksiyalarning kelishilgan holdagi 
olinadigan va sotiladigan qiymatidir. 
Agarda sub’ekt investisiyalarni haqiqiy (bozor) qiymati bo’yicha 
hisobga olsa, ushbu bozor qiymatining o’zgarishlarini davriy ravishda 
hisobga olishi lozim. 
Tanlangan usulga mos ravishda, qiymatning ko’payishi qayta 
baholashdan olingan daromad sifatida xususiy kapitalga olib boriladi, 
69


qiymatning kamayishi esa moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda 
xarajat deb tan olinadi.
Joriy va uzoq muddatli qo’yilmalar sifatida sotib olinadigan 
qimmatbaho qog’ozlar, ikkita alohida qimmatbaho qog’ozlar portfelini aks 
ettiradi va sotib olish va haqiqiy (bozor) qiymatlaridan eng kichigi 
bo’yicha baholash usuli har bir portfel uchun alohida qo’llaniladi.
Investisiyalarni sotib olish tartibi quyidagicha belgilangan:
qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish, hisobda 5800-«qisqa muddatli 
investisiyalar» schyotlarining debetida sotib olish qiymati va ushbu 
muomala bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. 
Investisiya qimmatbaho qog’ozlar, jumladan aksiyalarning qiymati bo’lib, 
ularning nominal qiymati emas, balkim haqiqiy qiymati hisoblanadi. Agar 
investisiyalar boshqa aktivlarni qo’yish orqali amalga oshirilsa, u holda 
ularning qiymati berilgan aktivning haqiqiy qiymatiga teng bo’ladi.
Obligasiyalar va shu kabi qimmatbaho qog’ozlar investor tomonidan 
balansda aktivlar guruhidagi schyotda sotib olish qiymati bo’yicha aks 
ettiriladi. Agar sotib olish qiymati nominal qiymat (to’lash qiymati) dan 
farq qilsa, u holda sotib olish qiymati va nominal qiymati orasidagi farq 
(ustama yoki chegirma) summasi, obligasiyalar chiqarilgan muddat 
davomida tegishli tartibda hisobdan chiqariladi. Ustamaning hisobdan 
chiqarilishi qisqa muddatli investisiyalar schyotining kreditlanishi bilan, 
chegirmalar esa ushbu schyotning debetlanishi bilan amalga oshiriladi. 
Chunki, obligasiyalarning to’lanishi davrigacha ularning balans qiymati 
nominal qiymatga to’g’ri kelishi kerak. Obligasiyalar bo’yicha ustamalar 
va chegirmalarning hisobdan chiqarilishining davriyligi ular bo’yicha 
hisoblangan foiz daromadlarining davriyligiga mos keladi. Berilgan 
hisobot davrida hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan chegirma, ustama 
summalari foiz daromadi yoki xarajati deb turkumlashtiriladi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish