99
paydo bo’lish shartlariga bog’liq. Kuzatuv metodi cheklanganligini aytish joiz. U
jarayonning faqat tashqi ko’rinishini tekshiradi. Sezgi organlarimiz qabul qiladigan
narsalarnigina kuzata olamiz. O’qituvchining tashqi harakatlarini kuzatih mumkin,
unga javoban yoki mustaqil bo’lgan o’quvchi harakatlarini pedagogik jarayonning
o’zaro ta’siri sistemasini qatnashchilar joylashtirishini kuzatish mumkin. Biroq
kuztuv yordamida harakatning sababi, hissiy holatlarini,
intelektual va jismoniy
zo’riqishlarini namoyon etib bo’lmaydi. Biroq tadqiqiy kuzatuv imkoniyatlari
texnik (rivojlanish) ayniqsa, kuzatuv asboblari kengaymoqda.
Ta’lim-tarbiyada oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan o’quvchi harakati
o’zini tutishi, kuzatuv apparatlari yordamida yangi, yopiq ma’lumotlar olinmoqda.
Kuzatuvni amalga oshirish va uning natijalaridan (ilmiy) masalalarni yechishd
foydalanish. Kuzatuv uslubini qo’llashda umumiy qoidalarga murojaat qilamiz.
Kuzatish metodikasi, uning tuzilishi, turlari, yo’nalishlari, texnikasi ob’yektiv va
sub’yektiv holatlar, asosan o’rganilayotgan ob’yektning o’iga xos xususiyatalari,
tadqiqotchi tajribasi uning qurollanganligi va ishlash sharoitlari bilan belgilanadi.
Barcha
jihatlar inobatga olinganda, kuzatuvning bo’lishi mumkin bo’lgan va
mumkin bo’lmagan imkoniyatlari ishlab chiqilganda, uning turlari tanlab
olingandan so’ng kuzatuv rejasi tuziladi. Rejada ob’yekt, maqsad,
vaqt,davomiyligi, kutilayotgan natija ko’rib chiqiladi. Kuzatuv jadvali ishlab
chiqiladi. U savollardan iborat bo’lib, javobni kuzatuv yordamida olinadi. Msalan,
maktabda mehnat bayramini tashkillashtirishni kuzatish uchun bir qator kuzatuv
ob’yektlari belgilanadi. Maktab binosini bezash, bolalar ishi ko’rgazmasi,
bayramda o’quvchilar ishtiroki (kim mehmonlarni kutib oladi, kim ko’rgazmaga
rahbarlik qiladi, kim ko’rgazmada tushuntirish ishlarini olib boradi) mehnat
bayramini mazmuni. Kuzatilayotgan narsani qayd etish texnikasi o’ylb chiqiladi.
Agar yozib olinsa, uning turi belgilanadi. Bu bayonnoma yozuvi bo’lishi mumkin,
unda kuzatilayotgan barcha narsalar qayd etiladi; voqealarni ketma-ket tanlab qayd
etish, agar kuzatuv diskret bo’lsa, kundalik ko’rininshidagi yozuv,
agar matritsa
holidagi yozuv ishlatsa bo’ladi, bunda oldindan tayyorlangan jadvalga ma’lum
sistemada dalillar, harakatlar, pedagogic jarayon sharoiti haqida ma’lumolar va
hokazolar kiritiladi. Kuzatuv materiallarini matn-yozuv formasida qayd etishdan
tashqari miqdoriy joy vaqt ko’rsatgichli formalar ham mavjud. Pedagogik
jarayonni kuzatishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlatish usullarini ko’rib
chiqamiz. Pedagogik jarayonni haqiqiy ko’rinishini videoyozuv, foto va
kinoregistratsiya beradi. Biroq kinosyomka maxsus tayyorgarlikni talab qiladi,
ayniqsa talaba guruhsiz rahbarsiz o’zi yakka bajaradi. Darsni yozib olish o’quv
jarayonini ovozli manzarasini beradi va ko’z orqali kuzatuvni to’ldirib boradi.
Uning afzalligi yozuvni bir necha marta katta ko’rishga
va tahlil qilishga imkon
beradi. Fonogrammaning kamchiligi ko’p pauza (to’xtashlar) va noo’rin ovozlar
100
(bor taqillashi, qadam taqillashi) bo’lishi. Shuning uchun bo’shliqlarni yo’qotib
montaj qilinadi. Yopiq yozuv juda qimmatlidir. Pedagogik odobdan chetga
chiqmasdan tadqiqotchi apparatni ma’lum vaqtga sozlaydi, pedagogik jarayonni
magnitafon orqali uzoqdan boshqaradi. Pedagogik tadqiqotlardan boshqa usullar
kabi kuzatuv ham cheklangan ma’lumotlarni beradi. Shuning uchun uning
samaradorligi, tadqiqotchining boshqa uslublar bilan
aralashtirib ishlashiga
bog’liq.
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, hatto undan o’z faoliyatida Suqrot
ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi)
bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi
fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga
imkon beradi.
Suhbat faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt
ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa
diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda
bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar,
jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy
xulosalarga keladi. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar,
tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o’quvchilarni yangi
bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Mazmuniga ko’ra suhbat turli
ko’rinishlarda tashkil etiladi. Ya’ni :
6)
Do'stlaringiz bilan baham: