va b. (1977) odam somatortopinini sintez qilishga muvofiq bo‘ldilar, bu gipofizar
nanizim bilan kasallanganlami davolashga imkoniyat tug‘dirdi.
Kortikotropin (AKTG). Molekular og‘irligi 4.500, 39 ta aminokislota
qoldig'idan iborat. Buyrak usti beziga ta’sir qilib, glukokortikoidiar va
androgenlar sintezlanishiga imkoniyat tug‘diradi. Buyrak usti bezi dan tashqari
uning ta’siri depolardan yog* mobilizatsiyasini chaqirish va yog‘larning
oksidlanishining kucbayishini ta’minlashdan iborat. AKTG moiekulasining
ma’lum qismi melanoform effekt ham ko‘rsatadi.
Tirotropin (TTG) - tireoid gormonlar (tiroksin, uchyodtironin) biosintezini,
ularning qonga tushishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezining bez qismi to‘qimasi
giperplastik jarayonlariga imkon tug‘diradi.
Follitropin (FSG) va lutropin (LG) jinsiy bezlar faoliyatini stimullaydi va
shuning uchun ham gonadotropinlar deb nom olgan. Gipofizda FSG va LG
konsentratsiyasi nisbati katta odamlarda taxminan 3:1, ayollarda bu nisbat 1:1
gacha siljishi mumkin. FSG ayollarda tuxumdon follikulalari, erkaklarda urug‘
kanalchalari epiteliysi o‘sishini faollashtiradi. LG ayollarda ovulatsiyaga va
tuxumdonda sariq tana rivojlanishiga imkon tug‘diradi, erkaklarda bu gormon
(IHHG - interstitsial hujayralami stimullovchi gormon) umg‘donda interstitsial
hujayralar (Leydig hujayralari) o‘sishi va funksiyasini stimullaydi.
Laktotropin (prolaktin - PRL) ham gonadotropinlar guruhiga kiradi, chunki
sariq tana (luteotrop gormon) funksiyasini stimullaydi. Ammo PRL ning asosiy
fiziologik effekti uning sut bezi sekretsiyasini unga bevosita ta’sir ko'rsatish
orqali, faollashtirish xususiyatidan iborat.
Neyrogipofiz gormonUri. Antidiuretik gormon (ADG, vazopressin) buyrak
kanalchalari distal qismlarida suv reabsorbsiyasini kuchaytiradi, bu diurezning
oshishiga olib keladi. Vazopressinning (ADG) ortiqcha sekretsiyasi (fiziologik
miqdordan ko‘payishi) bir tomondan tomir silliq mushaklari qisqarishini stimullab
arterial bosimni oshiradi. Ikkinchi tomondan ichak siiliq mushaklarining
qisqarishini ham stimullaydi. Vazopressin (ADG) ajralishi qon osmotik bosimiga:
uning hajmi hamda markaziy va vegetativ asab tizimi holatiga bog‘liq. Bu gormon
sekretsiyasi qon plazmasi hajmi kamayganda va uning osmotik bosimi oshganda
kuchayadi. Teskari o‘zgarishlarda gormon sekretsiyasi kamayadi.
Oksitotsin bachadon qisqarishini stimullaydi, laktatsiyani kuchaytiradi.
Laktatsiya kuchayishi oksitotsin ta'sirida asosan sut naychalari qisqarishining
oshishi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: