hujayra elementlarining kam miqdori, ular ichida limfotsitlaraing ko‘pligi
shundan dalolat beradi.
2.
Qorin bo'shlig'ida yalligianishga xos bo'lmagan suyuqlikning to‘planishi
darvoza venasi tizimida venoz qon dimlanish hodisasi (jigar sirrozi, yurak
yetishmovchiligi va b.) bilan bog‘liq.
4-masala.
1. Yallig‘lanishni kuchaytiruvchi gormon - aldosteron yuborilgan
quyonda
yallig'lanish jarayoni kuchli namoyon bo'ladi. Bu gormon yallig'lanishni
stimullaydi. Gidrokortizon esa yallig'lanishni tormozlaydi.
2. Gidrokortizon olgan quyonda septitsemiya rivojlanish ehtimoli ko'proq.
Yallig'lanish rivojlanishining susaytirilishi, infeksiya lokalizatsiyasiga qaratilgan
mahalliy himoya reaksiyalarini pasaytiradi. Organizmda mikrob tarqalishi uchun
sharoit tug'iladi.
11-mashg‘uIot
1-masala.
1. Bu hayvonlarda pirogenalga reaksiya bir xil bo'lmaydi.
2. Glukokortikoidlar isitma reaksiyasining rivojlanishini leykotsitlar
tomonidan pirogenlar ishlab chiqarilishini pasaytirish hisobiga tormozlaydi.
Qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, uchodtironin) yuqori konsentratsiyada
oksidlanuvchi fosforlanish va nafasni bir-biridan ajratish hisobiga issiqlik hosil
bo'Iishini kuchaytiradi.
2-masala.
1. Chin isitma pirogenal yuborganda, shuningdek skipidar ta’sirida aseptik
yallig'lanish rivojlanishida kuzatilishi mumkin.
Ikki holatda ham pirogen
moddalar ta’sirida termoregulatsiya markazining ishi qayta quriladi.
2. Dinitrofenol yuborilganda isitma emas, endogen qizib ketish rivojlanadi,
chunki dinitrofenol - oksidlanish jarayonlarini keskin oshiruvchi va hujayrada
nafas va fosforlanish jarayonlarini bir-biridan ajratuvchi modda hisoblanadi.
3-masala.
1.
Gripp virusi chaqirgan infeksion yallig'lanish sharoitida ekzo -
va endogen
pirogenlaming hosil bo'lishi uchun sharoit yaratiladi. U esa keltirilgan misolda
isitma reaksiyasi rivojlanishining bevosita sababi hisoblanadi.
4-masala.
A. ismli bemorda isitmaning 1-bosqichi, B. ismli bemorda isitmaning 2-
bosqichi mavjud.
5-masala.
1. Harorat egri chizig'i gektik isitma deyiladi.
2. U o'pka silining og'ir shakllarida septik holatlarida kuzatiladi.
12-mashg‘ulot
1-masala.
1. Asosan hujayra immun reaksiyalari rivojlanishi pasaytirilgan bo'ladi.
2. Tajriba (eskperiment)da ayrisimon bez olib tashlanganda past bo'ylilik,
tuklaming tushishi, infeksion qo‘zg*atuvchilarga
nisbatan qarshilikning
boim asligi bilan tavsiflanuvchi vasting-sindrom yuzaga keladi. Qonda
limfotsitlar soni keskin kamayadi.
3.
Xuddi shunday odamda ayrisimon bez gipoplaziyasi bilan bogiiq birlamchi
immuntanqislik sindromi Di Djordj sindromi deyiladi. U erta bolalik davrida paydo
boiadi, hujayra tipli immunologik reaksiyalaming boimasligi,
infeksiyaga
nisbatan past rezistentlik bilan tavsiflanadi. Bolalar ilk bolalik yoshida oiadilar.
2-masala.
1. Ha, mumkin. Bolada gipo - va disimmunoglobulinemiya shaklidagi immun
yetishmovchiligi mavjud. IgA bo‘Imasligi nafas yoilari va oshqozon-ichak trakti
shilliq qavatlarining mikroorganizmlardan himoya qilinmasligiga olib keladi.
2. Limfotsitlaming fitogemagglutinin va tuberkulinga musbat reaksiyasi
hujayra immun reaksiyalarining saqlanishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: