Yutinishning buzilishlari.
Yutish murakkab reflektor akt bo‘lib, ovqat
va suvning og‘iz bo‘shlig‘idan me’daga tushushini ta’minlaydi. Uning
buzilishi (disfagiya) fiziologik sabablar, innervatsiyaning izdan chiqishi
(uch shoxli asab, til o sti, adashgan, til-to m o q asablari va ulam ing
m ark a zla ri fu n k siy a s in in g b u z ilis h i), y u tis h m u sh a k la ri spazm i
(quturish, qoqshol kasalliklari, isteriya) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
D isfag iy a q a ttiq v a y u m sh o q ta n g la y n in g tu g ‘m a va o rttirilg a n
d e fe k tla ri, y u m sh o q ta n g la y y o y c h a si va b o d o m sim o n b ez
jarohatlanishida (angina, abssess) ham kuzatiladi.
Qizilo'ngach funksiyasining buzilishi.
Q iz ilo ‘ngachdan uning
mushaklarining peristaltik qisqarishi bilan bog‘liq ovqatning o ‘tishi,
qiziIo‘ngach m ushaklari spazmi yoki falajlanishi, uning torayishida
(kuyish kasalligi, qisilishi, divertikula hosil bo‘lishi va h.k.) buziladi.
Qizilo‘ngachning pastki sfinkteri tonusining pasayishi m e’da ichidagi
ovqatning refluksiga («reflus» - «teskari oqim, harakat») olib keladi
va bu qizilo‘ngach shilliq qavati yallig‘lanishi, kuyishiga sabab bo'ladi.
A ksincha bu s fin k te r tonu si oshsa, u t o ‘liq b o ‘shasha olm aydi -
axalaziya (« a» - «yo‘qlik», «chalasis» - «bo‘shashish») yuzaga keladi
va ovqat qizilo‘ngachda yig‘iladi. Bunday patologiya qizilo‘ngachning
kardial qismi intramural asab bog‘lamalarining tug‘ma bo‘lmasligi bilan
b og‘liq (U varova N. A ., 1994). Bu asab b og‘lam alari q izilo ‘ngach
mushaklarining bo'shashishini ta’minlagani uchun ham shikastlangan
joy silliq mushaklari spazm holatida qoladi.
M e’da sekretor funksiyasining buzilishi.
M e ’da sh ira s i
sekretsiyasining buzilishi uning kuchayishi, oshishi (gipersekretsiya)
y o k i k a m a y is h i (g ip o s e k re ts iy a ) s h a k lid a nam oyon b o ‘la d i.
Gipersekretsiya nafaqat sekret miqdorining ko‘payishi, shu bilan birga
uning kislotaligining oshishi (hyperactibitas) bilan ham tavsiflanadi.
Umumiy kislotalik 70-90 1/ birlik va undan yuqori bo‘lishi, erkin NSI
ham k o ‘payishi mumkin va bu giperxlorgidriya deb ataladi.
G ipersekretsiya yara kasalligi, surunkali gastrit (antral gastrit),
pilorospazm , pilorostenoz, sovqotish, alkogol, issiq ovqat va ayrim
dorilar (salitsilatlar, insulin, butadion, kortizon va h.k.) qabul qilishga
xos. G ipersekretsiya kislotalikning k o ‘payishi va m e’da shirasining
parchalash kuchining oshishi bilan birga kechsa, bunda m e’da shilliq
qavati yengil diffuz o ‘zgarishidan to erozivlanishigacha shikastlanish
kuzatilishi m um kin (Sukmanskiy О. I., 1985).
HCI gipersekretsiyasida kom pensator m exanizmlar ishga tushadi.
B unda pH - 7,67, m utsin va k o rb o natlarg a boy shira sekretsiyasi
k o ‘payadi. Bu shira gel tabiatli bo‘lib, shilliq qavatni qoplaydi va uning
shikastlanishiga y o ‘l qo‘ymaydi. A gar gipersekretsiya davomli bo‘lsa,
unda shilliq qavat yemirilib, natijada gistamin hosil bo‘ladi. U esa tomir
o ‘tkazu v ch anligin i oshiradi, transsudatsiya kuchayadi va kislotalik
muhit suyuladi. A gar gepersekretsiya yana davom etaversa, m e’dadagi
ovqat evakuatsiyasi sekinlashadi, chunki m e’da bo‘yni spazmi vujudga
keladi. O vqat m assasi m e’dada turib qoladi, qusish bilan kechadigan
antiperistaltika vujudga keladi, ichakka kam ximus tushadi. N atijada
ovqat hazm qilish yetishm ovchiligi rivojlanadi, shuningdek y o ‘g ‘on
ichakka ham kam ximus tushadi va qabziyat yuzaga keladi.
G ip o s e k re ts iy a o d a td a m e ’d a d a g i o v q atn in g k islo ta lig in in g
k a m a y is h i (h y p o a c tib ita s ) b ila n b irg a k e c h a d i. M e ’da sh ira s i
se k retsiy asi kam ayishi surunkali va o ‘tkir g astrit, m e ’da o ‘sm asi,
suvsizlanishlarda kuzatiladi. Agar m e’da shirasida erkin HCI bo‘lmasa
(axlorgidriya), anatsid holat, agar m e’da bezlarining pepsin va xloridlar
ajratish xususiyati yo ‘qolgan bo‘lsa, axiliyadan darak beradi. A xiliya
su ru n k ali a tro fik g astritn in g o xirgi d av rlari, m e’da raki va xavfli
anim iyalarga xosdir.
Giposekretsiya gipoatsid holat bilan birga qo‘shilib, m e’da shirasi
p a rc h a io v c h i k uch in in g k am ay ish ig a olib keladi. N SI b ak tiretsid
t a ’s irin in g k a m a y is h i n a tija s id a b i jg ‘ish v a c h irish ja ro y o n la ri
riv o jla n ish i m um kin. N atijada m e ’da sh irasid a organik k islo tala r
(avvalo, sut kislotasi) m iqdori oshadi. Giposekretsiya va erkin xlorid
kislota b o ‘lmaganda (anaciditas) proteolitik fermentlar faollashmaydi,
g a s trin ish la b c h iq a rilm a y d i, k a rd ia l s fin k te r y e tis h m o v c h ilig i
boshlanadi - zarda qaynashi, sassiq kekirish kuzatiladi. Ovqat luqmasi
sust kislotali, ayrim vaqtda hatto neytral reaksiyaga ega bo'ladi, natijada
ev ak u atsiy a - o v qat h a y d a lish i te z la s h a d i, ch u n k i m e ’da b o ‘yni
ochilishiga sharoit tug ‘iladi. Yetarli parchalanm agan ovqat o ‘n ikki
barm oq ichakni q itiqlay d i, shim ilish ja ra y o n la ri buziladi. Yo‘g ‘on
ichakka tushadigan yaxshi parchalanm agan ovqat m assasi mexano -
va xem oretsetorlarni q o ‘zg‘atadi, ich ketish chaqiradi va u anatsid
holatlarga xos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |