3-topshiriq. Matnni o‘qing. Sodda gaplarni topib daftaringizga ko‘chiring.
Tilimizning jonkuyari
Taniqli olim. Rustam A’zamovich Yo‘ldoshev, 1941-yil Toshkent shahrida ish-
chi oilasida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. 1968–2003-yillarda T.N. Qori Niyoziy no-
midagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlagan.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun «O‘zbek tili» o‘quv das-
turlari, Davlat ta’lim standarti va «O‘zbek tili» darsliklarining, «O‘zbek tilini
o‘rganamiz» o‘quv qo‘llanmasining muallifidir. U o‘zbek tili ta’limi metodikasiga
oid qo‘llanma, risola va metodik tavsiyalar, ko‘plab ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
48
O‘zbek tili 10-sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |