3-topshiriq. Matnlarni o‘qing va munosabatingizni bildiring.
Uyga vazifa. Yaqin insonlaringizning yaxshi fazilatlari haqida matn tuzing.
Nozima avtobusda o‘tirib ketayotgan edi. Bekatdan portfelli bir kishi avtobus-
ga chiqdi. Nozima darrov u kishiga joy berdi va o‘zi o‘rtog‘i Munisaning yoniga
borib turdi. Shunda Munisa sekingina Nozimadan so‘radi: «Nimaga joy berding,
o‘qituvchingmi?»
Ayting-chi, Munisa kimlarga joy berish kerak deb o‘ylar ekan?
Bekzod hashamatli sirk binosi oldiga kelgandagina chiptani uyda unutib qol-
dirganini bildi. U shosha-pisha yana iziga qaytdi. Avval metroga, so‘ng avtobus-
ga chiqib, uyiga borib keldi.
Ayting-chi, parishonxayollik nimaning oqibati va bu tufayli Bekzod qancha
vaqt yo‘qotdi?
101
Do'stlaringiz bilan baham: |