Sinfdan tashqari o‘qish 10-sinf
Uning butun qiyofasi yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila
olishidan dalolat beradi. Bobur suratga qarab turib o‘zicha so‘radi: «Ulug‘ amir, na-
sib qilsa, huzuringizga borsam, yo‘limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday
hammasini yengib o‘tsam. O‘shanda siz menga... she’riyat tilsimini ochg‘uvchi kalit
berurmisiz?»
Mudarris darslari behuda ketayotganini sezib, sekin Boburning yoniga keldi. Bo-
bur suratni yashirishga ulgurolmadi.
– Odam surati? – shiddat bilan so‘radi mudarris. – Siz qur’oni sharifdan saboq
eshitish o‘rniga, shariat qat’iyan man etgan suratkashlik bilan mashg‘ulmisiz.
– Mudarris janoblari, bu suratni menga Hirotdin keltirmishlar. Bu ulug‘ zot –
Amir Alisher. Mudarris Navoiy haqida eshitgan, lekin asarlarini o‘qimagan edi.
– Qani bu suratni menga bering, mirzom! Mudarrisning vajohati suratni yirtib
tashlashdan ham toymasligini ko‘rsatar edi.Shuning uchun Bobur suratni bermay
turib oldi. Mudarris Boburdan xafa bo‘lib, Eson Davlat begimga shikoyat qilgani
ketdi.Eson Davlat begim darsxonaga kirib kelganda Bobur darhol o‘rnidan turib,
buvisiga salom berdi. Eson Davlat begim suratdagi Navoiy tasviriga qiziqib:
– Yuzlarida farishtalari bor zot ekanlar, – deb qo‘ydi. So‘ng mudarrisga dedi:– bu
surat Hirotda shariat peshvolarining ruxsatlari bilan chizilgan-ku.
– Ma’zur tuting, hazrat xonim, Hirotda shariat qonunlari buzilmishdir.
Eson Davlat begim mudarris bilan bahslashib o‘tirishni istamadi. Boburga yuz-
lanib:
– Suratni men olib ketay. Bobur suratni buvisidan bir nafasga so‘rab oldi-yu,
avaylab kitob orasiga solib berdi.
– Ehtiyot qilingiz, sizga orzuyimni topshirdim,– dedi.
Eson Davlat begim nevarasining so‘zlarini yoqtirib dedi:
– Balki Alisherbekni Andijonga taklif qilursiz.
– Kelurmikanlar? – ko‘zlari yonib so‘radi Bobur.
– Samarqandga kelganlar-ku, Farg‘ona vodiysining ta’rifi olamga mashhur. Iloj
topsalar, albatta, kelurlar. Alisherbek nihoyatda pok, avliyo tabiat odam, deb eshit-
ganmiz. O‘zlari kelsalar, mudarris janoblariga ham manzur bo‘lishlari shubhasiz!
Mudarrisning endi sal chehrasi ochildi. Qaddini tiklab:
– Shoyad shunday bo‘lsa! – deb qo‘ydi.
Eson Davlat begim ularni ustalik bilan yarashtirganidan mamnun bo‘lib darsxo-
nadan chiqdi.
155
Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |