Yodda tuting! Shu aziz ona-yurt barchamizniki. Uni asrab-avaylaylik, uning
boyliklarini, yeri, suvi, tabiatini kelajak avlodlarga bekam-u ko‘st yetkazaylik!
85
Uyga vazifa.
1. «Tabiatni asrang» mavzusida matn yozing.
2. Ergashgan qo‘shma gaplarga 4 ta misol keltiring.
3-dars
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga zarur qo‘shimchalarni qo‘yib o‘qing va berilgan
savollarga yozma javob bering.
Loqaydlik va isrofgarchilik
Biz, odatda, o‘zimizga taalluqli
bo‘lmagan narsalarga e’tibor bermay-
miz. Jumladan, gaz, elektr, suvning isrof
qilinishi, zarur bo‘lmagan hollarda ham
ishlatilishiga ayrim kishilar loqaydlik
bilan qaraydilar. Ana shu loqaydlik oqi-
batida qancha-qancha bebaho boyliklar
isrof bo‘ladi. Qaysi ishda isrofgarchi-
likka yo‘l qo‘yil..., tejamkorlik bilan ish
ko‘rilma... , u barbod bo‘ladi. Mehnat
qilib topilgan boylik va ne’matlar tejam-
korlik bilan ishlatil..., barakali bo‘ladi.
Agar tejab-tergab jamlangan barcha
moddiy ne’matlar kelajak avlodlarga ye-
tib borma..., biz javobgar bo‘lib qolamiz. Isrofgarchiligimiz oqibatida esa farzand-
larimizning nasibalari qirqiladi. Buni yoddan chiqarmang.
Savollar.
1. Isrof nimaga olib keladi?
2. Moddiy boyliklar qachon barakali bo‘ladi?
3. Tejamkorlik tufayli biz nimaga erishamiz?
4. Agar isrofgarchilikka yo‘l qo‘ysak-chi?
86
O‘zbek tili 10-sinf
3-topshiriq. Matnini o‘qing va berilgan topshiriq asosida voqeaga o‘z mu-
nosabatingizni bildiring.
– Bolam, Qibrayga avtobus shu yerdan ketadimi?
– Ha, o‘tirib turing. Hademay kelib qoladi, – deb javob berdi pista chaqib tur-
gan ayol. So‘ng 6–7 yoshlardagi o‘g‘liga yuzlanib:
– Bor, do‘kondan suv olib chiq, –
dedi.
O‘g‘li yugurib kirib, do‘kondan mine-
ral suv olib chiqdi. Ayol qo‘lidagi pista
po‘choqlarini oyoqlari tagiga tashladi-
da, so‘ng suvni olib icha boshladi. O‘g‘li
yo‘l chetiga ekilgan maysalar ustida sak-
rab o‘ynay boshladi. Men bu holga chi-
day olmay:
– Kechirasizlar, shu yerni yaqinda
supurib tozalashgan. Po‘choqlarni axlat
idishlariga tashlasangiz bo‘lmaydimi?
O‘g‘lingizga ham tanbeh bersangiz
bo‘larmidi, maysalarni bosib tashlayapti,
– dedim.
– Sizga nima? Supurishgan bo‘lsa, yana supurishadi. Shuning uchun davlatdan
oylik olishadi. O‘g‘lim bossa, o‘tni bosibdi. Menga o‘t-o‘lanlar emas, bolam aziz.
O‘ynayversin.
Bu gapni eshitib, boshimdan sovuq suv quyilgandek bo‘ldi. Bunday insonlar
qayerdan paydo bo‘lishyapti ekan-a?!
(Gazetadan)
Topshiriq.
Ayting-chi, siz ham shu kabi holatlarga duch kelganmisiz? Atrofimizda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalarga loqaydlik bilan qarash oqibatida yuz berayotgan
isrofgarchiliklarga misollar keltiring va ularga o‘z munosabatingizni bildiring.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |