Bilib oling!
To‘g‘ri yozish qoidalari orfografiya bo‘limida, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari
esa orfoepiya bo‘limida o‘rganiladi. Bu qoidalar bilan tanish bo‘lish so‘zlarni
to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishni o‘rgatadi. Masalan:
To‘g‘ri talaffuz
To
‘g‘ri yozish
ketti
ketdi
Toshkenttan
Toshkentdan
xursan
xursand
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga
zarur harflarni
qo‘yib yozing.
1. Alisher ertalab qishlo...iga (-q, -g‘) kirib keldi. 2. Bolali...im (-g, -k) shu qish-
loqda o‘tgan. 3. Uning ekkan tera...i (-k, -g) baland bo‘lib ketgan. 4. Men javon-
dan toza ko‘yla...imni (-k, -g) oldim. 5. Kundali...imga (-g, -k) olgan baholarimni
qo‘ydirdim.
5-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib yozing.
1. Tushlikka yaqin u shaharga ... (ketti, ketdi). 2. (Toshkentdan, Toshkenttan)
... chiqqanimizda havo issiq edi. 3. Salima ... (bo‘yoq, bo‘yo) larni olib tabiatning
rasmini chiza boshladi. 4. ... (burnim, burunum) sovuqdan qizarib ketgan edi. 5. ...
(sinif, sinf) ga o‘quvchilar kirib kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |