O ‘ zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/52
Sana03.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#480051
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
Bog'liq
terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari

 
NAMUNA 
 
TILXAT 
 
Men, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti fizika-
matematika fakulteti amaliy matematika bo‘limi III kurs “A” guruhi talabasi 
Abdullayev Abdumalik Erkinivich, ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet 
dekani o‘ribosari Rozmurodov Do‘stmurod Azizovichdan talabalar spartakiadasida 
voleybol bo‘yicha ishtirok etayotgan fakultet terma jamoasi a’zolari uchun 12 dona 
yangi sport kiyimi, bir dona voleybol to‘pi oldim. Kiyimlar va to‘pni sport 
musobaqalari tugagach dekanatga keltirib topshirishni o‘z zimmamga olaman. 
2007.18.01. imzo
ABDULLAYEV A.E. 
 
TOPSHIRIQLAR 
1. Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o‘qing. 
2. Mavzu bo‘yicha tushunganlaringizni og‘zaki hikoya qiling va turmushda yuz bergan 
holatlar bilan qiyoslang. 
3. Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida talabalar 
stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o‘tkazilgan sport 
musobaqalarida 
talabalar 
kiyadigan 
sport 
kiyimlari, 
anjomlari 
olganlingiz 
haqida, 


o‘rtog‘ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganlingiz haqida, qo‘shningizning videokamerasini 
vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo. 
 
ISHONCH XATI 
Bu hujjat ish qog‘ozlari yuritish jarayonida ishonch xati, ishonchnoma, 
vakolatnoma kabi atamalar bilan yuritilib kelinmoqda. Bizningcha, ish yuritish sohasida 
mazkur hujjatni bir atama bilan nomlash zarur. Xuddi tilxat kabi ishonch xati atamasi 
bilan yuritish maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Shunga ko‘ra biz bu hujjatni ishonch xati 
deb nomlanishi tarafdorimiz. Ishonch xati biror bir korxona, muassasa, tashkilot yoki 
shaxs nomidan ish ko‘rish huquqini beradigan rasmiy hujjatdir. Ishonch xati xizmat 
vazifasi yuzasidan yoki shaxs tomonidan berilganligiga ko‘ra xizmat ishonch xati va 
shaxsiy ishonch xati turlariga bo‘linadi. Xizmat ishonch xati bilan vakolatga ega bo‘lgan 
shaxs uni bergan korxona, muassasa, tashkilot nomidan mol-mulkni boshqarishi, pul, 
qimmatbaho buyumlar, jihozlar, asbob–uskunalarni olishi, sud idoralarida ish olib borishi 
va berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni bajarishi mumkin. Shaxsiy ishonch xati 
orqali maosh, stipendiya, pensiya, nafaqalarni olish, hovli-joy, xonadon, transport 
vositalaridan foydalanish va ularning oldi–sotdisi bilan shug‘ullanish hamda ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqi beriladi. Har ikkala turdagi 
ishonch xatlari ham ma’lum muddatga berilib (masalan, bir necha kundan uch yilgacha), 
ishonch xati beruvchi kishining imzosi u ishlayotgan korxona yoki notarial idoralar 
tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi. Ishchi, xizmatchi xodimlar, talabalar, keksa kishilar 
tomonidan kundalik turmushda shaxsiy mazmundagi ishonch xatlarini yozish ko‘proq 
kuzatiladi. Shunga ko‘ra har bir savodxon kishi shaxsiy mazmundagi ishonch xati 
matnini to‘g‘ri yoza bilishi lozim.
Shaxsiy ishonch xatining zaruriy qismlari: 
– hujjat nomi – ishonch xati; 
– ishonch xati beruvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, 
familiyasi, ismi, otasining ismi; 
– ishonch xati oluvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, 
familiyasi, ismi, otasining ismi; 
– ishonch xati berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad, bajariladigan vazifalar, ishonch 
bildirilgan muddat; 
– ishonch xati beruvchining imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi, hujjat 
yozilgan sana; 
– ishonch xati bergan shaxsning imzosini tasdiqlovchi tashkilot, notarial idora 
nomi, mansabdor shaxsning imzosi, familiyasi, ismi. 
– hujjat tasdiqlangan sana va muhr.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish