O ‘ zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/52
Sana03.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#480051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari

ORTIQOV S.Q. 
 
 
 
TAVSIFNOMA 
Tavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash 
joyidagi ijtimoiyjamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos 
xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, 
muassasa, o‘quv yurti rahbariyati tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi 
o‘qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga 
yoki 
sayohatga 
ketayotganda, 
yangi 
lavozim, 
ish 
yoki 
mansabga 
tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirilayotganda 
berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik 
faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviyma’rifiy, siyosiy saviyasi, 
oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon 
etiladi. Bu hujjatning “Tavsifnoma”, “Ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Xizmat 
tavsifnomasi” kabi turlari ish qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi 
tavsifnomalar uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
· Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: 
– tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi nomi; 
– lavozimi; 
– tug‘ilgan yili; 
– millati; 
– ma’lumoti; 
– familiyasi, ismi, otasining ismi. 
· Hujjat nomi – tavsifnoma. 
· Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim 
sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, 


g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, 
rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar). 
· Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi. 
· Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari. 
· Tavsifnoma yozilgan sana va muhr. 
Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, 
shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti 
yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy 
tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, 
ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, 
taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa bayon 
etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad 
yoritiladi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish