0 ‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon
talabiga mos,keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo'lish,
xo'jaliklar va dholining bo'sh turgan mablag'larini jalb qilish,
uni samarali
taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish
va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga
erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank
sektorining rivojlanish ini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy
sharoitlarni
hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati
tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish,
banklaming depozit, kredit va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga
erishish va banklar o'rtasida raqobat bo'lishini ta’minlashga asos yara-
tishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit
sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan
samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralami amalga oshirish ko'zda
tutiladi.
Banklaming kapitallashuv darajasini yanada oshirish —
ularning
moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy islohotlardagi ahamiyatini oshirish-
ning moliyaviy omili sifatida banklar kapitallashuv darajasining, bank
likvidligining oshirilishi, pirovardida ularning
moliyaviy barqarorligini
ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bilan birgalikda keng
ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda banklaming investitsiya kreditlari
orqali ishtirokini ta ’minlashni faollashtirishda ulaming barqaror resurs
bazasini shakllantirib beradi.
O'zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank,
Xalq banki, Agro bank,
Asaka banki va Qishloq qurilish banki ustav kapitallariga davlat mablag'lari
yo'naltirildi. Natijada 2009-yilning o'zida tijorat banklarining nizom ka
pitali 43 foizga oshdi va bu o'z navbatida bank kapitallarini xalqaro tartibga
solishining Bazel-2 standartlari bo'yicha begilangan me’yordan bank-
larimizning kapitallarining yetarlilik darajasi 3 martadan ko'proqni tashkil
qildi. So'nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar
ko'paydi va bugungi kunda 3 trln. so'mdan oshib ketdi.
Investitsiyalashning uzoq muddatli
resurs bazasini mustahkamlash,
shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish
maqsadida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish
maqsad qilib qo'yilgan edi. Bu borada, 2009-yil davomida tijorat banklari
tomonidan jami 489,2 mlrd. so'mlik 13 ta qo'shimcha aktsiyalar emissiyasi
amalga oshirildi. Bu ko'rsatkich 2008-yilga nisbatan 212,8 mlrd. so'myoki
deyarli 77 foizga oshgan. Garchi aktsiyalar emissiyasi soni 21 tadan 13
212
taga kamaygan bo‘lsada, umumiy emissiyalar hajmining oshishi hisobiga
0
‘rtacha emissiya hajmi 13,2 mlrd. so'mdan 37,6 mlrd. so'mga o‘sdi.
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun 2009-yil o'ziga xos
islohotlar va o'zgarishlarga boy bo'ldi. Bunda respublika tijorat banklarining
barqarorligini ta’minlash va moliyaviy inqirozga qarshi kurashish borasida
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va 2009—
2012-yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar Davlat
dasturi muhim
ahamiyat kasb etdi.
E’tiborlisi shundaki, tijorat banklari aktsiyalari biijada doimiy kotirovka
qilinmoqda va uning natijalari tegishli nashrlarda muntazam e’lon qilib
borilmoqda.
2009-yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda
barcha mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligatsiyalar
chiqarish huquqiga ega bo'lishdi. Bu o'z navbatida respublika obligatsiyalar
bozorining rivojlanishiga ijobiy tasir ko'rsatadi, shuningdek, tijorat bank
larining „Toshkent" Respublika Fond birjasidagi ishtirokini ham
jadallashtiradi. 2009-yilda „Toshkent" Respublika
Fond biijasidagi sav-
dolaming deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining aktsiyalari tashkil
qildi va 39,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. Ushbu summaning 37,1 mlrd. so'mi
nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi „nazorat paketi"ga
teng bo'lmagan banklar hisobiga to'g'ri keladi.
Korporativ obligatsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: