3.2. Axborot hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar
Axborot tovaming har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining mav
judligi (foydaliligi, qadr-qimmati) va qiymatiga ega bo'ladi.
Axborot va tovarlar sifatidagi buyum-narsalar obyektining umumiy
va farqli xususiyatlari mavjud.
Bu obyektlarning odatdagi mahsulot va moddiy resurslar bilan quyidagi
bog'liqligi bor: ularga iste’mol so'rovi mavjud; ular mulkiy obyektlardir,
ya’ni ularga ega bo'lish, foydalanish va egalik qilish mumkin; ular aniq
ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar) ga ega; ular qiymat va tegishli
narxga ega; ular turli shart-sharoitlarda yetkazib berilishi mumkin.
Jamiyatni axborotlashtirish va yagona axborot muhitini tuzish davrida
axborot resurslarini shakllantirish va ishlab chiqarish o'ta muhimdir. Axborot
resurslari — alohida hujjatlar va alohida hujjatlar to'plami, axborot tizimlari
(kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari)
dagi hujjatlar va hujjatlar to'plamidir.
Biroq axborot resurslari va texnologiyalarning o'zaro bir qator jiddiy
farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• cheklanmagan miqdorda sotish;
• amaliy jihatdan yo'q qilib bo'lmaslik;
• aniq foydalanuvchilar shart-sharoitlariga individual moslashish
zaruriyati (umumtizimli paketlardan tashqari);
55
• obyektlarni muallif hamrohligida yetkazib berish majburiyati;
• nafaqat foydalanish, balki ikkilamchi tirajlashga ham turli chek-
lanmalar qo'yish imkoniyati;
• mualliflik yoki ta ’minotchilik huquqlariga rioya qilishni iden-
tifikatsiyalashning murakkabligi;
• takrorlanuvchi obyektlarning ko‘pligi. Turli o'xshash vazifalami
bajaruvchi mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir aniqlikni turlicha
aks ettirishi mumkin. Masalan, savdo-sotiq uchun biror bir mahsulotning
miqdori haqida yakuniy axborotning bir necha variantlari taklif etilishi
mumkin;
• bilvosita axborotning foydaliligi;
• foydalanish natijasida qadrsizlanish. Chindan ham, ma’lumotlar
bilan tanishib, ulardan ayrimlarining talabga javob bermasligiga ishonch
hosil qilib, harid haqidagi taklifni qondirish to'g'ri bo'ladi. Biroq takliflar
bo'yicha ishonchli m a’lumotlardan foydalanmaslik yoki uni majburiy
unutish butunlay mumkin emas;
• baholashni oldindan bilib bo'lmasligi. Agar mahsulot ba’zi chek
langan dinamikada baholansa (talabning bir miqdorda yo'q bo'lishi yoki
yuzaga kelishi mumkin emas), axborot esa (lekin texnologiya emas) bir
lahzada butkul nol darajaga tushib ketishi mumkin;
• oddiy raqobat sharoitida taklif etilgan bir axborot ikkinchisining
dolzarblik xususiyatini yo'qqa chiqarishi mumkin;
• iste’molchilik xususiyatlarining qisman yoki to'liq noaniqliligi;
• faqat jismoniy eskirish va belgilangan yoki noaniqlik vaqtda
dolzarblikni yo'qotish mavjudligini anglatuvchi jismoniy yaroqlilik;
• iste’molchiga ma’lumotni qisqa vaqtda uzatish va shunday qisqa vaqtda
tasdiqni qabul qilib olish imkoniyati;
• avtomatik tirajlamaydigan texnologiyani doimo ham aniq bir paytda
yetkazmaslik;
• yetkazib berishga doimiy ravishda tayyorlik;
• ham sotuvchiga, ham xaridorga nisbatan ma’lumotlar va texno-
logiyalarni, shuningdek, tovami sotish yoki sotmaslik faktini ham mahfiy
saqlash imkoniyatining borligi.
Foydalanuvchilaming qoniqish darajasi quyidagi o'zaro bog'liq
mezonlarga bog'liq:
a) sifatiga, ya’ni axborot qiymatini (foydaliligini) belgilovchi axborot
ehtiyojlarini xaridlash darajasiga;
b) manfatiga, ya’ni umuman iqtisodiy samaradorlikni oshirishga;
d) xarajatlarga, ya’ni axborot hajmi bilan belgilanadigan axborot
qiymatiga. Axborotning sifat xususiyatlari (foydaliligi) ga: to'liqlilik, qabul
qilishning bemalolligi, dolzarblik. hoziijavoblik, aniqlilik va hokazolar kiradi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |