O ' z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o r t a m a X s u s t a ' L i m V a z I r L i g I r. X. Alimov, G. T. Yulchiyeva, O. Q. Rixsimboyev


A x b o r o tn i h im o y a la s h n in g ta s h k iliy c h o r a -ta d b ir la r i ta s h k ilo t x a v f­



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/178
Sana04.06.2022
Hajmi4,18 Mb.
#635746
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
referat

A x b o r o tn i h im o y a la s h n in g ta s h k iliy c h o r a -ta d b ir la r i ta s h k ilo t x a v f­
s iz lig i x iz m a t in in g m e ’y o riy u s lu b iy h u jja tla r id a o kz a k s in i to p a d i. S h u  
m u n o s a b a t b ila n k o kp h o lla r la y u q o r id a k o 'r ilg a n t iz im e le m e n t la r in in g  
y a g o n a n o m i — a x b o r o tn i t a s h k iliy - h u q u q iy h im o y a la s h e le m e n t in i 
is h la ta d ila r.
Axborotni texnik himoyalash elementi — texnik vositalar kom­
pleksi yordamida hudud, bino va qurilmalami qo'riqlashni tashkil qilish 
hamda texnik tekshirish vositalariga qarshi sust va faol kurash uchun 
mo'ljallangan. Texnik himoyalash vositalarining narxi baland bo'lsada, 
axborot tizimini himoyalashda bu element muhim ahamiyatga ega.
Axborotni himoyalashning dasturiy-matematik elementi kompyuter, 
lokal tarmoq va turli axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va saqlanadigan 
qimmatli axborotni himoyalash uchun mo'ljallangan.
Kompyuter tizimi (tarmog'i)ga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan 
sharoit, harakat va jarayonlar kompyuter tizimi (tarmog'i) uchun xavf- 
xatarlar, deb hisoblanadi.
Avtomatlashtarilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta ’sir ko'rsatish 
sabablari tarkibiga quyidagilar kiradi (8.2-rasm).
8.2-rasm. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir 
ko‘rsatish sabablari.
158


Ma'lumki, kompyuter tizim (tannog')inmg asosiy komponentlari — 
texnik vositalar, dasturiy-matematik ta'minot va ma'lumotlardir.
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to'rt turdagi xavflar 
mavjud, ya’ni uzilish, tutib qolish, o ‘zgartirish va soxtalahtirish.
Uzilish — tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun 
hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsessor qurilmasi yordamida to'x­
tatish, ulami bajargandan so‘ng protsessor oldingi holatga qaytadi va to'xtatib 
qo'yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga 
asosan markaziy protsessor qurilmasi qayta ishlash uchun qism dasturni 
qidirib topadi. Protsessorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga 
keltirishi mumkin: dasturiy va texnik. Biror qurilma favqulodda xizmat 
ko'rsatilishiga muhtoj bo'lsa, unda texnik uzilish paydo boiadi. Odatda 
bunday uzilish markaziy protsessor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy 
uzilishlar asosiy dasturlar ichida protsessorning maxsus buyruqliari 
yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o‘z-o‘zini vaqtincha to'xtatib, 
uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi.
Tutib olish — bu jarayon oqibatida g'arazli shaxslar dasturiy vositalar 
va axborotning turli magnitli tashuvchilariga kirishni yo'lga qo'yadi. Dastur 
va ma’lumotlardan noqonuniy nusxa olish, kompyuter tarmoqlari aloqa 
kanallaridan ruxsatsiz o'qishlar va hokazo harakatlar tutib olish jarayonlariga 
misol bo'la oladi.
O'zgartirish — ushbu jarayon yovuz niyatli shaxs nafaqat kom­
pyuter tizimi komponentlariga (ma’lumotlar to'plamlari, dasturlar, texnik 
elementlari) kirishni yo'lga qo'yadi, balki ular tarkibini (ko'rinishini) 
o'zgartiradi. Masalan, o'zgartirish sifatida g'arazli shaxsning ma’lumotlar 
to'plamidagi ma’lumotlarni o'zgartirishi, yoki umuman kompyuter tizimi 
fayllarini o'zgartirishi, yoki qandaydir qo'shimcha noqonuniy qayta 
ishlashni amalga oshirish maqsadida foydalanilayotgan dastuming kodini 
o'zgartirishi tushuniladi.
Soxtalashtirish — bu jarayon yordamida g'arazli shaxslar tizimda 
hisobga olinmagan vaziyatlarni o'rganib, undagi kamchiliklarni aniqlab
keyinchalik o'ziga kerakli harakatlarni bajarish maqsadida tizimga qandaydir 
soxta jarayonni yoki tizim va boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlami 
yuboradi.
159


Hozirgi kunda kompyuter viruslari g'arazli maqsadlarda ishlatiluvchi 
turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri 
hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to'g'riroq 
bo'ladi.
Virus deganda avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o'z- 
o'zidan qo'shilish, kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda zararli 
jarayonlami vujudga keltirish maqsadida tuzilgan dastur tushuniladi. Ushbu 
dasturlar o'z-o'zidan nusxa olish xususiyatiga ega.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan 
dasturlar deyiladi (8.3-rasm).
Zararlangan disk — bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib 
oltan diskdir.
Hozirgi paytda kompyuterlar uchun ko'pgina noqulayliklar tug'- 
dirayotgan har xil turlardagi kompyuter viruslari keng tarqalgan. Shuning 
uchun ham ulardan saqlanish usullarini ishlab chiqish muxim masala- 
lardan biri hisoblanadi. Viruslarning katta guruhini kompyuteming ish 
bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni „ta’sirchan bo'lmagan" viruslar 
guruhi tashkil etadi.
Viruslarning boshqa guruhiga kompyuteming ish tartibini buzuvchi 
viruslar kiradi. Bu viruslami quyidagi turlarga bo'lish mumkin: xavfsiz 
viruslar (fayllar tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini 
buzuvchi) hamda juda xavfli viruslar (kompyuter qurilmalarini buzuvchi 
va operator sog'lig'iga ta’sir etuvchi). Bu kabi viruslar, odatda, professional 
dasturchilar tomonidan tuziladi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish