gna bilan ishlash qoidalari: 1. Ignani har qayerga tashlamang. Uni kiyimingizga qada-
mang.
2. Ignani og‘zingizga solmang va igna bilan o‘ynamang.
3. Ish paytida ignalarni maxsus yostiqchaga qadang.
Yostiqchani qutida saqlang.
4. Ish joyida ignani ipsiz qoldirmang.
5. Igna bilan ipni bitta joyda saqlang.
6. Igna bilan ishlayotganda chalg‘imang.
7. Ishdan oldin va keyin ignalar sonini tekshiring.
Sirkuldan foydalanish qoidalari: 1. Sirkulni g‘ilofda saqlang.
2. Sirkulning oyoqlarini yuqoriga qaratib qo‘ymang.
3. Sirkul bilan ishlashda qog‘oz ostiga karton qo‘ying.
4. Sirkulni do‘stingizga yopiq holda bering.
5. Ishdan so‘ng sirkulni g‘ilofga soling.