So`zlashuv uslubi Og`zaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos bo`lsa, uslub fanining ob’yekti bo`ladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining “buzilishi” bilan, soda gap, to`liqsiz gaplarning bo`lishi, dialog nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi shakllari yozma nutqda o`z o`rnini topadi: (keluvdi, kelardi). Og`zaki nutq uslubida qisqa hajmli bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`p ishlatiladi, badiiy vositalar kam qo`llaniladi. Ayniqsa, ko`p ma’noli so`zlar ko`proq ishtirok etadi. Og`zaki nutqda qochirma, piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki nutq rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qo`llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |