Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi: 1.Adabiy so`zlashuv uslubi 2.Oddiy so`zlashuv uslubi. Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor: 1.Fonetik xususiyatlar. 2.Leksik-frazeologik xususiyatlar. Rasmiy uslub Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |