Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat —
yengilmas kuch» asaridan.
7-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring, ulardagi so‘zlarning qanday
adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang.
Yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari
hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga
ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi
qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Abu Rayhon Beruniy).
2. Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni
buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir (Kaykovus). 3. Bilib
so‘zla, so‘z bilig sanalur (Yusuf Xos Hojib). 4. So‘zlaringda bo‘lsin
fikr-u o‘y yoniq, bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (X.
Dehlaviy). 5. Agar tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo
so‘zni siypamoq boshqa ofatdur (A. Navoiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |