Nutqiy muloqot. Uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 43,59 Kb.
bet2/3
Sana20.04.2022
Hajmi43,59 Kb.
#565559
1   2   3
Bog'liq
7. MA\'RUZA

-Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!
-Vaaleykum assalom! - javob berdi shayx 130,159/.
Bu nutqiy faoliyat lisoniy, etik, estetik, milliy, ma’naviy-madaniy, ijtimoiy, kauzal (sabab, oqibat, maqsad) va hokazo omillar majmuasi bilan uzviy bog‘liq. Lekin nutqiy muloqotning xususiy pragmatik atamasini talab qiladigan asos faqat shugana emas, nutqiy muloqot semiotik tizimlardan foydalanishning o‘ziga xos turi bo‘lganligi bilan ajralib turganligi bu xususiyat, belgining (ishora, ramz va h.k.) lisoniy tizimda va nutqiy faoliyatda o‘ziga xosligi bilan bogliqdir. Bu xususiyat nimada? Ma’lumki, til qurilishiga ko‘ra semiotik sistemadir. Lekin lisoniy semiotik sistema boshqa sistemalardan jiddiy farq qiladi. Bu farqlardan asosiysi sifatida uch xususiyatni olimlar yakdillik bilan ko‘rsatadilar. Bular quyidagilar:
1. Til qolgan barcha ijtimoiy sohaviy semiotik sistemalar uchun asos bo‘la oladi. Shuning uchun ularni bemalol almashtiradigan ijtimoiy semiotik sistema deyish mumkin.
2. Tilda boshqa barcha semiotik sistemalardan farkli o‘laroq belgida ifodalovchi va ifodalanmish orasidagi bog‘lanish assimetrik dualizm tabiatlidir. Bir shakl \ ifodalovchi bir necha mazmun\ ifodalanmish \ bilan aloqador bo‘lishi bilan birga, bir xil mazmun/ ifodalanmish, har xil shakl\ifodalanmish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
3. Til belgilari o‘z-o‘zidan rivojlanish xususiyatiga ega.
Til ramzlari uchun ontologik (tabiatan) xos bo‘lgan bu xususiyatlar nutqiy faoliyat uchun xos bo‘lmaydi. Ayrim tadqiqotchilar «Muloqotda belgi bo‘lmaydi» deb muloqot jarayoniga jumladan, nutqiy muloqotni semiotik tizimdan chetga chiqaradilar. Haqiqatan ham nutqiy muloqotda lisoniy belgilarda ijtimoiylik, ma’lum darajada so‘ngan bo‘ladi. Muloqotda bo‘lgan shaxslar umumijtimoiy ramzlarni tushunib olishga shartlashgan bo‘lishlari mumkin. Bu xususiyat, asosan, argo va jargolarda, terminlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Masalan:
Hujra eshigi taqillashi bilan Maxsum so‘zdan to‘xtadi.
- Xo‘sh! - dedi Hayit eshikka qarab. Bu Buxoro madrasalari, istilohicha «Marhamat, kiravering» degan gap edi. Ammo taqillatuvchi bu so‘zning ma’nosini tushunmagan bo‘lsa kerak, eshikni
ochmasdan takror taqillatdi.
- Marhamat, kiravering!-dedi hujra egasi / 1 ,149/
Asarda xo‘sh, marhamat, kiravering kabi jargonlarning antonimi ham qo‘llanilgan:
Osh yeyilib bo‘lgach hujra eshigi taqilladi.
- Ruxsat yo‘q, parhez\- dedi Buri.
- Men Madrasa so‘fisi, - dedi taqillatgan kishi,- Madrasa

darvozasi oldiga bir doxunda kelib, Isomiddin maxsumni so‘rayapti, o‘shani olib keldim.


- Xo‘sh, doxundani qoldir. O‘zing qaytib ket! Ruxsat yo‘q, parhez!
-dedi yana Hayit /1,160/.
Madrasa odati bo‘yicha xujra eshigini taqillatgan kishi qabul qilinmasa «parhez» so‘zi bilan javob berilar edi (parhez so‘zining asl ma’nosi turli ovqat yemaslik). Agar u kishi qabul qilinsa, «xo‘sh» ovozi.
Eshitilsa-da, eshikni yana taqillatish madrasadagi ana shu jargon so‘zning ma’nosini tushunmaslik bilan bog‘liq.
Nutqiy muloqot (NM)da ramzning ramzliligi ham anchagina shartlidir. U ma’lum bir jamiyat uchun tayyorligi, majburiyligi va umumiyligini yuqorida ko‘rib o‘tgan misoldagidek ma’lum darajada yo‘qotgan bo‘lishi ham mumkin, yoyinki, boshqacha mazmun-mohiyat kasb etgan bo‘lishi ham mumkin.
Ikkinchi tomondan til ramzlari uchun ontologik xos bo‘lgan shakl va mazmun nomutanosibligi NMda mutlaqo yo‘l qo‘yilmas hodisadir. Muloqotda har bir belgi (xoh lisoniy, xoh nolisoniy bo‘lsin) shakl va mazmunda assimetrik emas, semitrik bog‘langan bo‘ladi. Bitta shakl aniq holatda bitta mazmunni ifodalaydi va bir mazmun faqat bitta muloqot tizimidagina qo‘llanishi mumkin. Chunonchi, sochi o‘stirilgan, kora ko‘zoynak taqqan, guldor ko‘ylakli, jinsi shim, krossovka kiygan yigitning qo‘lining kaftini ochib, yelkasidan baland ko‘tarib, «Assalomu aleykum!» lisoniy iborasini ishlatishi mutlaqo mumkin emas. Bu tizimda bu iboraning paradigmatik a’zolari «Privet!», «Salyut!» kabilardir. Salomlashishni ifodalovchi lisoniy paradigmada:
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!
Assalomu alaykum!
Assalom!
Salom!
Hello!
Privet!
Salyut!......
kabilar turli mavqeida turadi va ular salomlashish hodisasining lisoniy ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu sirada lisoniy ramzlarning shakl va mazmun nomutanosibligining yorqin ifodasini ko‘ramiz. Lekin etno-sotsio-situativ belgilangan muloqot jarayonida bu paradigma a’zolaryadan istagan birini tanlashga hech qanday imkon yo‘q. Muloqot jarayonida, aniq muloqot tizimida ulardan bittasigina kela oladi, xolos. NMda qo‘llaniladigan lisoniy ramzlar ko‘pma’nolilikdan, (polisemiya va omonimiyadan) ko‘pshakllilikdan, sinonimiyadan xoli bo‘ladi.
3. Lisoniy ramzlarning taraqqiyoti, o‘zgarishi va uning nutq sharoitiga xos emasligi haqida shuni aytish zarurki, tilshunoslarning yakdil fikrlaricha, bu hodisa:
a) ramzlarda shakl va mazmun asimmetriyasi;
b) ancha uzoq muddat, ma’lum bir davr davomida jamiyat
a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy ekanligi kabi hodisalar
bilan bog‘liqdir. Bularning birinchisi haqida yuqorida fikr
yuritdik. Ikkinchisi haqida shuni aytishimiz kifoyaki NM oniy
hodisa bo‘lgani uchun zamon komponentiga ega emas. NMda lisoniy
ramz taraqqiyotdan uzilgan holda (shaklda) qo‘llaniladi.
Muloqot ishtirokchilari uchungina umumiylik, shakl va mazmun simmetriyasi, turgunlik va barqarorlik NM da qo‘llanilgan lisoniy birliklarning o‘ziga xos tomonlaridir. Nutqiy qo‘llanilishda bu jihati bilan lisoniy ramzlar tildan boshqa ikkilamchi ijtimoiy-semiotik sistemalar birliklariga o‘xshab ketadi.
NM jarayonida lisoniy ramzlar lison uchun xos bo‘lgan lisoniy o‘ziga xosliklarni cheklab, boshqa ikkilamchi ijtimoiy sun’iy semiotik sistemalarl - sof semiotik sistema belgilari xususiyatiga ega bo‘ladi. Tom ma’noda haqiqiy belgi ma’no, mohiyatini kashf etadi. Muloqot jarayonida muloqotning boshqa komponentlari chunonchi, kiyinish, tana a’zolarining harakat-holati, imo-ishora bilan bir qatorda lisoniy ramzlar ham sof ramz sifatida qo‘llaniladi. Muloqot jarayoni uchun boshqa komponentlarga nisbatan «kiyinish tili», «imo-ishora tili», «estetika tili», «ko‘rgazmalilik tili» iboralari bilan birga «tilning tili» ham teng huquqli komponet sifatida ishlatiladi. NMda lisoniy ramzlar qo‘llanishining o‘ziga xosligi ham ana shundadir. NM tizim tarkibi uning qismlari orasidagi munosabat (ya’ni muloqot nutqi paradigmasi) lisoniy paradigmadan tamoman farq qiladi. Buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin: 1-jadval



Download 43,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish