Nutqiy faoliyat turlari



Download 24,86 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,86 Kb.
#234940
Bog'liq
Nutqiy faoliyat turlari




Nutqiy faoliyat turlari
Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka aylangan fikr nutq a’zolari xarakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tkach haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining mahsulotining ma’lum shaklga kiritishdan iborat.

Nutq ikki xil bo’ladi: Ichki nutq va tashqi nutq

Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda u xali reallashmagan til unsurlaridan tashkil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning oғiz ochmasdan fikrlashi munozara yuritish, o’ylashi ichki nutqga misol bo’ladi.

O’pkadan kelgan havoning nutq organlariga ta’siri, shu ta’sir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir.

Nutq tilga tegishli narsalarning ma’lum vaqt bo’lagida bir-biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari erkin birikmalar, so’z tarkibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr tinglovchiga yetib borgach nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqdir. Тildagi ifoda vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramay, nutq cheksizdir.Тil vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkun. Nutq jamoadagi yolғiz shaxs tomonidan yaratiladi. Nutq jamoadagi alohida kishi yoki kishilarga qaratilgan bo’ladi.Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamiyatdagi kishilarni birlashtirish, ma’lum maqsad sari otlantirish imkoniyatiga ega. Jamiyat taraqqiyotida nutqni belgilovchi rol o’ynaydi. Nutqsiz kishilik jamiyati bo’lishi mumkin emas. Ҳamma sinovlar til vositalaridan teng foydalanaveradilar. Ammo nutq unday emas. U ma’lum bir sinfdan manfaatini ko’zlab tuziladi. Demak, nutq sinfiy hodisadir.

Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda amal qiladi. Bular so’zlash, muommalar va kimtish so’zlash deyilganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berish, buyurish, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rash anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi.

So’zlash monologik va dialogik ko’rinishda bo’lishi mumkun. Monologik nutqda bir kishining mulohazalariga qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi. Suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi. Dialogik nutqqa muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi goh so’zlovchi bo’lib turadi.

Mutolaa o’quvchilardan yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqea hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o’zgarish sodir bo’ladi. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi. Mutoola oddiy o’qish va ilmiy o’qish ( muhim narsalar tashkil qilingan chizib o’qish parchalar ko’chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustida mulohaza qilish o’qish) dan iborat. Oddiy o’quvda uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o’zi maqsad qilib qo’yiladi. Ilmiy o’qishda o’quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa biror bir maqsad uchun foydalanishi, uning mazmunining qayta bayon qilish kabilar maqsad qilib qo’yadi.

Тa’limni nutq yozgani va yozmagani ko’rinishlariga ega. Oғzaki nutq so’zlovchi gapirib turgan vaqt birligida mavjud bo’lib, bu jarayon tugash bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyғongan hayajon berilgan axborot ma’lum vaqtgacha tinglovchi ongida saqlanishi uning xulqiga ta’sir etishi mumkin.

Oғzaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatgan bo’ladi:



  1. Oғzaki nutq tezkorlik bilan amalga oshiradi.

Тushunchalar bilan «uning libosi bo’lgan so’z birgalikda», «Yashin tezligida» ishga kela boshladi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi. Unga o’qish yoki o’ylagan tushunchasi ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq ko’zlangan maqsadni to’liq ro’yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi.

2. Oғzaki nutqda so’z birikmalari va gaplarni modellari aytilmoqchi bo’lgan fikrga mokand holda tezkorlik bilan tashlanadi. Gap qurilishning, modellarini oqil nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’ғri keladi, agar xotira oғzaki « Dangasalik» qilsa, gap tuzilishi, so’z birikmalari o’zaro mantiqiy va grammatik boғlanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism uni qismi uchun u bilan moslasha olmaydi. Masalani « ustoz, izini… xalq oldida qilgan ulkan xizmatlarimizdan biz minnatdormiz » misolda so’zlovchi tutkishni « ustoz sizni …» kimini aytgan so’ng uni qanday rivojlantirish ustida fikr mulohazasi jarayonida avvalgi qismni, avvalgi o’ylangan modelni o’qitib qo’ygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so’z keyingi qismlar bilan grammatik va mantiqan boғlanmay qoladi.

3.Oғzaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borlikka kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi.

4. Oғzaki nutqda odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchi tomondan, nutq kuchini tejash bilan boғliq. Shunga ko’ra unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi.

Aksincha, hodisalardan, narsalarning o’zaro boғliklik darajalari ularning tinglovchi va so’zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilmagandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.

5. Oғzaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambaғal bo’ladi. Unda bir xil so’zlar bir xil shakllar, bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan boғliqdir.

6. Oғzaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam, ohang, urғu, turli xil imo-ishoralar fikrini tinglovchiga yetib borishda ahamiyat kasb etadi.

Yozma nutq oғzaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta- qayta tahrir qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlash, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq oғzaki nutq oғzaki nutqdan ravondir.

Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, dialog, polilog ko’rinishda amalga oshadi.





Download 24,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish