Amaliy mashg‘ulotlarining mazmuni
T/r
|
Amaliy mashg‘ulotlarining nomi
|
Har bir mavzu uchun ajratilgan soat
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning tavsifnomasi
|
2
|
|
|
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar diqqati, idroki, xotirasi,tafakkurining xususiyatlari
|
2
|
|
|
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashhis qilishning nazariy-metodologik tamoyillari
|
2
|
|
|
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish
|
2
|
|
|
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish
|
2
|
|
|
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Nutq faoliyati kamchiliklarining umumiy, ruhiy rivojlanish bilan bog‘liqligi.
|
2
|
|
|
Nutqdagi nuqsonlarni aniqlash. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar
|
2
|
|
|
Nutqning sistemali buzilishi va ularni bartaraf etish
|
2
|
|
|
Fonetik-fonematik nutq buzilishlari. Fonetik- fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari
|
2
|
|
|
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi
|
2
|
|
|
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan psixokorreksion ishlar
|
2
|
|
|
Yozma nutqdagi kamchiliklarni aniqlash.
|
2
|
|
|
Logopedik o‘yin
|
2
|
|
|
Logopedik ritmika
|
2
|
|
|
Jami:
|
28
|
|
Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni
1-mashg`ulot. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning tavsifnomasi (2 soat)
Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, rivojlanish davrlari, rivojlanish jarayonida ruhiyatdagi miqdor va sifat o‘zgarishlari, rivojlanishning turli bosqichlarida faoliyatning turlicha bo‘lishi. Bilish va hissiy-irodaviy sohalarning rivojlanishdagi bog‘liqlik. Nuqsonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlari: birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar. Nutq nuqsonlarining tavsifnomasi (klinik, psixologik va pedagogik). nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar ruhiyatini bilish, hissiy-irodaviy sohalarini rivojlantirishda asosiy muammolar. Turli nutqiy kamchiliklarga ega bolalarning ijtimoiy moslashishidagi nutq buzilishi (tovush talaffuzi, nutqning temp-ritm ravonligi, o‘qish va yozma nutq kamchiliklari, sabablari).
2-mashg`ulot. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar diqqati, idroki, xotirasi,tafakkurining xususiyatlari (2 soat)
Diqqat tushunchasi, turlari, xususiyatlari (ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat: hajmi, bo‘linuvchanligi, turg‘unligi). Diqqat xususiyatlarining miqdor va sifat tavsifnomasi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning, ovoz buzilishlarida, sistemali nutq kamchiliklarida, duduqlanishda, o‘qish va yozma nutq kamchiliklarida diqqat xususiyatlari. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar idrokining xususiyatlari Idrok haqida umumiy tushuncha (turlari, xususiyatlari). Idrok – real borliqni, obrazlarni umumlashgan va differensiyalashgan shakllanish asosi sifatidi. Idrok nutqni shakllanishida birlamchi asos sifatida. Tovush talaffuzi kamchiliklariga ega bolalar idroki xususiyatlari (optik-fazoviy, akustik idroki, taktil idroki, ko‘ruv idroki). Sistemali nutq nuqsonlariga ega bolalar idroki xususiyati (ko‘ruv, akustik, taktil idrok). O‘qish va yozma nutq nuqsonlariga ega bolalar idroki xususiyatlari (ko‘ruv, akustik, taktil idrok). Duduqlanuvchi bolalar idroki xususiyatlari (faollik, idrok hajmi, doirasi). Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarmnestik faoliyati xususiyatlari .Xotira haqida umumiy tushuncha (turlari va asosiy xususiyatlari). Xotira kamchiliklari tiplari.Tovush talaffuzi kamchiliklari, sistemali nutq buzilishlarida, o‘qish va yozma nutq kamchiliklarida mnestik faoliyatning xususiyatlari. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning xotirasini o‘rganish uslubiyatlari. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkurining xususiyatlari.Tafakkur tushunchasi, operatsiyalari, turlari va shakllari. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar tafakkuri xususiyatlari (ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obraz, so‘z-mantiq tafakkuri). Sistemali nutq buzilishlarida tafakkur xususiyatlari (ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obraz, so‘z-mantiq tafakkuri). O‘qish va yozma nutq nuqsonlarida tafakkur xususiyatlari (ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obraz, so‘z-mantiq tafakkuri). Nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi.
3-mashg`ulot. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashhis qilishning nazariy-metodologik tamoyillari (2 soat )
Bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlar. Bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik- pedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashxis qilish vazifalari. Psixik va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarini to‘g‘ri komplektlashning ijtimoiy, axloqiy va iqtisodiy ahamiyati. Psixik va jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni maxsus muassasalarga qamrab olish. Inklyuziv ta’limga jalb qilish. Kompleks tekshirish tamoyili. Har tomonlama va yaxlitlik tamoyili, dinamik tekshirish tamoyili, bolani o‘rganishda individual yondashish tamoyili, bajarilayotgan topshiriqlarni baholashda sifat-sonli yondoshish tamoyili, bolaning potensial imkoniyatlarini aniqlash va e’tiborga olish tamoyili, tizimli yondoshuv tamoyili, erta tashxis qilish tamoyili.
4-mashg`ulot.Ilk va maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik o‘rganish (2 soat )
Go‘daklik davrida psixologik-pedagogik o‘rganish. Rivojlanish xususiyatlari. Go‘daklik davrida bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish.Ilk yoshdagi (1-3 yosh) bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish. Rivojlanish xususiyatlari. Ilk yoshdagi (1-3 yosh) davrida bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish.Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish (3-7 yoshgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |