Mavzu:
Til boyliklarini ishlatishdagi xilma-xillik. - Til boyliklarini ishlatishdagi xilma-xillik.
- Nutqning vazifaviy uslublari.
- Nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari.
- O‘qituvchi nutqining uslubi.
REJA:
Nutq uslublari :
.
So‘zlashuv uslubi.
1
2
Rasmiy uslub.
3
Ilmiy uslub.
4
Publisistik uslub.
5
Badiiy uslub.
Bu uslub o‘z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik, soddalik, betakkaluflik, xayajonlilik xosdir.
So‘zlashuv uslubi
Xalq orasida keng tarqalgan "qosh qorayguncha," "uchchiga chiqqan " kabi frazeologizmlardan: ona , osh, tuz, yer, bola, kun, jo‘ra, omon, og’ayni, jonginam, oqshom kabi so‘zlardan: - uvdi (boruvdi), -iydi (boriydi), -chi (moshinachi,) - qira(sirqiramoq, oqarinqiramoq) kabi yasovchilardan, gapning dialogik, to‘liqsiz, bir tarkibli, so‘z-gap kabi shakllaridan foydalanish so‘zlashuv uslubida bir qadar ko‘proq uchraydi.
So‘zlashuv uslubi
Bu uslub rasmiy hujjatlar til xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. E'lonlar, qarorlar, sud va davlat idoralari hujjatlari shu uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hayotda juda keng qo‘llaniladi.
Rasmiy uslub
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. O‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi.
Ilmiy uslub Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Publitsistik uslub OAB tilidir. U keng ommaga gazeta, jurnal, televideniye, shior, bukletlar va.k. orqali ta’sir o‘tkazishga mo‘ljallangan.
Axborot berish, qisqa muddat ichida odamlarni yangiliklardan xabardor qilish; ta’sir ko‘rsatish – ommaning biror ijtimoiy yoki ijtimoiy-siyosiy muammoga oid fikriga ta’sir o‘tkazish.
Axborot tor doiradagi mutaxassislarga emas, keng jamiyat qatlamlariga mo‘ljallangan bo‘ladi, yuqoridagi aytilgan maqsadlariga ko‘ra nafaqat aqlga, balki hissiyotga ta’sir o‘tkazishni ko‘zda tutadi
Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
PUBLITSISTIK USLUB. :
Badiiy uslub:
Bu uslubda til vositalari obrazlar va manzaralar yaratadi, kishilarga estetik zavq berish uchun xizmat qiladi.
Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi va estetik ta'sir etish vazifasi bilan ajralib turadi.
Badiiy nutqda til leksikasining hamma qatlamlari ishtirok etadi.
Badiiy uslub (davomi)
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |