Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi



Download 167,17 Kb.
bet35/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
нутк

Тетиклаштирувчи машқ. Ўйиннинг бориши: Болалар доира шаклида турадилар. Тарбиячи коптокни қўлига олиб, ўйинни бошлаб беради. Болалар тарбиячи айтган сўзни бўғинлаб айтиб беришлари керак: то-вуқ, жў-жа, му-шук, эч-ки, қўл-қоп, сомса ва ҳоказо. Ўйин шу тарзда давом этади. Болалар, ҳозир биз «Сўзни ўзгартир» деган ўйин ўйнаймиз. Тарбиячи учта болани чақиради. Улар сўзлар бўлади. Биринчи бола жўжа, иккинчи бола кучукчани, учинчи бола учратди бўлади, қандай гап ҳосил бўлди. (Болаларнинг жавоблари) Агар биринчи сўз ўрнига бошқа сўз қўядиган бўлсак янги гап ҳосил бўлади. Масалан «Жўжа» сўзининг ўрнига қандай сўзни қўямиз? Болалар жавоби: «Мушук» қандай гап ҳосил бўлади? Болалар жавоби: Мушук кучукчани учратди. Энди иккита кетма-кет сўзларни ўзгартиринг. Жўжа мушукни кўрди (Аввалги сўз ўрнидаги болалар четга чиқадилар, улар ўрнига бошқа болалар чиқадилар).
Kuzatish mashg‘ulotida lug'at ishi. Ta’limning muhim uslublaridan biri bu kuzatishdir. Kuzatish o ‘ziga xos bir faoliyat bo‘lib, u bolani borliq hayot bilan yaqindan tanishtiradi. Bola, odatda, eshitganlariga nisbatan ko‘rgan va kuzatganlarini uzoq vaqt yodida saqlaydi, ulardan ta’sirlanadi, estetik zavq oladi. Turli tuman ranglarga boy, go'zal va xushmanzara tabiat bola didi, so‘z boyligi, nutqini o ‘stirish manbayidir. Bolani atrofdagi go'zallikni ko‘ra bilishga, ranglarni idrok eta olishga, tovushlar ohangini tinglay bilishga, xushbo'y hidlami payqay olishga o ‘rgatish orqali uning fikr doirasi o ‘stiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Bolada tevarak- atrofdan oigan taassurotlarini solz bilan ifodalash xususiyatlarini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Bola tevarak-atrof va ijtimoiy hayot hodisalarini, kishilar nichnatini kuzatar ckan, ularni ifoda etish uchun yangi-yangi so'z va iboralarni o'rgana boshlaydi. Eng muhimi, bola o ‘zi yashab turgan joydagi o'sinilik, hayvon, ijtimoiy hayot, buvumlar bilan yaqindan tanishadi. Bolalarda kuzatish faoliyatining juda yoshligidan paydo bo'lishi haqida pedagog olim D. N. Gonobolin shunday degan edi: „Kuzatish idrokning o'ziga xos xususiyatlarga ega bolgan turlaridan biridir. Tashqi dunyo obyektlarini idrok etishning mukammalligi faqat sezgilar (ko‘rish, eshitish va boshqalar)ning o'tkirligigagina emas, balki hodisalarni tahlil qila bilish, narsalarning belgilarini farq qilish, ular o ‘rtasidagi boglanishlarni aniqlash, bilib olish va shu kabilarga bog‘liqdir‘‘. Bolalarni yangi obyekt bilan tanish- tirishning asosiy maqsadi shu obyektdagi yangilikni bilib olishga, uning belgilari, xususiyatlari haqida tushunehaga ega boMishga hamda atrof-muhit bilan bog‘liqligini aniqlashga yordam bcrish- dan iboratdir. Kuzatish jarayonida turli analizatorlar (ko'ruv, eshituv, ta'm bilish. teri) faollashadi, bolalarning ayrim sczgiiari so‘z bilan (achchiq, taxir, issiq, sovuq, g‘adir-budur, silliq, qizil, sariq, ko*k va h. k.) ifodalanadi. N utq o ‘stirish uslubiyotining asoschisi, mashluir pedagog I. Tixeyeva kuzatishning ta'lim jarayonidagi ahamiyatiga yuqori baho berib, shunday degan edi: „...Voqelikni kuzatish har qanday bilimga ega boMishning negizidir. Kuzatishdan ko‘zlana- digan m uhim maqsad bolalarga tevarak-atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilishga va idrok qilinayotgan narsani so‘z bilan ifodalashga yordam bcrishdir“ . Idrok bolaning tafakkur faoliyati bilan bog’liqdir: ya’ni obyekt haqida fikr vujudga keladi, muhim belgilari sanab o‘tiladi, obyekt boshqa obyekt bilan taqqoslanadi. Kuzatish jarayoni tarbiyachining va bolalarning nutqiy muloqotlari asosida olib boriladi, idrok qilinayotgan muhim tomonlari esa so‘z bilan ifodalanadi. Bolalar bog'chasining eng muhim vazifasi:
I) bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o ‘stirish;
2) amaliy tajribalarni orttirish;
3) nutq ko‘nikmalarini hosil qilish uchun o'z his-tuy- g'ularidan foydalanishga o‘rgatish.
Bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyati ularni tevarak-atrofdagi olam bilan tashkiliy tarzda tanishtirish yo‘li bilan o'stiriladi. Bolalarning bilim doirasini kengaytirish, nutqini o‘stirish va lug‘at ustida ishlashida tevarak-atrofdan foydalanishning ikki usuli mavjud: 1. Buyumlarni o'rganiladigan material sifatida bolalarga yaqinroqdan ko‘rsatish. Bularga turm ushda ishlatiladigan buyumlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak, poyabzal, o'yinchoqlar, tabiatdan gullar, novdalar, mevalar, sabzavotlar, obyektlar, uy hayvonlari va parrandalar, qushlar, baliqlar va boshqalar kiradi. Bunday kuzatish bolalar bog'chasining o'zida o ‘tkaziladi. 2. Bolalarni obyektga yoki buyumga yaqinlashtirish. Bularga bog'chaning o'zida bevosita kuzatish imkoniyati bo ‘lmagan obyektlar yoki buyumlar (qurilishlar, do‘konlar, pochta, paxta dalasi, transport vositalari va boshqalar) kiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish eng yaqin joydan, ya’ni guruh xonalari (uyqu xonasi, yuvinish xonasi va hokazolar), ulardagi buyumlar, o ‘yinchoqlar, tabiat burchagi, guruh maydonchasi va hokazolar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunday kuzatishlar ma'lum bir maqsadni, ya'ni o ‘z guruh xonasi, undagi jihozlar va buyumlar, bog'cha binosi, undagi xonalarning, guruh maydonchalarining joylashishi haqidagi, tevarak-atrofdagi buyumlar, bog'chadagi xizmatchilarning m ehnati haqidagi bolalarning bilimlarini aniqlash va kengaytirish, Iug‘atini boyitish va faollashtirishdan iboratdir. Bog'chaning o'zida, guruh xonasida tashkil etiladigan bunday kuzatish mashg'ulotlari Y. I. Tixcyevaning ta'biricha „mahalliy sayohat“ deb yuritiladi. Bunday kuzatish, ko'zdan kechirish m ashg‘ulotlari bog'chaning lianim a guruhlarida o'tkaziladi. Tarbiyaclii kuzatish m ashg'ulotini o'tkazishga tayyorlanar ekan, u tcvarak-atrof bilan va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish bo'yicha bitta mashg'ulot o‘tkazishga tayyorlanar ekan, u niashg‘uIot uchun zarur b o ‘lgan ma'lumot hajmini, shuningdek, kuzatish jarayonida bolalarning bilishlari va 0‘zlashtirishlari lozim boMgan so‘zlarni tanlaydi. Mashg'ulot- ning rejasini tuzishda kuzatish jarayonida foydalaniladigan, bolalar uchun yangi va qiyin bolgan so‘zlarni belgilab qo‘yadi.
Masalan: kicliik guruhda guruh xonasi, yechinish xonasi va hokazolar bilan tanishtirilganda bolalarga dahliz, shkaf shkaf tokchasi, o'ngda, chapda, ilmoq, oyoq kiyimi, ust kiyinii, ilinadi, yechilcidi va hokazo so'zlar aytiladi, faollashti ri lad i, mus- tahkamlanadi. Shuningdck, o kz guruh xonalari bog'cha binosi- ning qayerida joylashganligini bilib olishga o'rgatiladi. Shu tariqa bog'cha yer maydoni, undagi barcha binolar: oshxona, kirxona, qorovul xonasi, hamshira, mudira xonasi va musiqa xonalari, gulzor, b o g k va boshqalar tanishtirilib, kuzatishlar tashkil etiladi. Kuzatish obyekti va uning mazmuni kichik guruhdan katta guruhga o'tganda murakkablashib boradi. Bolalar bilan tashkil etiladigan bunday kuzatish mash- g'ulotlari bolalarning bilim doirasini kengaytirish va lug'atini boyitish bilan birga, ularda yuksak axloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Masalan, bolalarni bog‘cha binolari bilan ta- nishtirayotganda, ularning c'tiborlari xonalarning tozaligiga jalb qilinib, ularda enaganing mehnatiga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi; qishki ust kiyimlar ko‘zdan kechirilayotganda ular uchun chiroyli, issiq kiyimlar tikkan ustalar va ularning mch- natini qadrlash hissi tarbiyalanadi. Shuning uchun mashg'ulot- ning dastur maqsadida lug‘at ishdan tashqari kishilarning mehnatiga hurmat (kattalar mchnatini kuzatishda), tabiatga muhabbat (hayvon yoki o ‘simliklarni kuzatishda), buyumlarga nisbatan chtiyotkorlik (buyumlar bilan tanishtirishda) muno- sabatlari va hokazolarni tarbiyalash ko‘rsatiladi. Kuzatish m ashg‘ulotlarining boshlanishi niiihim bosqich boklib, butun mashg‘ulot jarayoniga kolp tomondan bog‘liq bo'ladi. Shuning uchun bolalarda kuzatiladigan buyumga qiziqish uyg'otish maqsadida mashg‘ulotni qiziqarli qilib tashkil ctish kerak. Buning uchun turli usullardan foydalaniladi. Mashgku- lotni muqaddima suhbatidan, ya'ni mavzu mazmuniga taalluqli bo'lgan bir qancha savollar bcrishdan boshlash mumkin. Masalan: katta guruhda qishki kiyimlarni ko'zdan kechirishdan avval mashg‘ulotni quyidagi savollar bilan boshlash mumkin: „Hozir yilning qaysi fasli? Odanilar qandav kiyinishgan? Nima uchun hamma issiq kiyinib olgan?" Mashg‘ulotni mavzu mazmuniga doir topishmoq aytish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, tarbiyachi katta guruhda idish- tovoqlarni ko'zdan kechirish mashgkulotini shunday boshlaydi: „Bolalar, hozir men topishmoq aytaman. sizlar esa hozirgi mashg’ulotimizda ninialarni ko‘zdan kcchirishimizni o'zingiz topasiz: „Qoravoy otdan tushdi, bolalari yugurishdi“ . ,,To‘g‘ri, bu qozon, idish-tovoqlar. Hozir biz qozon va idish-tovoqlarni ko‘zdan kcchiramiz“. Yoki akvariumdagi baliqni ko‘zdan kechirishdan avval tarbiyachi bolalarga: „Tanga-tanga to‘ni bor, Mittigina ko‘zi bor, Yursa suvlar jimirlar, Qamishlar ham qimirlar” topishmog’ini aytadi. Ba’zan tarbiyachi kuzatish mashg‘uIotini she'r aytishdan ham boshlashi mumkin. Masalan, kichik guruhda o‘yinchoqlar burchagini ko‘zdan kechirish m ashg'ulotini ushbu shc’rni aytishdan boshlaydi: Quyosh bilan teng turib, Ozoda kiyintirib, Senga taqamiz marjon. Q o‘g ‘irchoq, qo‘g‘irchoqjon. Q o‘ldan qo'ymaymiz sira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Qo‘g‘irchoqsan bizlarga. (Y. Sulaymon. „Qo'g'irchoq“ she'ri.)
Ayniqsa, kichik guruhdagi mashg‘ulotlarda to kg‘ridan to‘g‘ri kuzatish mashg'uiotining mavzusiga taalluqli buyumni ko'rsa- tish usuJidan foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga ovoz tonini biroz baiandlab, sho‘x ovozda, intonatsiya bilan: „M en sizlarga bir narsa olib keldim! Siz uni ko'rishni istaysizmi?“ deb aytadi. Ushbu guruhlarda kuzatish jarayonida o ‘yin usullaridan keng foydalaniladi. Ularga tnaydon bo'ylab yugurishga ruxsat ctiladi („Qanday uzun yo‘lak!“ ). Mashg*ulotning boshida tarbiyachi bolalarga ko‘rsatmalar bcradi (tinch quloq solib o ‘tiring; kiri- shingiz bilan salom bcring; shovqin qilmang va h. k.)Mashg'ulotning boshlanish qismi (k o ‘rsatm alar bcrish, kirish suhbat va hokazolar) bolalarning yoshiga qarab har xil davom ctadi: kichik guruhlarda bir daqiqa, katta guruhlarda esa besh-yetti daqiqa.
Tarbiyachi buyumni, hayvonni. o ‘simlik va boshqalarni ko'zdan kcchirish vaqtida bolalarga kuzatilayotgan obyektni yaxshilab ko'rib, bir-birlari bilan fikrlashib olishlari uchun bir nccha daqiqa vaqt beradi. So‘ngra kuzatishga rahbarlik qila bosh- laydi, ya'ni kuzatilayotgan obyekt bo‘yicha savollar bera bosh- laydi: Bu nima? Bu kim? U qanday? Nimadan yasalgan? Nima uchun kerak? Qanday? Qancha? va hokazo. Agar obyekt bolalarga ilk bor tanishtirilayotgan boisa, savolgajavob berishda qiynalishsa, u vaqtda kuzatish obyektining nomini, uning sifatini yoki xususiyatlarini bildiruvchi so‘zni aytib berish usulidan foydalanadi. So'z bolalar idrokini o kstiradi, buyumlar va ular o krtasidagi bogliqlikni aniqlaydi. Masalan, choy idishlarini ko‘zdan kcchirish vaqtida tarbiyachi shunday izoh beradi: ,,Bu quloqli piyola (chashka), uning dastasi o ‘ng tom onda, tagi dumaloq, bu dumaloq chiziqcha quloqli piyolani likopcha ichiga qo‘yish uchun qilingan, quloqli piyolani likopchadagi dumaloq chiziqcha ichiga sekingina, taqillatmasdan q o ‘yish kerak“ . Kuzatish vaqtida tarbiyachi buyunining vazifasini, uni kim tayyorlaganligini, u bilan qanday munosabatda bo'lishni bolalar bilan birgalikda aniqlaydi. Agar jonli obyekt kuzatilayotgan bo'lsa, tarbiyachi bolalarga uni nima bilan ovqatlantirish. qanday parvarish qilish kerakligi hamda ularga nisbatan g kamxokrIik qilish lozimligini tushuntiradi. Kuzatish mashg'ulotini mavzu va uning mazmuniga mos sh e'r aytib berish, topishm oq aytish, qiyin so ‘zlarni mustahkamlovchi ta’Iimiy (didaktik) o ‘yinIar o'tkazish bilan yakunlaydi.
15-Mavzu: Korgazmali materiallar bilan o’ynaladigan ta’limiy o’yinlar va ularning mazmuni

Reja;




Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish