Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Tayanch tushuncha va iboralar. 
Grammatika, morfologiya, sintaksis, leksik ma'no, grammatik ma'no, shakl, qo‘shimcha, 
grammatik  kategoriya,  kelishik,  ko`plik,  shaxs,  zamon,  uyushiq  bo`lak,  sodda  gap,  qo‘shma 
gap.  
Grammatika  tilning  grammatik  qurilishi  haqidagi  ta'limot  bo‘lib,  unda  so‘zlarning 
shakllari,  bog`‘lanishi,  gap  qurilishi  va  uning  turlari  o‘rganiladi.  Grammatika  morfologiya  va 
sintaksisdan tarkib topadi. 
Morfologiya  so‘zning  grammatik  shakllari,  so‘z  turkumlari,  grammatik  o‘zgarishlar   
haqidagi  ta'limot  bo‘lib,  so‘z  leksik  va  grammatik  ma'noga  ega  bo`ladi.  Sintaksis  so‘zlarning 
o‘zaro bog`‘lanishi, gap  uning ma'no turlari va tuzilishi jihatdan turlarini o‘rgatadi. 
Tilda so‘zning obyektiv borlik haqidagi tushunchani ifodalashi uning leksik ma'nosidir. 
So‘zning  morfologik  tuzilishi,  ularning  o‘zaro  bog`‘lanishiga  ko‘ra  ifodalangan  ma'nosi  esa  
so‘zning  grammatik  ma'nosi  hisoblanadi.  Grammatik  ma'no  so‘zning  leksik  ma'nosini 
o‘zgartirmaydi,  so‘zga  qo‘shilgan  qo‘shimchalar-grammatik  shakl  yoki  yordamchi  so‘zlar 
orqali  grammatik  ma'no  ifodalanadi.  Masalan,  olma,  qalam,  o‘yinchoq  so‘zlarining  leksik 
ma'nosi meva turi, yozuv quroli, o‘ynaladigan narsa nomini ifodalashi bo‘lib, ularning birlikda 
va bosh kelishikda ekanligi grammatik ma'no ifodalashidir. Olmani, qalam bilan, o‘yinchoqlar 
kabi  so‘zlarning  tushum  kelishikda  ekanligi,  ko`plikni  bildirishi  ham  grammatik  ma'noni 
ifodalaydi. Demak, grammatik ma'no grammatik shakl bilan bir butunlikni hosil qiladi, bu esa 
grammatik  kategoriyalarni  tashkil  etadi,  grammatik  kategoriyalar  xilma-  xil  bo‘lib, 
tilshunoslikda  ular  son  kategoriyasi,  egalik  kategoriyasi,  kelishik,  zamon  kategoriyalarini 
tashkil  etadi.  So‘z  shakllari  esa  so‘zning  asosiy  va  shakl  qismga  bo‘linishi  xususiyatini 
ifodalaydi,  so‘zning  morfologik  tuzilishini  ifoda  etadi.  Ya'ni  so‘zning  grammatik  qismga 
bo‘linmas qismi morfema  deyiladi, u o‘zak morfema yoki asosiy morfema hisoblanib, so‘zga 
qo‘shimcha qo‘shish yoki yordamchi so‘z qo‘shish yordamchi morfemani ifodalaydi. Masalan, 
quyoncha,  mushukni,  kanddon  kabi  so‘zlarda  asosiy  va  yordamchi  morfemalar  mavjuddir. 
Masalan,  quyon-asosiy    morfema,  -cha  esa  qo‘shimcha  morfemadir.    So‘zning  grammatik 
shakli ikki xil bo`ladi:  sintetik shakl va analitik shakl.  
Sintetik  shaklda  so‘zga  qo‘shimcha  qo‘shiladi:  Masalan,  quyidagi  misolda  so‘zga  bir 
necha qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lib, u sintetik shakldir; 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Kapalaklar gulzorda, 
Qanot qoqib uchishar. 
Xursand bo‘lib gulzordan, 
Guldan gulga qo‘nishar. 
Maktabgacha  ta'limda  bolalar  nutqini  o`stirishda  nutqning  grammatik  tomonini 
o‘rgatish, ya'ni nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishga o‘rgatishda tarbiyachining so‘zning 
asosiy va qo‘shimcha morfemalarini bilishi va uni bolalarga amaliy o‘rgatishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Nutqning  grammatik  tomonini  o‘rgatish  bolalarning  nutqni  to‘g‘ri  ifodalash 
malakalarini  shakllantiradi,  ular  nutqidagi  grammatik  xatolarni  bartaraf  etish,  nutqni  to‘g‘ri, 
ifodali, tushunarli bayon etishga o‘rgatadi. 
Nutqning  grammatik  tuzilishini  o‘rgatish  maktabgacha  ta'limning  kichik  guruhidan 
boshlanadi va quyidagilarni amaliy o‘rgatish asosiy vazifa hisoblanadi: 
a) otlarni kelishiklar bilan to‘g‘ri turlash (Anvarning, Anvarni, Anvarga va hokazo) 
b) fe'llarni shaxs-zamon qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri tuslashga o‘rgatish (oldim, oldi) 
v) hayvon va parrandalarning nomini birlik va ko‘plik ifodalashga o‘rgatish 
s) uyushiq bo`laqli gaplar tuzishga o‘rgatish (Odil tupni, sharni va bayroqchani oldi) 
d) ertak, she'rni ifodali  aytish ko‘nikmasini tarkib toptirish, chiroyli, to‘g‘ri gapirishni o‘rgatish 
e) grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish, rasm asosida, suhbat orqali bolalar nutqida sifatlarni 
to‘g‘ri qo‘llash, otlarni kelishikda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish. 
 
O‘rta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish mazmuni quyidagicha:   
1.  Gapirganda,  hikoya  qilganda  so‘zlarni  grammatik  jihatdan  to‘g‘ri  qo‘llashga,  ya'ni 
kelishiklarda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish. 
2. So‘zlarni birlik, ko‘plik aytish, fe'llarni shaxs va zamonda to‘g‘ri tuslash, ayrim so‘zlarning 
yasalishini bilish. 
3. Jumlani to‘g‘ri tuzish, nutqda sodda, qo‘shma gaplardan foydalanish. 
4. Topishmoq, tez aytish orqali ogzaki nutqni shakllantirish. 
5. Nutqda fe'lning buyruk maylini qo‘llash va to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish. 
 
Katta  guruhda  nutqning  grammatik  tuzilishini  shakllantirish  davom  etadi,  bunda 
quyidagilar amalga oshiriladi. 
1. To‘g‘ri gapirish, so‘zlarni o‘zaro bog`lash, jumlani to‘g‘ri tuzish. 
2. Nutqda uyushiq bo‘laqli, sodda yoyiq va qo‘shma gaplardan foydalanish. 
3. Fikrni xilma-xil ma'noda bayon etish. 
4. Yangi so‘z yasashni, grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish talab etiladi. 
 
Maktabga  tayyorlov  guruhida  nutqning  grammatik  tuzilishi  buyicha  quyidagilarga 
ahamiyat beriladi: 
1. Nutqning morfologik va sintaktik tuzilishini shakllantirishni davom ettirish. 
2. Bolalarda o‘z nutqi va boshqalar nutqiga tanqidiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash. 
3. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish. 
4. So‘z yasash malakasini mustahkamlash. 
5. Rasmga karab hikoya qilishga o‘rgatishni davom ettirish. 
6. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish. 
 
Nutqning  grammatik  tomonini  o‘rgatish    amaliy  mashqlar,  Ko`rsatib  berish,  o‘rgatish 
orqali amalga oshiriladi, quyidagilar nazarda tutiladi. 
1. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, rivojlanganlik darajasi. 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish