Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi



Download 1,44 Mb.
bet131/236
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419289
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236
Bog'liq
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va

2-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi. Til jamiyatda kishilarning bir-birlari bilan aloqa boglashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari uchun muhim vositadir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til jamiyat paydo bolishi bilan paydo bo’lgan, jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy etgan, rivojlangan. Jamiyatda fikr almashuv doimiy va hayotiy zarurat hisoblanadi. Odamlar til vositasida o ‘zaro fikr almashadilar. Shuning uchun ham til aloqa vositasi bolishi bilan birga, jamiyatning rivojlanish manbayi hamdir. Odamlarning nutq orqali aloqalari har doim ma’lum bir til vositasida amalga oshiriladi. Til yordamida fikr almashmay turib, odamlar o‘zaro mehnat faoliyatlarini tashkil eta olmaydilar. Tilsiz ijtimoiy ishlab chiqarish liamda jamiyat bolmaydi.
Til jamiyat hayotida katta roi o‘ynasa-da, u ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. Nutq bilan til o ‘zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa boglashlaridir. Har bir kishining o‘z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin.
Til ijtimoiy hodisa bo’lganligi uchun ham u kishi^arda mustaqil holda mavjud boladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa boglashi jarayonida viijudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‘langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so‘zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so‘z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o‘sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o ‘z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o‘ziga qarata aytilgan nutqni, so‘zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so‘zlar va so‘z shakllarini o‘zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi o ‘zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‘z—bu mumkin, mumkin emas hamda buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi.
— Mumkin emas! Qo’ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, qo’lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‘xtatadi. Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‘lidan kitobni olayotgan onaning qat’iy ravishda:—^Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan“ deb aytadi,— dcgan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi.
Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo’lib, undagi harakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bolib hisoblanadi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo’lgan jarayondir. Shuning uchun hamfikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi.

  1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya beristida eng asosiy vazifalardan biri bolaJarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga. muomalaga o’rgatishdir. Nutq o‘stirish uslubiyoti pedagogik fan bo‘lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq o‘stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutq o‘stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bog‘ch alari tarbiyachilarini ular bilan ta’minlashdan iboratdir.

Tarbiyachilar esa o‘zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka va ko‘nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar.
Nutq o’stirish uslubiyotining maqsadi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini shakllantirishdan iborat.
Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyot^ar kabi quyidagi savollarga javob beradi:

  1. nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak);

  2. qanday o’rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit. qaysi usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak);

  3. nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan).


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish