Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


bolalarni rasmlarning mazmunini to‘g’ri tushunishga o'rgatish



Download 1,44 Mb.
bet126/236
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419289
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   236
Bog'liq
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va

bolalarni rasmlarning mazmunini to‘g’ri tushunishga o'rgatish ;

  • his-tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar);

  • rasmlar bo‘yicha bog’langan hikoya tuzishga o‘rgatish;

  • lug‘at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim bo‘lgan yangi so‘zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‘lgan so‘zlar oldindan aniq rejalashtiriladi).

    Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida tarbiyachining rahbarligi o‘zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‘tadi, zarur bo’lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog‘langan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli tarzda anglash uni to’g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
    Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan o'zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o‘zgartirib, unumlashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko‘pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo’lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namuna-hikoyasi, guruhda rasmdagi mazmunni bog’langan holda bayon ctishga qiynaladigan bolalar bolsagina taklif etiladi. Bunday mashg‘ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
    Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa- buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda“ ) hikoya tuzish.
    Rasmlar to'plami bo‘yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo’lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.

    1. qism. Bog’lanishli nutq. „Tipratikanlar“ rasmi bo‘yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar ( tipratikanlar) to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o‘rgatish.


    2. Download 1,44 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   236




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish