Nutq ontogenezi fanidan


Meʼyoriy naflilik nazariyasi



Download 0,68 Mb.
bet2/3
Sana16.07.2021
Hajmi0,68 Mb.
#121438
1   2   3
Bog'liq
1 mohigul

Meʼyoriy naflilik nazariyasi, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy ogʻishini keltirib chiqaradi. Meʼyoriy naflilik nazariyasi n., shuningdek, naflilik bilan harajatlar, yaʼni talab va taklif oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ham anikdashga xizmat qiladi, bu bilan narxning vujudga kelishi (narx belgilash) qonunini ham izohlaydi. Mazkur qonunga koʻra neʼmat narxi jamiyatda ishlab chiqariladigan oxirgi neʼmat birligi beradigan qoʻshimcha na(lilik bilan belgilanali.

Muvozanatli narx qoʻshimcha naflilik va eng yuqori harajatlar egri chiziqlar kesishgan nuqtada turadi (chizmada Ye nuqga). Narxning shakllanishida qoʻshimcha naflilikning muhim ahamiyati shundaki, u harajatlar miqdori muvozanat nuqtasiga qaraganda katta summani tashkil etgan hollarda narx talab va taklifni muvozanatlaydigan Ye nuqtaga qaraganda pastroq boʻlishini koʻrsatadi. Chizmada MI chizigʻidagi A nuqta qoʻshimcha naflilikni koʻrsatadi (MI, MS — Meʼyoriy harajatlar va meʼyoriy naflilik). Ayni paytda narx harajatlaridan yuqori bulishi ham mumkin (chizmada V nukta).

Meʼyoriy naflilik nazariyasi n. bir-biridan mustakil holda 1871 yilda ingliz iktisodchisi V. S. Jevons, avstriyalik iqgisodchi K. Menger va 1874 yilda shveysariyalik iktisodchi L. Valras tomonidan asoslab berilgan.

Sherqul Shodmonov.[2]

11.2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Yigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluksizlik, asta-sekin mukammallashuv va yutuqlar (natijalar) yig'indisi g‘oyasiga qarama-qarshi turadi. U o‘z aksini jahon psixologiyasida bir necha o‘n yilliklardan beri, rivojlanish jarayonining turli tomonlarini sintezlovchi va uning mexanizmlariga tayanuvchi yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvida topadi. L.S.Vigotskiy rivojlanishning yoshga bog‘liq davrlash­

tirish muammosini «barcha bolalar psixologiyasi uchun markaz» va «amaliyotning barcha savollariga kalit» deb atagan. U vaqtda mavjud bo'lgan davrlashtirish chizmasini tahlil qilib, L.S.Vi­gotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan: 1. Bola psixikasini rivojlanishi bilan har tomonlama bog‘liq bo‘lgan, boshqa jarayonlarni zinama-zina qurish asosida bolalikni davrlashtirish. L.S.Vigotskiy yosh davrlarida

taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish hodisasiga nisbatan asosiy yangi yondashuvni ishlab chiqib, yosh davrlar psixologiyasining asosini qo‘ydi. Odatda psixologiyada o‘rganiladigan alohida psixik jara­ yonlar va (idrok, diqqat, tafakkur) funksiyalarning yoshga bog‘Iiq xususiyatlarini o‘rganish o‘rniga L.S.Vigotskiy birinchi o'ringa «psixologik yosh» tushunchasini qo'yishni va bola rivojlanishi taxlilining «birligi» sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini talqin qilishni taklif qilgan. 1932—1934-yillarda yozilgan «Yosh davriga oid bolgan muammo» asarida, L.S.Vigotskiy ushbu fikrni quyidagicha izohlagan: «Yosh davrlari yaxlit dinamik tuzilishini rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma og‘irligini aniqlaydigan tarkibni o‘zida aks ettiradi». L.S.Vigotskiyga ko‘ra, har bir psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishida shakllanuvchi, rivojlanishning ijtimoiy holati bilan tavsiflanadi. Rivojlanishning ijtimoiy holati — bu «mutloq alohida, ushbu yosh uchun o‘ziga xos, bola va uni o‘rab turgan voqelik o‘rtasidagi yagona va qaytarilmaydigan, eng avvalo ijtimoiy munosabatlardir» L.S.Vigotskiy muhitni absolut (absolut-idealistik falsafada — borliqning abadiy, o‘zgarmas, bemakon ibtidosi — ruh) ko‘rsat- kichlarda emas, balki, bolaning o‘zini kechinmalari bilan bogliqlikda, muhitni bolaga munosabatidan kelib chiqib, talqin qilish kerakligini ta’kidlagan. «Rivojlanishning ijtimoiy holati» tushunchasi tashqi muhit va bolaning ichki dunyosini o‘zaro aloqasini betakror o‘ziga xosligini, ya’ni ijtimoiy muhit va motivatsion ehtiyoj sohalarini ifodalaydi. Bundan tashqari, psixologik yosh yan­gi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi. Yoshga oid yangi tuzilishlar — bu yoshga bog‘liq rivojlanish natijasi, mahsuli va bir vaqtning o‘zida keyingi rivojlanish zaminidir. Psixologik yangi tuzilmalar bolaning yangi shaxs tuzilishi turini ushbu bosqichda birinchi marotaba yuzaga kelayotgan hamda bolaning ongi, uning muhitga munosabatini, uning tashqi va ichki hayotini, ushbu davrdagi uning butun rivojlanish jarayonining eng asosiysi va muhimini aniqlaydigan psixik va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.

D.B.Elkonin (1904—1984) bolada insoniyatga xos bo'lgan qo- biliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy insoniy faoliyat usullarini o'zlashtirish muammosini o'rgangan. D.B.Elkoninning bola tug'ilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hisoblanishini ta’kidlab, «jamiyatda bola» (bola va jamiyat emas)



formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi munosabatlar tizimida kechadi: «bola-ijtimoiy predmet» va «bola-ijtimoiy ulg'aygan inson». «Ijtimoiy ulg'aygan inson», predmetlar bilan «harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari», hayotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola hayot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol subyekti sifatida namoyon bo'ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi. Bolaning tug'ilganidan to 17 yoshigacha bo'lgan psixik rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtirilishi D.B.Elkonin to­monidan yaratilgan bo'lib, «Bolalik yoshidagi psixik rivojlanish­ni davrlashtirish muammosiga» (1971) maqolasida taqdim etilgan.

D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — «bola rivojlanishining umumiy egri chizig'ida uning o'rni va funksional ahamiyati bilangina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr» sifatida ko'rib chiqqan. Har bir psixologik yosh o'zaro murakkab munosabatlarda bo'lgan ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivojlanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yan­gi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tash­kil etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliya­ti chambarchas bog£liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yoshlarni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoliyatning turli xil ko‘rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi faoli­yat unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq yo£lini (kattalar rahbarligida) bosib o£tadi. Yetakchi faoliyat — bu bolaning ko£p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojla­nish uchun uning ahamiyatiga ko‘ra, asosiy faoliyatdir: yetakchi faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshida­gi o£yinda o£rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va shakllanadi); yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayon­lar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o£yinda bolaning faol tasav­vur jarayonlari shakllanadi); yetakchi faoliyatdan, rivojlanish­ning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o£zgarishlari bog‘liqdir (o‘yinda bola inson xulq-atvorining motiv va me’yorlarini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ketma-ketligini quyidagicha taqsimlagan: chaqaloqlik davri inqirozi; go£daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); kattalar bilan bevosita emotsional muloqot; 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); vositali — predmetli (predmetli — harakatli) faoliyat; 3 yosh inqiro­zi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); rolli o£yin; yetti yosh inqirozi; kichik maktab yoshi (8-12 yosh) o£quv faoliyati; 11-12 yosh inqirozi; o£smirlik yoshi (11—15 yosh) tengdoshlar bilan intim (jinsiy) shaxsiy munosabat; 15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo'lgan o'quv faoliyati bi­lan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog'liqlikda munosabatlar inqirozi (3—11 yosh) va dunyoqarashlar inqiro­zi (1—7 yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin o'zining bolalikdagi psixik rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini almashinishi, davriy almashinuv g'oyasini ishlab chiqqan. Ushbu qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag'ishlangan. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni oriyentatsion jarayonlarning bir ko'rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok — bu predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur

— ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emotsiya esa — shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlarida, harakatning yetakchi qismi sifatida oriyentatsiya roli va oriyentatsiyani bir qancha bosqichlarini tashqi yo'nalgandan, ichki yo'nalganga bosib o'tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o'rgangan. P.Ya.Galperin harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) — oriyentat­siya, bajarish va nazoratdan, ko'proq ahamiyatga ega deb oriyentatsiyani hisoblaydi. To'g'ri yo'naltirilgan oriyentatsiya asosi birinchi urinishdayoq harakatni to'g'ri bajarish imkonini bera­di. Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizatsiyasi va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo'ladi. Shunday qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini oriyentatsion va bajarishni ajratish mumkin. Oriyentatsiya fazasi (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmet­li harakatni egallashning boshlang'ich bosqichlarida keng tashkil etiladi.

Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki bu faoliyatning aniq operatsiyalari shakllanadi) qonuniyatli almashinuvi sodir bo'ladi. Misol uchun, go'daklikda kattalar bi­lan emotsional muloqotga, predmetli olamni egallash va ishbilarmon — hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi, ular muvofiq keluvchi operatsiyalar shakllanganda, ilk yosh- da, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq, maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshida yetakchi bo'ladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko'proq rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar bir-biri bilan o‘zaro bog'langandek va bu «bog'lanish» (yoki D.B.Elkonin so'zlari bilan aytganda «era») butun bolalik da­vomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday qilib, D.B.Elkonin oriyentatsiyaning ilgarilab rivojlanish qonuniyati bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funksional emas, balki psixikaning yosh davriga bogliq rivojlanishida ham ta’sir ko'rsatadi, deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayonida avval faoliyatning motivatsion, so'ngra operatsional texnik tomonlarini egallash sodir bo'ladi. D.B.Elkonin nuqtayi nazariga ko'ra, faoliyatning motivatsion va operatsion tomonla­rini rivojlanish darajalari o'rtasida doimiy ravishda uzilish yu­zaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o'zib ketadi hamda orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi uchun faoliyatni o'zgartirishi zarur. Rivojlanishni harakatlan- tiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va mo­tivatsion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qarama-qarshilik (ziddiyat) bilan bog'liq. D.B.Elkonin tomonidan shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik farazi L.S.Vigotskiyning g'oyalarini ijodiy rivojlantiradi, u bolada nafaqat bilish, balki shaxsning motivatsion — ehtiyoj sohasi ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar olamini o'zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o'z-o'zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi.

Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4—5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata bosh­laydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bola­larning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bolishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kat­talar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos boladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va bosh­qa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin boladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3—4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi. Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2—3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakat­lar bilan javob qaytaradi.

3—4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bi­lan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14—18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.2—3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof-muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish