Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy


I.  Avvalo, asarlarning  tili va  uslubidagi  farqlar



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/48
Sana02.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#311552
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
fununu-l-baloga asarida badiiy sanatlar (1)

I. 

Avvalo, asarlarning  tili va  uslubidagi  farqlar:

  ―Funun  ul-balog‗a‖  turkiy 

tilda va turkona uslubda yaratilagan. ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ esa forsiyda bitilgan. Bu 

borada Taroziy ilk tajribaga qo‗l urgani ma‘lum. Tan olish kerakki, til xususiyatlari 

haqida gap ketar ekan har ikkala asarning o‗ziga xos ustunliklari mavjud. Badiiy 

san‘atlar  izohi,  ularning  ta‘riflari  ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖da  mukammalroq  va 

to‗liqroq.  Ya‘ni  muallif  biror  san‘at  haqida  gapirayotganda  birgina  ta‘rif  bilan 

cheklanib qolmaydi. Shu san‘at to‗g‗risida o‗z bilganlarini bayon qilgandan so‗ng 

o‗zidan  oldin  yaratilgan  asarlarning  bu  boradagi  ma‘lumotlarini  ham  izchil  ifoda 

qiladi.  Xususan,  izohlarda  ―Tibyon‖,  ―Muxtasar‖  (Allomayi  Taftazoniy),  Shamsi 

Qays  Roziy,  Rashididdin  Vatvot  ilmiy  manbalaridan  ko‗lamli  foydalanilgan. 

Ta‘riflardan keyin misollar va oxirida san‘at nomi bo‗lgan so‗zning lug‗atdagi asl  

ma‘nosi  aytiladi.  Barcha  misollar  faqat  forsiyda  keltiriladi  va  misol  o‗rnida  A. 

Husayniy forsiydagi baytlardangina foydalanadi.  

―Funun ul-balog‗a‖da esa bu tartib boshqacharoq. Unda biror san‘at haqida 

aytilganda avval turkiyda bir bayt beriladi. Bu bayt aksariyat holatda Taroziyning 

o‗z qalamiga mansub bo‗lib, quyida nomi zikr etilajak san‘at uchun misol sanaladi. 

Shundan  so‗ng  muallif  izohi  keltiriladi.  Ta‘riflar  deyarli  muallifning  o‗z  tilidan 

aytiladi.  Bir-ikki  holatlardagina  Taroziy  boshqa  manbalarga  murojaat  qiladi.  Har 

bir san‘at izohidan  keyin birinchi bo‗lib turkiy  misol beriladi. Undan so‗ng o‗rni  

bilan forsiy va arabiy misollar keltiriladi. Albatta, bu barcha san‘atlar uchun qat‘iy 

qolip  emas.  San‘at  nomi  bo‗lgan  so‗zning  lug‗aviy  ma‘nosi  berilishi  ham  barcha 




 

 

 



39 

 

badiiy  san‘atlarga  taaluqli  emas.  Biroq  misollar  borasida  Shayx  Ahmad  risolasi 



ancha  ustunlikka  ega.  Boisiki,  unda  misollar  uch  tilda  ifodalangan  o‗rinlar 

talaygina. Ya‘ni turkiy, forsiy va arabiy tillarda. To‗g‗ri, arab tilidagi misollar juda 

ko‗p  emas,  biroq  buning  ham  asosli  sababi  bor.  Chunki  muallif  izohlagan  ba‘zi 

san‘atlar sof turkona va shu ma‘noda arab abyotida ularga misol keltirish mumkin 

emas.  Turkiy  va  forsiy  misollar  faqat  bayt  shaklida  bo‗lsa,  arab  tilidagi  misollar 

aksariyat  nasriydadir.  ―Va  ba‘zi  yerda  ―Kalomi  majid‖tin  va  Rasul  alayhissalom 

hadisidin  naql  qilduq‖

69

.  Tarse‘  san‘atiga  berilgan  misollarni  ko‗rish  mumkin: 



――Kalomi majid‖ va ―Furqoni hamid‖ta kelibtur: 

―Innal-abrora lafi na‘im 

Va innal-fujjora lafi jahim‖. 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish