Nurmuhammedov shahbozbek


Ma’ruza 6: Jahon xo’jaligi



Download 233,38 Kb.
bet9/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ma’ruza 6: Jahon xo’jaligi

Reja:

6.1Jahon xo’jaligining shakllanishi

6.2.Xalqaro mahnat taqsimoti.

6.3.Jahon xo’jaligining geografik modeli.

        6.4.Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish.

        6.5.Jahon iqtisodiyotida fan-texnika taraqiyot sohasida tarkib topgan yangi xo’jalik turlar

        6.6.Jahon xo’jaligi va regional fan-texnika taraqiyot siyosat.

 

Tayanch so’z va iboralar: Xalqaro mehnat taqsimoti, geografik model, fan-texnika inqilobi, fan-texnika taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyoti va siyosat, jahon xo’jaligi, jahon xo’jaligining paydo bo’lishi , birinchi sanoat inqilobi, fan – texnika inqilobi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

                                                                                                                           

Jahon xo’jaligi insoniyatning butun rivojlanish davrida shalklangan. U ibtidoiy jamoa tuzumida foydalanilgan tosh qurollaridan tortib, hozirgi kunda ishlab chiqarishda va kunlik hayotimizda keng qo’llanilayotgan elektro-hisoblash mashinalarigacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Jahon xo’jaligining shakllanishi, eng avvalo, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tabiat bilan jamiyat o’rtasida savdo-sotiq va ishlab chiqarish munosabatlarining muntazam o’rnatilishi, shu asosda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to’siq bo’lgan milliy xo’jaliklarning asrlar davomida bir-birlaridan ajralgan holda hayot kechirishigacha chek qo’yilishi davrigacha bo’lgan tarixni to’la aks ettiradi.

Mutaxassislar tomonidan jahon xo’jaligining shakllanishini quyidagi bosqichlarga bo’ladilar:

-   jahon xo’jaligining shakllanishi;

-   jahon xo’jaligining paydo bo’lishi va kengayishi;

-   jahon xo’jaligining chuqurlanishuvi;



Jahon xo’jaligining shakllanishi, qadimdan to XVI- asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrning davtlabki bosqichida dunyoda qator quldorlik davlatlari (Qadimgi Misr, Karfagen, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim, Kushon davlati va boshqalar) tashkil topdi. Keyinchalik (V – XVI asrlar) dunyoda qator feodal davlatlar (Kiev va Moskva Rusi, Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Amir Temir imperiyasi va boshqalar) paydo bo’ldi. Ushbu davlatlar o’rtasida savdo – sotiq ishlari amalga oshirildi. Bunda “Buyuk ipak yo’li”ning roli katta bo’ldi. Lekin ushbu davrda jahon xo’jaligiga dunyodagi barcha mamlakatlar tortilmagan edi. Dunyoning ko’pchilik qismi jahon hamjamiyatiga noma’lum edi. Shu sababli ushbu davrni jahon xo’jaligining shakllanishi deb atash maqsadga muvofiqdir.

Jahon xo’jaligining paydo bo’lishi va kengayishi. XVI asrdan XIX asrning oxiri va XX asrning o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu davrda jahonning ayrim davlatlari, ayniqsa G’arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari qaror topadi. Tovar ayirboshlashda pul asosiy o’rinni egalaydi. Ushbu davrda jahon xo’jaligining tarkib topishi va kengayishi mashinasozlik sanoatining rivojlanishi bilan uzviy ravishda bog’liq. Ushbu davrda ikkita sanoat inqilobi sodir bo’ladi.



Birinchi sanoat inqilobi – 1769 – 1872 yillarni o’z ichiga oladi. Ushbu davrda Angliyada DjemsUatt tomonidan bug’ mashinasining ixtiro qilinishi va uning ishlab chiqarishga joriy etilishi evaziga, Angliyada qo’l mehnatiga asoslangan manufakturaning o’rniga bug’ mashinalarining qo’llanilishi, mehnat unumdorligining keskin ortishiga olib keldi[1] .

1.  Ishlab chiqarish quvvatlarining kuchayishi tayyor mahsulot ishlar  chiqarishining ortishiga olib keldi. Tayyor mahsulotlar ko’plab chetki bozorlarga chiqarila boshlandi. Bu davrda jahonda mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari ma’lum miqdorda ishtirok eta boshladi. Shunday qilib, ushbu davrda jahon xo’jaligi tarkib topdi va kengaydi.

Jahon xo’jaligining chuqurlashuvi (XX asrning ikkinchi yarmidan to hozirgacha) davrida jahon xujaligida murakkab texnologiyalarga asoslangan, kam metall va yoqilg’i talab qiluvchi mashinalar ishlab chiqarish yetakchi o’rinni egallaydi. 

 2.Xalqaro mehnat taqsimoti. Hozirgi jahon xo’jaligining asosini xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Mehnat taqsimotining oddiy shakli, jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida erkaklar bilan ayollar, keksalar bilan yosh bolalar o’rtasidagi mehnat taqsimoti bo’lgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamoa o’rtasidagi mehnat taqsimoti ham o’zgardi. 

  Jahon mamlakatlarining o’zaro iqtisodiy aloqalari faqat tovar savdosi va xizmat ayirboshlashi bilan cheklanmaydi. Hozirgi jahon xo’jaligi kapital oqimlari va odamlarning migratsiya oqimlari mavjudligi, ularning aralashib ketganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi birgalikda “Xalqaro mehnat taqsimoti” tushunchasini tashkil etadi.

 Ixtisoslashuv, bir turdagi yoki bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv shaklida bo’ladi.

Bir  turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatlarning iqtisodining jahon bozoridagi narx – navoga bog’liqligini oshiradi. Agar jahon bozorida mamlakat ishlab chiqarayotgan mahsulotning narxi tushib ketsa, u ushbu mamlakat iqtisodiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, XX asrning 80 yillarida  Braziliyada kofe plantatsiyalarining sovuq urushi mamlakat iqtisodiyotining inqirozga yo’l tutishiga olib keldi.

Iqtisodiy jihatdan sust rivojlanayotgan mamlakatlarda qazib oluvchi (undiruvchi) sanoat rivojlangan. Jahon bozorida xom – ashyo narxining tushib ketishi, ushbu mamlakatlar iqtisodiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Sanoati yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashish xarakterlidir. Ularda murakkab texnologiyalarga asoslangan, uzoq muddatli foydalanish mumkin bo’lgan mashina va asbob uskunalar ishlab chiqarish xarakterlidir.



      Fan – texnika inqilobi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish.

XX asrning nkkinchi yarmida boshlangan fan – texnika inqilobi, butun dunyo hayotini, shu jumladan, jahon xo’jaligining rivojlanishida yuz bergan keskin sifat o’zgarishi ishlab chiqarish kuchlarini tubdan qayta o’zgartirib yubordi. Birinchidan, fan – texnika inqilobi, fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, boshqarishning hamma tarmoqlari va sohalarini, mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartirdi. Bularning hammasi fanning gurkirab rivojlanishi va jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanishi bilan uzviy bog’liqdir.

Ikkinchidan, fan – texnika inqilobi qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganligida, mahsulotning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi.

Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnini tubdan o’zgartirib yubordi. Fan – texnika inqilobi mehnat resurslari darajasiga talabini keskin oshirdi.

To’rtinchidan, fan – texnika inqilobi evaziga boshqaruv tizimida axborot – texnologiyalaridan foydalanish keng ko’lamda amalga oshirildi.

Fan – texnika inqilobining hozirgi bosqichida ishlab chiqarishni boshqarish g’oyat murakkablashdi va

Fan – texnika sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari.  Fan – texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning joylashishi va hududiy tarkibiga ta’sir ko’rsatadigan tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy omillar, yangi texnika va texnologiya ta’sirida ilgarigi davrlarga nisbatan yangi mazmunga ega bo’ldi. Lekin dunyo xo’jaligining XX asr oxirida shakllangan geografik tasviri tabiiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa omillarning uzoq davom etgan o’zaro ta’sirining tarixiy natijasi bo’lganligi sababli ilmiy – texnika inqilobi davrida ham ularning umumiy xususiyatlari asta – sekin o’zgarmoqda.

Ilmiy – texnika inqilobi davrida o’zlarining xom ashyo bazalari bo’lmagan ko’p mamlakatlar va mintaqalar tez rivojlanmoqda. 

Jahon ishlab chiqarishini joylashtirishning eng muhim omillaridan biri ularning fan taraqqiy etgan markazlarga intilishi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu omil fan talab tarmoqlar geografiyasini belgilab beradi. Fan – texnika inqilob davrida fanning ilgari asosan mamlakatlar poytaxtlarida va universitet shaharlarida to’planishi o’zgarib, ular yirik shahar aglomeratsiyalari chekkalarida ixtisoslashgan fan shaharlari (akademik shaharchalar)da to’planishi yuzaga keldi.

Ilmiy markazlar (parklar) AQSHda o’tgan asrning 50 – yillarda paydo bo’lgan va hozir mamlakatda ularning soni 150 dan ko’proqdir. Ularning eng mashhurlari Stenford universiteti asosida San – Frantsisko atrofida tashkil etilgan Salikon – Velli Kremniy vodiysi, G’arbiy Yevropada GFR da Myunxen universiteti bazasida yaratilgan Izor Valli, Buyuk Britaniyada Kembrid universiteti bazasida tashkil etilgan Kembridj parki, Frantsiyada Lazur qirg’oqlarida mavjud. Ilmiy parklar Belgiya va Niderlandiyada va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tashkil etilgan.



Yuqori malakali ishchi kuchi fan – texnika inqilobi sharoitida g’oyat muhim omillardan biriga aylandi. Hozir har qanday mamlakatda oddiy mehnat resurslari emas, zamonaviy murakkab texnikani boshqarishni udalay oladigan ma’lumotli, yuqori malakali ishchi kuchi kerak

 Fan – texnika inqilobi sharoitida “Iqtisodiy geografiya”da ilgaridan hisobga olinib kelinayotgan quyidagi omillarning ham ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi ahamiyati oshib, ular yangi mazmunga ega bo’lmoqda. Bular, iste’mol omili, energetika lmili, iqtisodiy geografik o’rin omili, ekologik omillar.

 Jahon iqtisodiyotida fan – texnika taraqqiyoti sohasida tarkib topgan yangi xo’jalik turlari.

Fan – texnika inqilobining kengayishi va chuqurlashuvi, jahon xo’jaligiga ta’sirining kuchayishi ko’pchilik mamlakatlarda industrial turdan keyin shakllangan va postindustrial deb nom olgan (rost – Janubiycha “keyin”) iqtisodiyotning mutlaqo yangi turining tarkib topishiga olib keldi.

  Jahon xo’jaligining geografik modeli.

Jahon xo’jaligining rivojlanishi va murakkablashib borishiga muvofiq uning geografik modeli ham o’zgarib bormoqda. XIX asrning oxiriga qadar jahon xo’jaligining barcha ko’rsatgichlariga ko’ra bitta markaz – Yevropa ustunlik qilgan. Keyinchalik ikkinchi markaz – AQSH paydo bo’lgan va u tez orada asosiy markazga aylandi. So’ngra boshqa yangi markazlar paydo bo’la boshladi.Hozirgi jahon xo’jaligida 10ta asosiy markaz mavjud  bular. AQSH, Yevropa, Yaponiya, MDH, Xitoy, Janubiy-G’arbiy Osiyo, Hindiston, Janubiy-SHarqiy Osiyo, Avstraliya, Braziliya va boshqalar. Ushbu markazlardan eng iqtisodiy qudratligi ikkita eski markaz ya’ni Yevropa (YaIMning 28%) va AQSH(YaIMning 20%) hisoblanadi. Ulardan keyin ikkita o’rta markaz, Yaponiya (YaIMning 10%) va MDH turadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan markazlar nisbatan uncha katta emas, lekin ular tez rivojlanmoqda[2].




Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish