Ma’ruza 19: Xitoy
Reja:
20.1. Xitoy Xalq Respublikasining umumiy geografik holati.
20.2. Tabiiy resurslari ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
20.3. Xitoy Xalq Respublikasining davlat tarixi va davlat tuzumi.
20.4. Demografik xususiyatlari va urbanizatsiyasi.
20.5. Xo’jaligining umumiy xususiyatlari va sanoati
20.6.Qishloq xo’jaligi.
20.7.Transport tarmoqlari va tashqi iqtisodiy aloqalari
20.8.Iqtisodiy tafovutlari
Tayanch so’z va iboralar:Xitoy Xalq Respublikasi, ma’muriy chegara, sotsialistik tuzum, xalq xokimyati, tabiati, foydali qazilmalari, iqlim sharoiti tuproqlari, flora va faunasi, demografik ortlash, urbanizatsiya, yirik shaharlari, sanoat uzellari, sanoat markazlari, proventsiyalari, sanoatning besh tarmog’i, ogir sanoat, qazlov tarmog’i.
Xitoy Xalq Respublikasi dunyoda aholisi ko’p va maydoni jihatidan eng yirik bulgan davlatlardan biridir. Xitoy Tinch okeanining g’arbiy sohillarini egallagan. U Markaziy va Sharkiy Osiyoda joylashgan. Xitoy maydoni jixatidan dunyoda Rossiya federatsiyasi va Kanadadan so’ng 3 o’rinda turadi. Shimoliy-sharqda – chegara uzunligi 36,5 km va shimoliy garbda Rossiya 40 km, shimolda Mangoliya 4670 km, shimoliy-sharkda Shimoliy Koreya 1416 km, shimoliy-g’arbda Kozogiston 1533 km va Kirgiziston 858 km, garbda Pokiston 523 km, Tojikiston 414 km, Afgoniston 76 km, janubiy garbda va janubda Xindiston 3380 km, janubda Myanma 2185 km, Vetnam 1281 km, Nepal 1236 km, Butan 470, Laos 423 km, janubiy-sharqda Makao 0,34 km bilan chegaradosh. Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sarik va Sharqiy Xitoy dengizlar bilan tutash. CHegarasining umumiy uzunligi – 2214334 km, soxil bo’ylab chegara uzunligi 14500 km. Xududi 9572900 km kv. Aholisi 1,382 mln kishi ( 2016) Poytaxti Pekin shaxri. Davlat tili – Xitoy tilining mandarin dialekti. Dini Konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi yuan.
Xitoy Xalq Respublikasi geografik urniga kura ancha kulay sharoitlarga ega. Uning sharqida va janubiy kirgoklarini dengiz suvlari yuvib turadi. Xitoy Xalq Respublikasi murakkab orografiyaga ega bo’lgan togli o’lka hisoblanada.
Xitoy Xalq Respublikasi mineral resurslarga boydir. Mamlakatda 110ga yakin foydali qazilmalar uchraydi. Xitoy volfram, surma, titan, litiy, kaliy, nodir elementlarning jijatdan dunyo mamlakatlari ichida birinchi o’rinni egallaydi. Boksit, fosfor, nikel, simob, marganets, molibden elementlarni mikdori jihatdan ikkinchi va ko’mir, temir rudasi mikdori bo’yicha uchinchi urinni egallaydi. Xitoy neft, yonuvchi slanets, oltingurgurt, tuz, gips va mis rudalarining zahiralariga egadir.
Xitoy Xalq Respublikasining 72% hududi iklimi qulay bo’lgan joyga to’g’ri keladi, bu qishloq xo’jaligining barcha turlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Hududning 20% mutadil, 19% issik, 26% subtropik, 1% tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Yanvarning o’rtacha harorati -40 s. Janubiy Xitoyda esa 80 s tengdir. Iyulning urtacha xarorati shimolda -200 s janubda q290 s ga teng. Xitoyda 6000 mmga yakin yog’in yerga tushadi. O’rtacha yillik yog’in mikdori 5% ga teng yarmi 630 mmni tashqil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |