Nurillo ikromov: Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi faoliyatimizning dasturiga aylandi



Download 164,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2020
Hajmi164,54 Kb.
#34976
Bog'liq
mpdf


Nurillo IKROMOV: Prezidentimizning 5

ta muhim tashabbusi faoliyatimizning

dasturiga aylandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 19-mart kuni

yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya

va  sportga  keng  jalb  etish,  ularda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish

ko’nikmalarini  shakllantirish,  yoshlar  o’rtasida  kitobxonlikni  targ’ib

qilish,  xotin-qizlar  bandligini  oshirish  masalalariga  bag’ishlangan

videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tgan edi. Unda davlatimiz rahbari ijtimoiy,

ma’naviy-ma’rifiy  sohalardagi  ishlarni  yangi  tizim  asosida  yo’lga  qo’yish

bo’yicha  5  ta  muhim  tashabbusni  ilgari  surgan  edi.  Ushbu  tashabbuslar

bo’yicha  Andijon  mashinasozlik  institutida  qanday  ishlar  amalga

oshirilayotganligini bilish maqsadida institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha

prorektori Nurillo Ikromovga murojaat qildik.



Nurillo  Avazbekovich  yurtboshimizning  5  ta  muhim  tashabbusi  haqida

fikrlaringiz  qanday?

-Muxtaram prezidentimizni ushbu tashabbuslari ta’lim tizimiga qaratilgan yana

bir e’tibori deb o’ylayman. Biz ziyolilar, ushbu 5 ta muhim tashabbusni zo’r

qiziqish  va  mamnuniyat  bilan  qabul  qildik.Prezidentimiz  oxirgi  paytlarda

yoshlar  ma’naviyatni  yuksaltirishga  katta  e’tibor  qaratayotganligi

barchamizni birdek quvontirmoqda. Tashabbusning har biriga nazar solsangiz,

uning  tub  zaminida  yoshlarni  ma’naviyatni  yuksaltirish,  ularga  keng

imkoniyatlar  yaratish  kabi  muxim  masalalarni  qamrab  olgan.  O’ylaymanki,

yurtboshimizni  tashabbuslari  faoliyatimizning  asosiy  mezonlaridan  biriga

aylanadi.



Andijon mashinasozlik institutida muhim tashabbusni targ’ibotini olib borish

bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

-Albatta bildirigan 5 ta tashabbus ayni damdagi muhim vazifalarimizdan biri

ekanligi bilan ham axamiyatlidir. Tashabbusni har birini bajarish maqsadida

institutning  chora-tadbirlar  rejasi  ishlab  chiqildi.  Ayni  kunlarda

institutdagi  4  ta  fakultet  va  18  ta  kafedralarda  prezidentimizning  muhim

tashabbuslari yuzasidan targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Fakultet binoalari

va kafedralarda tashabbusda ilgari surilgan masalalar yuzasidan ko’rgazmalar

tashkil  qilindi.  Bir  necha  bor,  talabalar  ishtirokida  yig’ilishlar  va

seminarlar  o’tkazilib,  prezidentimizning  tashubbuslarining  mazmun-mohiyati

bo’yicha tushunchalar berib o’tildi.



Tashabbusda  ko’rsatib  o’tilgan  yo’nalishlarni  ijrosini  ta’minlash  qanday

yo’lga qo’yildi?

Prezident  tashabbusi  bilan  tanishib  chiqar  ekanmiz,  axoli  va  yoshlar

o’rtasida  kompyuter  texnologiyalari  va  internetdan  samarali  foydalanishni

tashkil etish, yoshlar ma’naviyatni yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonlikni



keng  targ’ib  qilish  bo’yicha  tizimli  ishlarni  tashkil  etish  kabi  muhim

masalalar  ko’rsatib  o’tilganligiga  guvox  bo’lishimiz  mumkin.  Albatta,

prezidentimizning bu tashabbusi yoshlarga davlat darajasidagi qaratilayotgan

yana bir e’tibordir.

Bugungi kunda Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazi (ARM) da

5 ta bo’lim faoliyat ko’rsatadi. ARMda 3 ta abonement, 4 ta o’quv zali 80

o’rinli,  talabalar  turar  joylarida  2  ta  o’quv  zali  40  o’rinli,  Jalaquduq

tumanida  ARMning  5  ta  shoxobchasi  mavjud.  Hozirgi  kunda  Axborot-resurs

markazining umumiy fondi 48730 nomda 172228 nusxani tashkil qiladi.

 Axborot-resurs markazidagi Elektron o’quv zali 20 ta o’rinli bo’lib, barcha

kompyuterlar Internetga ulangan. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud. Kitobxonlarga,

ayniqsa talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Telegram ijtimoiy tarmog’ida

ishga  tushirilgan  ARM  ning  @andmiarm_bot  saxifasiga  institutdagi  mavjud

ta’lim  yo’nalishlari  bo’yicha  2124  nomda  74,15  Gb  hajmdagi  fan  dasturida

keltirilgan  asosiy  adabiyotlar,  o’quv-uslubiy  majmualar,  shuningdek  badiiy

adabiyotlar joylashtirildi.

 Axborot-resurs markazi fondidan institutga biriktirilgan Akademik litseylar,

kasb-hunar  kollejlarining  27  nafar  professor-o’qituvchilariga  42  nomdagi

darslik va o’quv qo’llanmalar hamda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasidan

29 Gb hajmda 316 nomdagi ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarni kompakt

disklarga ko’chirib berish orqali amaliy yordam ko’rsatildi. Axborot-resurs

markazida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib

qilish  bo’yicha  kompleks  chora-tadbirlar  rejasi  hamda  Axborot-resurs

markazining  faoliyatini  tubdan  takomillashtirish  bo’yicha  “Yo’l  xaritasi”

ishlab chiqildi. Axborot-resurs markazi kompyuterlariga o’rnatilgan “ARMAT”

dasturiga  jami  16362  nomdagi  o’quv  adabiyotlarning  bibliografik  tavsifi

kiritilgan.

Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi 48 ta kompyuter, 2 ta printer, 1 ta

skaner bilan ta’minlangan. Kompyuterlarning 20 tasi elektron o’quv zaliga, 5

tasi Mashinasozlik fakultetidagi ochiq universal o’quv zaliga, 10 tasi 1- va

2-sonli  talabalar  turar  joylaridagi  o’quv  zallariga,  qolgan  13  tasi

bo’limlarga o’rnatilgan. ARM dagi kompyuterlar Internet tizimi va ichki lokal

tarmoqqa ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va Internet tezligi 1 Mb/s ni

tashkil etadi. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud.

 Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi www.

https://natlib.uz

 saytidan  turli  fan  sohalariga  oid  adabiyotlar  yuklab

olinmoqda.  Jahon  ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlar  bazasiga  onlayn  kirish,  ya’ni

EBSCO, SCOPUS, ScienseDirect va boshqa ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan

professor-o’qituvchilar  va  ilmiy  izlanuvchi  xodimlar,  talabalar  ro’yxatdan

o’tib foydalanib kelmoqdalar.

Kuni  kecha  “Eng  yaxshi  kitobxon  talaba”  tanlovining  institut  bosqichi

o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko’ra “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti

“Intellekt”  jamoasi  faxrli  1-o’rinni  ko’lga  kiritdi.  2  va  3-o’rinlar

Avtomobilsozlik  fakultetining  “Ittifok”  xamda  Avtomatika  va  elektrotexnika

fakulteti  “Qodiriy  izdoshlari”  jamoalariga  nasib  kildi.  Jamoalar  institut

Axborot  resurs  markazi  tomonidan  takdim  etilgan  kitoblar  jamlanmasi  va


institut rektorining diplomlari bilan takdirlandilar.

                 Biz  yuqoridagilar  bilan  chegaralanib  qolmaymiz,  yurtboshimiz

ko’rsatib  bergan  5  ta  tashabbusni  faoliyatimizning  asosiy  mezoniga

aylantirib,  yoshlarni  ma’naviy  yetuk  inson  bo’lib  yetishishida

mas’uliyatimizni  yanada  oshiramiz.

 

Xayrullo Vasiyev suxbatlashdi



Muzaffar JO’RAXONOV: Ta’lim sifatini

oshirish, yurtimizda amalga

oshirilayotgan keng qamrovli

islohotlarda faol ishtirok etish

asosiy vazifamiz

Muzaffar JO’RAXONOV: Ta’lim sifatini oshirish, yurtimizda amalga

oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etish asosiy

vazifamiz 

O ’ z b e k i s t o n

  R e s p u b l i k a s i

P r e z i d e n t i n i n g   2 0 1 8   y i l   5

iyundagi  PQ-  3775  sonli  “Oliy

ta’lim  muassasalarida  ta’lim

sifatini  oshirish  va  ularning

mamlakatda amalga oshirilayotgan

keng  qamrovli  islohotlarda  faol

ishtirokini  ta’minlash  bo’yicha

qo’shimcha

 chora-tadbirlar

to’g’risida”gi  qarori  e’lon

qilindi.  Ushbu  qaror  ijrosini

ta’minlash  bo’yicha  Andijon

mashinasozlik institutida amalga

oshirilayotgan  ishlarni  bilish

maqsadida,  institut  o’quv-

u s l u b i y   b o ’ l i m i   b o s h l i g ’ i

M . J o ’ r a x o n o v g a   b i r   q a t o r

savollar bilan murojaat qildik.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775 sonli

qarorini qabul qilinishiga nima sabab deb o’ylaysiz?


–  Taraqqiyotning  yangi  bosqichiga  dadil  qadam  tashlab  borayotgan

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli yurtdoshlarimiz

ongida yangicha dunyoqarash shakllanib, bugun shiddat bilan ro’y berayotgan

o’zgarishlar zamirida, avvalo, inson manfaatlari ko’zlangani bois xalqimiz

qalbidan chuqur joy olmoqda. Birgina ta’lim tizimini olaylik. Bugun ta’lim

inson uchun yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishning muhim omillaridan

biriga aylandi. Ayniqsa, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan

O’zbekiston uchun mehnat bozori talablariga tez moslasha oladigan oliy ta’lim

tizimini  rivojlantirib  borish  masalasi  yanada  dolzarb  ko’rinishga  keldi.

O’zbekistonning  bugungi  kuni  uchun  iqtisodiyotning  innovatsiyalarga

asoslangan  rivojlanishini  ta’minlash  vazifasi  turmoqda.  Shuning  uchun

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlar iqtisodiyotdagi yangi o’zgarishlar

paydo bo’lishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib qolmoqda. O’zbekiston ta’lim

tizimida  keyingi  yillarda  qator  o’zgarishlar  amalga  oshirildi.  Bu

o’zgarishlar esa O’zbekiston oliy ta’lim tizimida yechilishi zarur bo’lgan

muammolarni ko’rsatib qo’ydi. O’z navbatida Prezident Qarorida respublikada

amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlar,  ijtimoiy  va  iqtisodiy

sohalardagi  yangilanishlarda  oliy  ta’lim  muassasalarining  faol  ishtirokini

ta’minlashga to’siq bo’layotgan quyidagi 7ta asosiy muammolar keltirilgan:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida o’qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim

olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob

bermasligi;

ikkinchidan, professor-o’qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik

ko’nikmasini  baholashning  zamonaviy  tizimi  mavjud  emasligining    ta’lim

sifatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatayotganligi;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning

mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi natijasida

iqtidorli  yoshlarni  oliy  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilishda  muammolar

keltirib chiqarayotganligi;

to’rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali

jamoatchilik nazoratining o’rnatilmaganligi natijasida ushbu sohada ko’plab

muammolarning, eng avvalo, korruptsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab

bo’layotganligi;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan

k e n g   q a m r o v l i   v a   t i z i m l i   o ’ z g a r i s h l a r d a g i   i s h t i r o k i   h a m d a

tashabbuskorligining  sezilmasligi,  ularning  ushbu  yo’nalishdagi  faoliyati

hanuzgacha qoniqarsiz ekanligi;

oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va

mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka

tuShuntirishda  oliy  ta’lim  muassasalarining  faol  ishtiroki  yo’lga

qo’yilmaganligi;

ettinchidan,  oliy  ta’lim  muassasalari  innovatsion  va  texnologik  g’oyalar

bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda

mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tahlil qilish va ularning

yechimi  bo’yicha  taklif  kiritish  borasida  professor-o’qituvchilar,  yosh


olimlar  va  talabalarning  tashabbus  ko’rsatishlari  uchun  zarur  shart-

sharoitlar  yaratilmaganligi.



Qaror asosida institutda o’quv jarayonini tashkil etishga oid qanday

o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi?

– 2018/2019 o’quv yilidan boshlab tayanch (etakchi) oliy ta’lim muassasalari

tomonidan tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv

rejalari  va  dasturlarini  kadrlar  buyurtmachilarining  ehtiyojlaridan  kelib

chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy

va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  tasdiqlash

ko’rsatilgan bo’lib, bunda 2018-2019 o’quv yili 1-kurs bakalavr yo’nalishlari

uchun xorijiy tajribalarga asoslangan o’quv fanlarini optimallashtirish va

yaxlitlash  hisobiga  36  tagacha  kamaytirilgan  hamda  amaliyotni  30  haftaga

oshirilgan  o’quv  rejalarni  tayyorlash  bo’yicha  takliflar  bildirilgan.  O’z

navbatida institutda tayanch OTMlar (TDTU, TDIU) bilan xamkorlikda yuqoridagi

talablar  asosida  o’quv  rejalarning  loyihaviy  varianti  tayyorlandi.  Ushbu

o’quv  rejalarni  tayyorlashda  “GM  Uzbekistan”da  va  institutda  kadrlar

iste’molchilari bo’lgan korxonalar vakillari hamda mutaxassislari ishtirokida

o’quv  reja  va  dasturlarini  ishlab  chiqishga  qaratilgan  o’quv-amaliy

seminarlar  o’tkazildi.  Ushbu  seminarlarda  ularning  talab  va  takliflari

o’rganildi.



Qarorda  ta’lim  sifatini  oshirish  bo’yicha  bir  qator  vazifalar  ko’rsatib

o’tilgan bo’lib, bu bo’yicha institutda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

 –Albatta qaror bilan tanishib chiqar ekansiz, unda ta’lim sifatini oshirish

bo’yicha  bir  qator  vazifalar  belgilab  o’tilganligini  ko’rishimiz  mumkin

bo’ladi.  Shu  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda,  ta’lim  sifatini  oshirish,

yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda  faol  ishtirok

etish  barchamizning  bugungi  kundagi  asosiy  vazifamizga  aylandi  deyishim

mumkin.


Institut  rektorining  topshirig’i  va  Andijon  mashinasozlik  instituti

tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan bir qator amaliy

ishlar olib borilmoqda.

2017-2018  o’quv  yili  bahorgi  semestr  yakunlari  bo’yicha  o’qituvchilar

faoliyatini  baholash  maqsadida  Shu  kunga  qadar  2000  nafarga  yaqin  talaba


o’rtasida anketa so’rovnomalari o’tkazildi.

Anketa so’rovnomalari asosida institut professor-o’qituvchilari faoliyatining

faqat  ikki  jihati,  ya’ni  o’qituvchilarning  dars  o’tish  sifati  hamda

baholashdagi  ob’ektivligi  o’rganildi.

Talabalar  ta’lim  sifatini  yaxshilash  yuzasidan  qator  takliflar  hamda  o’z

fikr-mulohazalarini  bildirganlar.  Talabalar  o’qituvchilar  faoliyatiga  baho

berish bilan birga o’quv jarayonini yaxshilash yuzasidan takliflar, hozirgi

kunda mavjud muammolar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar.

So’rovnomalar tahlili natijalari joriy yil 30 iyun kuni o’tkazilgan institut

Ilmiy kengash yig’ilishi muhokamasiga taqdim etildi.

Shu bilan birga institutda ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2018/2019 o’quv

yili  o’quv  jarayoniga  yuqori  malakali  xorijiy  olimlar,  o’qituvchi  va

mutaxassislarning  keng  jalb  qilishga  qaratilgan  ishlar  olib  borilmoqda.

Jumladan  Andijon  mashinasozlik  institutining  Xalqaro  aloqalar  bo’limi  va

beshta kafedra tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-

tadqiqot markazlari bilan keliShuvlar va shartnomalar imzolandi. Bular, N.E.

Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika

Universiteti,  Boshqirdiston  Davlat  Agrar  Universiteti,  Ufa  Davlat  neft

Universiteti,  Rusen  universiteti  (Bolgariya),  Ukraina  Milliy  Universiteti,

SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv

markazi (YAponiya), Setubal politexnika institut (Portugaliya), Riga Texnika

Universiteti  (Latviya)  bilan  shartnomalar  imzolangan.  Hozirda  yana  5  ta

xorijiy  OTMlar  bilan  keliShuvlar  asosida  imzolash  uchun  shartnomalar

loyihalari  tayyorlangan.  Xorijiy  OTMlar  bilan  hamkorlik  asosida  o’quv

jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-

tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish ko’zlangan.

Quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik haqidagi keliShuv

loyihalari tayyorlandi:

Shimoliy Xitoy texnologik universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi).

O’sh davlat universiteti (Qirg’iziston Respublikasi).

Joriy  yilning  21  may  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus

ta’lim  vazirligining  xamda  Amerika  Qo’shma  SHtatlarining  O’zbekistondagi

elchixonasining xamkorligi asosida Kaliforniya universiteti professori Kurt

Shurgers  Andijon  mashinasozlik  institutiga  “Fulbright”  dasturi  doirasida

tashrif buyurib, professor-o’qituvchilar va talabalarga 2 ta ma’ruza o’qib

berdi.


Yuqoridagilar bilan birga qarorda har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs

davomida  saralab  olingan  eng  iqtidorli  talabalar  uchun  alohida  guruhlar

tashkil etish, 2-kursdan ularni o’qitishni alohida o’quv reja va dasturlar

asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli

qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali

kadrlar  tayyorlash  tizimini  joriy  etish  vazifasi  yuklatilgan  bo’lib,

institutda  ushbu  jarayon  rektor  U.R.  Salomov  tashabbusi  bilan  bir  muncha

vaqtliroq  boshlangan  bo’lib,  bunda  “Andijon  mashinasozlik  institutida  



mutaxassislik  fanlarini  ingliz  tilida  o’qitishni  tashkil  etish  bo’yicha

CHora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi va bu asosida ishlar tashkil etildi.

2017/2018 o’quv yilida ana Shunday guruxlarni shakllantirish maqsadida 2017

yil    sentyabr  oyida  1-kurs  talabalari  orasida  tuShuntirish  va  targ’ibot

ishlari  olib  borilib,  fakultetlar  kesimida  talabalar  ro’yxati

shakllantirildi. Mart – aprel oylari davomida qo’shimcha saralash imtihonlari

o’tkazildi. Sinovlar asosida saralab olingan talabalar tarkibidan “Iqtidorli

talabalar” 273-I 17 va 274-I 17 guruhlari 1 kurslarda, 275-I 16 guruhi 2

kursda tashkil etildi, ularning o’qishi “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”,

“Er  usti  transport  tizimi  va  ularni  ekspluatatsiyasi”,  “Mashinasozlik

texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish”

yo’nalishlari o’quv rejalari xamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar

talablaridan  kelib  chiqqan  holda  yetakchi  horijiy  OO’YU  o’quv  dasturlari

asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etildi.  Shu bilan

birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi

asosida  “5+1  modeli”  bo’yicha  tashkil  etilib,  ularning  dars  jadvali  blok

tizimida ishlab chiqilgan.

 Ushbu guruhlarni dars jadvallari tayyorlanib, o’quv mashg’ulotlari doimiy

ravishda  o’tkazilmoqda.  Ushbu  guruxlarga  dastlab  birinchi  blok  darslari:

Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika

(Physics)  hamda  Ingliz  tilidan  “YOzish”  va  “O’qish”  (Reading  &  Writing)

“Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib

borilgan  bo’lsa,  xozirda  “Avtomobilsozlik  va  traktorsozlik”  “Er  usti

transport tizimi va ularni ekspluatatsiyasi”, “Mashinasozlik texnologiyasi,

mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishlari

o’quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan xam olib borilildi.

Dars  mashg’ulotlari  Turin  Politexnika  Universiteti  Toshkent  filiali

o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon

Von xamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tildi.

2018/2019  o’quv  yilida  ushbu  jarayonni  yanada  rivojlantirish  hamda

Prezidentning  3775-sonli  qarori  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  darslarni

ingliz tilida olib boruvchi iqtidorli talabalar guruhlari koordinatori etib

bir  nechta  xorijiy  malakatlarda  tajriba  oshirgan  “Mashinasozlik  ishlab

chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi J.Raxmatullaev

tayinlandi.  Shu  bilan  birga  ushbu  jarayonni  yanada  rivojlantirish  hamda

“Iqtidorli talabalar guruhlari”ning o’quv jarayonini yanada muvofiqlashtirish

maqsadida  ularning  o’quv  reja  va  dasturlarini  xorijiy  OTMlar  tajribalari

asosida tuzish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.



Talabalarni fanlarni o’zlashtirishi va bilimini baholash masalalari bo’yicha

qarorda nimalar yoritilgan? 

-Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

bilan birgalikda hal etilishi zarur bo’lgan vazifalar ko’rsatilgan bo’lib,

ular quyidagilardan iborat:

1) ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat

qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan

tartibda tasdiqlash, bunda asosiy e’tiborni:

baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga

muvofiqlashtirishga;

ta’lim  yo’nalishlarining  o’ziga  xos  jihatlarini  inobatga  olgan  holda

talabalar  bilimini  baholashning  zamonaviy,  shaffof  va  adolatli

(avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va

h.k.) usullarini, Shu jumladan muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy

nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etishga;

semestr yakuni bo’yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin

bo’lgan  fanlar  sonini  belgilashga  va  ularni  topshirish  muddatini

o’zgartirishga  qaratish;

2)  2018  yil  1  dekabrgacha  bo’lgan  muddatda  oliy  ta’lim  muassasalari

bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tkazish tartibini yanada

takomillashtirish  yuzasidan  tegishli  normativ-huquqiy  hujjat  loyihasini

ishlab  chiqish  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlash;

3) 2019 yil 1 martgacha bo’lgan muddatda 2019/2020 o’quv yilidan boshlab oliy

ta’lim  muassasalarida  «talabaning  o’zlashtirish  darajasi  —  professor-

o’qituvchilar  faoliyatini  baholashning  asosiy  mezoni»  tamoyilini  joriy

qilishning  aniq  mexanizmlarini  belgilash  bo’yicha  tegishli  chora-tadbirlar

ko’rish.  Bunda  ushbu  tamoyil  talablariga  javob  bermaydigan  professor-

o’qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo’lgan choralar

ko’rish belgilangan;

4)  2018/2019  o’quv  yilidan  boshlab  oliy  ta’lim  muassasalari  professor-

o’qituvchilarining  vaqtini  o’quv  jarayoniga  xos  bo’lmagan  ishlarga


sarflashning  oldini  olish  hamda  ularni  talabalar  bilan  ko’proq  ishlashga

yo’naltirish, Shu jumladan «ustoz — shogird» tizimini joriy etish maqsadida

o’quv  yuklamalarini  hisobga  olgan  holda  professor-o’qituvchilar  «vaqt

me’yorlari»ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda

tasdiqlash belgilangan.

Shu  bilan  birga  oliy  ta’lim  muassasalarining  professor-o’qituvchilarini

ularning  vazifalari  va  faoliyat  yo’nalishlari  bilan  bog’liq  bo’lmagan

yig’ilishlarga  va  boshqa  tadbirlarga  jalb  etish  taqiqlanishi  ko’rsatilib,

Davlat  organlari  va  tashkilotlari  rahbarlari,  barcha  darajadagi  hokimlar

mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha

bo’lgan shaxsiy javobgarligi to’g’risida qat’iy ogohlantirishlari ko’rsatib

o’tilgan.



Bundan chiqdi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari faoliyatiga

bo’lgan talablarda ham o’zgarishlar bo’lar ekanda?

-Ha  albatta,  qarorga  ko’ra  barcha  oliy  ta’lim  muassasalarida  samarali

jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, YOshlar

ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari,

professor-o’qituvchilar  hamda  fuqarolik  jamiyati  institutlari  vakillaridan

iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilishi belgilangan bo’lib,

quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

ta’lim  sifati,  professor-o’qituvchilarning  bilimi  va  pedagogik  mahorati,

talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring

o’rnatish;

oliy  ta’lim  muassasalariga  professor-o’qituvchilar  tarkibiga  ishga  qabul

qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berish;

talabalarning  murojaatlarini  ko’rib  chiqish,  ularning  pedagog  kadrlar

haqidagi  fikrini  to’liq  o’rganish  maqsadida  ijtimoiy  so’rovlar  o’tkazish;

oliy  ta’lim  muassasasidagi  ta’lim  jarayonini  takomillashtirish  bo’yicha

takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

Jamoatchilik  kengashi  faoliyatini  tashkiliy  jihatdan  ta’minlash  YOshlar

ittifoqining  oliy  ta’lim  muassasasidagi  yetakchisi  tomonidan  amalga

oshirilishi  belgilab  qo’yilgan.


Shu bilan birga 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga

professor-o’qituvchilar  tarkibiga  ishga  qabul  qilish  tegishli  kafedraning

kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining

a’zolari  ishtirokida  sinov  darsi  o’tkazish  natijalari  bo’yicha  ushbu

majlisning  tavsiyasiga  ko’ra  amalga  oshirilishi  belgilangan.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok

etish masalasida qanday ishlar rejalashtirilgan?

-Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R. Salomov  va prorektorlarning

mamlakatni  isloh  qilish  jarayonida  faol  ishtirok  etish  yuzasidan  kompleks

chora-tadbirlar “Yo’l xaritalari” ishlab chiqilgan.

          Mazkur yo’l xaritalari Vazirlikning 2018 yil 27 iyundagi 504-sonli

buyrugi,  87-02-1582-sonli  xatlaridan  kelib  chiqib  yo’l  xaritalari  qayta

ishlab chiqilib Vazirlik tomonidan tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil

28 iyundagi “Ishchi guruh tashkil etish to’g’risida”gi 565-sonli buyrug’ining

ijrosini  ta’minlash  maqsadida  institutning  2018  yil  29  iyunda  565  -sonli

ichki  buyrug’i  ishlab  chiqilib,  institut  talabalarini  ilmiy  faoliyatga

yo’naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish bo’yicha chora-

tadbirlar  dasturi  loyihasini  hamda  institut  faoliyatining  sifati  va

raqobatbardoshligini  ta’minlovchi  xorijiy  ilg’or  tizimlarni  boshqaruv  va

ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish bo’yicha

Ishchi guruh tarkibi 7 kishidan iborat etib  tasdiqlandi.



X.Vasiyev – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi

suxbatlashdi

 

2018-2019 o’quv yilidan boshlab, oliy

ta’lim muassasalariga kirish test

sinovlariga o’zgartirishlar kiritildi

 

Qobuljon ERMATOV: Yangi tizimda o’tkaziladigan test

sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha o’tkaziladi.

 

Barchamizga  yaxshi  ma’lumki  2018-2019  o’quv  yilidan



boshlab,  oliy  ta’lim  muassasalariga  kirish  test

sinovlariga  o’zgartirishlar  kiritildi.  Shu  munosabat

bilan  Andijon  mashinasozlik  instituti  o’quv  ishlari

bo’yicha prorektori t.f.n.dotsent, Q.Ermatovga savollar

bilan murojaat qildik.

Qobuljon Muminovich yangi tizimda o’tkaziladigan test

sinovlari haqida qanday fikrdasiz?

–  Joriy  yilning  3  aprel  kuni  Muxtaram  Prezidentimiz

Shavkat  Mirziyoev  «Oliy  ta’lim  muassasalariga  o’qishga

qabul  qilish  tartibini  yanada  takomillashtirish

to’g’risida»gi  261-sonli  qarorni  qabul  qildi.  Hujjatda

qayd  etilishicha,  keyingi  yillarda  test  sinovlarini

o’tkazish tartib-qoidalari, ularning natijalarini e’lon

qilish  borasida  olib  borilayotgan  ishlar  bugungi  kun

t a l a b l a r i g a   t o ’ l i q   j a v o b   b e r m a y a p t i .   B u   e s a

jamoatchilik,  xususan,  ota-onalarning  haqli  ravishdagi

e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda va har yili ularning

ushbu  masala  yuzasidan  ko’plab  murojaatlar  kelib

tushmoqda.  YAngi qaror bilan tanishib chiqar ekansiz, u

t e s t   s i n o v l a r i n i   a d o l a t l i ,   x o l i s   v a   s h a f f o f

o’tkazilishiga  zamin  bo’lishiga  ishonch  hosil  qilish

mumkin.


Avvalgi test sinovlarini o’tkazish tartibi bilan

yangisini o’rtasida qanday o’zgarishlar bor?

-Albatta  qaror  bilan  tanishar  ekansiz,  unga  bir  qator

yangiliklar  kiritilganligini  ko’rishimiz  mumkin.  Ushbu


qarorga  ko‘ra,  2018/2019-o‘quv  yilidan  boshlab  oliy

ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha

test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda

o‘tkazilishi  va  test  sinovlari  natijalari  test

o‘tkazilgan  kunning  ertasiga  Davlat  test  markazining

rasmiy  veb-saytida  e’lon  qilinishi  belgilandi.  

Shuningdek,  ushbu  hujjatda  abituriyentdan  alohida

iqtidor  talab  etiladigan  madaniyat,  san’at,  dizayn,

tasviriy  va  amaliy  san’at,  san’atshunoslik,  musiqiy

ta’lim,  sport  va  jismoniy  tarbiya  sohasidagi  ta’lim

yo‘nalishlariga  qabul  qilish  test  sinovlarisiz,  ijodiy

imtihonlar orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. 

           Qarorning yana bir muhim jihati shundaki,

2017/2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari

bakalavriatiga  o‘qishga  qabul  qilish  bo‘yicha  kirish

test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy

ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida hamda uning hududida

qo‘shimcha  yig‘ma  pavilonlar  o‘rnatilib,  ulardan

samarali foydalangan holda, shuningdek, katta sig‘imdagi

boshqa  binolarda,  viloyat  markazlarida  esa  Olimpiya

zaxiralari  kollejlari  yoki  joylardagi  boshqa

muassasalarning  katta  sig‘imdagi  binolarida,  test

jarayonining oshkora va shaffofligini ta’minlagan holda,

videokuzatuvlar  orqali  onlayn  tizimda  jamoatchilikka,

shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalariga ko‘rsatib

o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.



Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon

mashinasozlik instituda qanday ishlar amalga

oshirilmoqda?

Qaror ijrosini ta’minlash, uning ilovasida ko’rsatib

o’tilgan vazifalarni bajarish institutimiz professor-

o’qituvchilarini  muhim  vazifalaridan  biridir.  SHu

munosabat  bilan  qarorning  mazmun-mohiyati  institut

fakultetlarida  va  kafedralarida  keng  o’rganildi.

Institutning  qabul  jarayoniga  jalb  etiladigan

xodimlarning  vazifalarini  aniq  belgilab  olindi  va

ularning  ma’suliyatini  yanada  oshirish  bo’yicha

tushuntirishlar  berildi.

S H u   b i l a n   b i r g a l i k d a   2 0 1 8 / 2 0 1 9   o ’ q u v   y i l i  

abituriyentlar    qabuli  uchun  qabul  jarayonini  yuqori

darajada  uyushqoqlik  bilan  tartibli  ravishda  tashkil

etish, test jarayonining xolisona va adolatli o’tishini

ta’minlash,  abituriyentlarga  ularning  test  sinovlari

jarayonidagi  vazifalari,  huquq  va  majburiyatlarini

tushuntirish  maqsadida  institutga  kirish  devorida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil

20  iyundagi  393-son  

qarori  bilan

 tasdiqlangan  “Oliy

ta’lim  muassasalarining  bakalavriatiga  talabalarni

o’qishga  qabul  qilish  tartibi  to’g’risida  Nizom”,

abituriyentlarga test sinovlari paytida ishlatish mumkin

bo’lmagan aloqa vositalari, mobil telefonlar va boshqa

ta’qiqlangan vositalar haqidagi eslatmalar, institutdagi

mavjud  bakalavr  ta’lim  yo’nalishlari  va  ularning

tavsifnomalari  bannerlarga  chiqarilib    “O’qishga

marhamat yoshlar” deb nomlangan abituriyentlar e’lonlar

taxtasiga joylashtirilgan.


Bir  so’z  bilan  aytganda  test  sinovlariga  tayyorgarlik

j a r a y o n i

  b o s h l a b

  y u b o r i l d i .

  O ’ y l a y m a n k i ,

institutimizning jonkuyar professor-o’qituvchilari yangi

tizimda  o’tkaziladigan  test  sinovlarida  faol  ishtirok

etishadi.



 

Xayrullo VASIYEV – Andijon mashinosozlik instituti, matbuot va axborot

xizmati xodimi

Download 164,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish