5. Oʻzbekiston jahon hamjamiyatiga qoʻshilish yoʻlidan bormoqda BMT Ustavining kirish soʻzida adolat nuqtai nazaridan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash uchun sharoit yaratish ushbu tashkilotning asosiy maqsadi ekani qayd etiladi. Ayni shu mezon sabab bugun xalqaro miqyosda inson huquqlari va ular qadriyatlarini asrab-avaylash, dunyoda tinchlikka erishishdagi ustuvor vazifalar izchil amalga oshirilayotir.Ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishni har bir mustaqil davlat oʻzi uchun faxr deb biladi. Zero, bu tarixiy qadam, bir tomondan, muayyan mamlakatning dunyo hamjamiyati ilgari surayotgan ezgu intilishlarga xayrixoh ekanini anglatsa, boshqa jihatdan uning jahon hamjamiyati teng huquqli aʼzoligiga qabul qilinganini bildiradi. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1992 yil 2 mart sanasi ana shunday muhim kun sifatida qayd etiladi – mamlakatimiz BMT aʼzoligiga qabul qilinib, Nyu-Yorkdagi qarorgohda yurtimiz bayrogʻi koʻtarildi. Oʻsha kundan boshlab Oʻzbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikka erishish, giyohvand moddalar savdosiga chek qoʻyish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish kabi muhim va umummanfaatli masalalar boʻyicha oʻz soʻzini aytib kelmoqda. 2017 yilning sentyabr oyida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish faollashgani, xalqaro aloqalar uchun keng erkinlik yaratilganini taʼkidladi. Bugun Oʻzbekiston ichki va tashqi siyosatda mazkur tamoyillarga asoslanib, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda BMTning umumeʼtirof etilgan mezonlarga sodiq, Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlik va doʻstona munosabatlarni rivojlantirish asosida faoliyat yuritmoqda. Bu saʼy-harakatlar, oʻz navbatida, xalqaro jamoatchilik tomonidan munosib eʼtirof etilmoqda. Xususan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2017 yilning iyun oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda “Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega“, deya qayd etgandi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda BMTning Taraqqiyot dasturi, Aholishunoslik, Bolalar jamgʻarmalari, Jahon sogʻliqni saqlash, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha boshqarmasi va boshqa tuzilmalari vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Tashkilot bilan hamkorlik samaradorligini oshirishda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy byurosi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy dasturi kabi tashkilotlar faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning YUNЕSKO bilan ijtimoiy-gumanitar, madaniy-maʼrifiy sohalardagi hamkorligi esa 2018-2021 yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi asosida olib borilmoqda. Qayd etish kerak, bugun Oʻzbekistonning BMT bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilishida mintaqa mamlakatlari manfaatini ilgari surish, birgalikdagi rivojlanish va Afgʻonistonda tinchlikka erishish maqsadlari ustuvorlik kasb etgan. Ayni shu jihat sabab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qator tashabbuslari, doʻstlik va oʻzaro ishonch ruhidagi ezgu intilishlari mintaqa mamlakatlari tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanmoqda. Jumladan, BMT shafeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik“ mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganidan buyon qitʼamizda ilk bor Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi Samarqand shahrida tashkil etildi, Prezidentimiz tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi yoʻlga qoʻyildi. 2018 yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash“ rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taʼminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yakdil qarashlarga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bugungi kunda tahdidlarga qarshi kurash har doim ham yetarli samara bermayotganini faoliyat doirasida uning oqibatlarini bartaraf etish bilan cheklanib qolinayotgani bilan izohlash mumkin. Ana shunday bir paytda, jaholatga yoʻgʻrilgan terrorizm va ekstremizmning oldini olishda yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash muhim vazifa boʻlib qolmoqda. Shu bois ham Oʻzbekiston Prezidenti BMTga aʼzo davlatlarga “BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik“ deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi. 2018 yilning 12 dekabr kuni esa BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Bu hujjat dunyo jamoatchiligini bezovta qilayotgan bugungi kunning oʻtkir muammolariga yechim sifatida ilm-maʼrifat, adolat, bagʻrikenglik va tinchlikparvar siyosatni targʻib qiladi. Oʻzbekiston ekologik muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida ham BMT bilan koʻplab loyihalarni amalga oshirmoqda. Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondini tashkil etish borasidagi mamlakatimiz tashabbusining BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi Oʻzbekiston mintaqada ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish yoʻlidagi faol muloqotining mantiqiy davomi boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, tinchlik, ezgulik, murosa va samimiyat Oʻzbekiston – BMT hamkorligining doimiy shioriga aylandi. Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli bugun shakllangan mutlaqo yangi muhit mamlakatimizning mintaqa va xalqaro miqyosdagi ezgu intilishlarini roʻyobga chiqarish imkonini bermoqda
6. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992-yil 2 martda BMTga aʼzo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming-yillik sammiti" (2000-yil sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bo`lmagan agentliklar, jumladan BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi ko`mak bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMTning O`zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qo`shib kelmoqda. BMTning O`zbekistondagi faoliyati taraqqiyotga ko`mak dasturi (YuNDAF)ga asoslangan bo`lib, bu dastur milliy hamkorlar va BMT o`rtasidagi 2016 yildan 2020 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga kamrab oluvchi strategik xujjat hisoblanadi. Ushbu dastur BMT agentliklarining bilim va texnik yordam mablaglarini taraqqiyot maqsadlariga erishi yo`lida sarflashga bo`lgan intilishlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |