Normal va urinma tezlanishlar.
Tabiiy uchyoq. Nuqta trayektoriyasining M va M1 nuqtalaridan o'tuvchi to'g'ri chiziqning M1 nuqta M nuqtaga intilgandagi limitik holatiga trayektoriyaning M nuqtasidagi urinmasi deyiladi. M nuqtada egri chiziq urinmasiga perpendikulyar to'g'ri chiziqqa egri chiziqning M nuqtadagi normali deyiladi. Bu ta'rifga asosan M nuqtada egri chiziqqa cheksiz ko'p normallar o'tkazish mumkin. Bu normallarning hammasi M nuqtadan o'tuvchi urinmaga perpendikulyar tekislikda yotadi. Bu tekislikka egri chiziqning M nuqtasidagi normal tekisligi deyiladi. Egri chiziqning M nuqtasidagi yopishma tekisligida yotuvchi normaliga uning bosh normali deyiladi. Shunday qilib, M nuqtadagi yopishma tekislik bilan normal tekislik egri chiziqning bosh normali bo'ylab kesishar ekan. Egri chiziqning M nuqtasidan o'tuvchi yopishma tekislikka perpendikulyar bo'lgan normalga M nuqtadagi binormal deyiladi.
Egri chiziqning M nuqtasidagi urinma bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni f0 bilan, bosh normali bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni n0 bilan va binormal bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni b0 bilan belgilaymiz (141-shakl). Bu vektorlar orqali quyidagi tekisliklar o'tadi: (f0, n0) yopishma tekislik, (n0, b0) normal tekislik va (b0 ,f0) urinma tekislik.
f10
f0, n0 va b0 vektorlar uchta o'zaro perpendkulyar to'g'ri burchakli uchyoqni hosil qiladi. Bu uchyoqqa tabiiy uchyoq deyiladi. Bu tabiiy uchyoq M nuqta bilan birgalikda harakatlanadi. Tabiiy uchyoqdan tashqil topgan koordinatalar sistemasiga tabiiy koordinatalar sistemasi deyiladi.
2.2. Egri chiziqning egriligi va egrilik radiusi. M nuqta trayektoriyasining bir-biriga juda yaqin M va M1 nuqtalaridan Мт va M 1т1 urinmalarini o'tkazamiz. Urinmalar orasidagi burchakni ,W bilan, ММ 'yoy uzunligini AS bilan belgilaymiz Quyidagi
nisbatga egri chiziqning MM1 qismidagi o'rtacha egrili deyiladi. O'rtacha
egrilikning AS 0 dagi limitiga (agar mavjud bo'lsa) egri chiziqning M nuqtadagi
АЗ v |A3
lim = lim J L
AS > AS AS > AS
egriligi deyiladi, ya'ni
d3 ,
— = k . dS
З burchakka egri chiziqning siljish burchagi deyiladi. Siljish burchagi egri chiziqning har xil nuqtalarida har xil bo'ladi. Egri chiziqning berilgan nuqtasidagi egriligi, elementar siljish burchagini elementar yoy uzunligiga nisbatiga teng, ya'ni
R radiusli aylananing egriligini topamiz. (143-shakl).M va M1 nuqtalardagi urinmalar orasidagi siljish burchagi d3, aylananing unga mos markaziy burchagiga teng, shuning uchun
dS = Rd3
bo'ladi. U holda
k = d3 = d3 = 1
= ~dS ~ RdO ~ R
Demak, aylananing egriligi o'zgarmas bo'lib, aylana radiusiga teskari miqdor
ekan. Ixtiyoriy egri chiziqning egriligi umuman olganda o'zgaruvchi miqdordir.
Egri chiziqning berilgan nuqtasidagi egriligiga teskari miqdorga egri chiziqning
1 = dS
k d3
shu nuqtasidagi egrilik radiusi deyiladi va quyidagicha yoziladi:
(6.7.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |