Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan kelib chiqadigan ilmiy xulosalar adabiyotshunoslikka, xususan, oybekshunoslikka tegishli muammolarni ma'lum ma'noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ilmiy ish materiallari Oybek ijodini kengroq anglashga bag‘ishlangan fundamental ishlar uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan umumta'lim maktablarida va akademik-litsey, kasb-hunar kollejlarida Oybek merosini o‘rganishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |