Tadqiqot manbai. Ilmiy ish oldiga qo‘yilgan maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda tadqiqot ob'ekti uchun Oybekning umumta'lim maktablari va akademik litseylarda o'rganiladigan “Navoiy” va “ Qutluq qon” romanlarini asos qilib olindi. О‘гш bilan adib ijodining tadrijiy takomilini ko‘rsatish maqsadida Oybekning liro- epik merosiga ham murojaat qilindi.
BMIning metodologik asosini Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ma'naviyat, adabiyot va san'atga oid qarashlari tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunos va metodist olimlaridan I.Sultonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, B.Nazarov, B.To‘xliev, M.Mirqosimova, Q.Yo‘ldoshev, R.Niyozmetova, I.Yoqubov, va boshqalarning ilmiy-nazariy, metodik qarashlari ishimizni amalga oshirishda metodologik asos vazifasini o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |