Nukus konchilik instituti



Download 108,65 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi108,65 Kb.
#891142

Nukus konchilik instituti

Fan : Oʻzbekistonning eng yangi tarixi

Mavzu: Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integraciyalashuvi

Bajardi : Safarov B

Qabul qildi : Dawletnazarova G

Reja

  • Xalqaro reyting va indekslar
  • O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni
  • Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish

2020-yil 9-noyabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boʻyicha respublika kengashi raisi T.Narbayeva olib borgan yigʻilishda
senatorlar, Kengashi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, ilmiy-tadqiqot
muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, bugun Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyat, koʻplab
reyting agentliklarining nigohida turibdi. Mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlar ular tomonidan baholanmoqda.
Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global
qonun va tartib” boʻyicha yillik butunjahon reytingi eʼlon
qilindi.Oʻzbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball toʻplab,
dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi.
Qolaversa, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi, Global innovatsiyalar,
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun tartibga soluvchi
cheklovlar indekslarida mamlakatimiz ilk marotaba eʼtirof etildi.
Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2019-yil yakunlari
boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida Oʻzbekiston barcha 6 ta tarkibiy
indikator boʻyicha oʻsishga erishdi.
Yigʻilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor
xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini
yaxshilash boʻyicha 2020-yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar
toʻgʻrisidagi Kengash ishchi organlari
moliya vaziri
T.Ishmetovning hamda adliya vaziri R.Davletovning axborotlari
eshitildi.
Bundan tashqari, vazirlik va idoralar masʼul boʻlgan ayrim tarkibiy
indikatorlar boʻyicha mamlakatimiz reytingi past koʻrsatkichlarda qolib
ketayotganligi, ularni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan harakatlar
samarasiz boʻlayotganligi tanqid qilindi.
Shu bilan birga, alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot
institutlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Xususan, xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy
qismlarini qonunchilikka implementatsiya qilish, normativ-huquqiy
hujjatlar va ularning loyihalarini mamlakatimizning xalqaro
reytinglardagi oʻrnini yuksaltirish nuqtayi nazaridan ekspert tahlil
qilish vazifalari bajarilmayapti.
Shuningdek, yigʻilishda respublikamizning xalqaro reytinglardagi past
koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash, oʻzini
oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va
indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish vazifalari ijrosi
toʻlaqonli olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Alohida xalqaro
reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining bu boradagi faoliyati
qoniqarsiz, deb topildi.
Qolaversa, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik
va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyati
doirasidagi hujjatlarni unifikatsiyalash, namunaviy shakllarini joriy
etish, mutaxassislarning bilimi, malaka va koʻnikmalarini doimiy
ravishda oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining
oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan tashkiliy choratadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar,
ularning tarkibiy indikatorlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi
koʻrsatkichlarini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy va amaliy
loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish
mexanizmini joriy etishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, yigʻilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan
tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlari masʼul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq
loyihaviy boshqaruv asosida reytinglardagi koʻrsatkichlarimizni
yaxshilashga qaratilgan maxsus amaliy malaka oshirish kurslarini joriy
etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar
va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalqaro reyting va indekslar: davlat organlari rahbarlariga KPI
belgilandi
2 iyun kuni prezident tomonidan O‘zbekistonning xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash, davlat organlarida ular bilan tizimli
ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi farmon
imzolandi.
So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakat «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52,
«Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida
– 18 pog‘onaga, IHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash»
tizimida 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi, deb ta'kidlanadi hujjatda.
Norma’ning yozishicha, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi
ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini
quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot
darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga
oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur
yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan
muammolarni bartaraf etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni
demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va
jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha
tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga
qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga
ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Kengashning ishchi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. Ishchi
organlar bo‘yicha taqsimlangan ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan
ta'sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu
yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash
tomonidan nazorat o‘rnatiladi.
Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha
mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – mas'ul davlat organlari birinchi
rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh
mezonlaridan biri. U bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI)
belgilandi. Ularga erishish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar
tomonidan quyidagilar ishlab chiqilishi va kengashga tasdiqlash uchun
taqdim etilishi lozim:
2020 yilning ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (bir oy muddatda);
kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar
dasturlari (har yil 1 dekabrga qadar).
Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur
ko‘rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflar, shuningdek
reyting va indekslarni e'lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda
foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish
mexanizmlari nazarda tutilishi lozim.
Mas'ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har bir chorak yakuni
bo‘yicha:
kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa
materiallarni taqdim etadi (keyingi oyning 15-sanasiga qadar);
kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan
yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI'ga erishish
uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi
(keyingi oyning 30-sanasiga qadar).
2019 yil martda tashkil etilgan komissiya kengashga ko‘maklashadi va
tegishli yo‘nalishda mas'ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib
boradi. Mas'ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli
reyting va indekslar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi
ma'lumotlarni kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim
etib boradi.
Adliya vazirligida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boshqarmasi tashkil etiladi. Boshqarma bir oy muddatda yuqori
malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» portalining ishga
tushirilishi 2020 yil 1 oktyabrga ko‘chirildi (dastlabki sana – 2019 yil
1 aprel). Moliya vazirligiga buni manfaatdor vazirliklar va idoralar
bilan birgalikda amalga oshirish topshirildi. Moliya vazirligi hamda
Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal uzluksiz ishlashini
ta'minlash va uni yangilab borish uchun mas'ul etib belgilangan.
Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini
yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash, bu borada mutasaddi
vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro
maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting
agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, masʼul
davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va
sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish
maqsadida:
1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib
chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli
chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan
holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish
boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) 1-ilovadagi
tarkibga muvofiq tuzilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting
va indekslar bilan ishlash boʻyicha masʼul boʻlgan Oʻzbekiston
Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda – moliya
vaziri oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv
xodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda –
Boshqarma) tashkil etilsin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi
taʼminlansin.
2. Belgilab quyilsinki:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston
Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish
doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga
erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga
oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar
tomonidan sifatli va toʻliqbajarilishini taʼminlaydi, shuningdek,
ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi;
b) moliya vaziri oʻrinbosari:
xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini
yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va
idoralarningmuvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga
yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va
konsultativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida,
shu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar
tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston
Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;
v) Boshqarma Komissiya ishchi organi boʻlib, mutasaddi vazirlik va
idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini
samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu
borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab
oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi
yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga
taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar, reyting
agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va
mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni
respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan
yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar
ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni
tashkillashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro
reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish
ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va
indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun
kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik
qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun
Komissiyaga kiritadi;
g) xalqaro reyting va indekslarning maʼlumot bazalaridan foydalanish,
zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha xalqaro
reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va
mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni
qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:
tegishli xalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli
koʻrsatkichlarga erishishda shaxsan masʼul etib belgilansin;
ikki hafta muddatda joriy yilning 1 sentyabriga qadar amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Komissiyaning
ishchi organiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativhuquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan
birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib
chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston
Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov
zimmasiga yuklansin.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi
tashkil etiladi
Prezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan
ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting
va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi
va u Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, 1 oktyabrga qadar
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga
tushiriladi.
2 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston
Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning
yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi.
Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farmonda qayd etilishicha, bir qator xalqaro reytinglarda
mamlakatning ko‘rsatkichlari sezilarli yuqorilaganiga qaramay ayrim
rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi
va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat
islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting
va indekslarda O‘zbekiston quyi pog‘onalarda qolmoqda.
Shu bois, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro
maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari
va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi
mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar
bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi.
Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib
borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting
va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat
qilishini ta’minlash belgilangan.
Muhim o‘zgarishlardan biri Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
tizimining komissiyasi endilikda Respublika kengashi Parlament
nazorati ostida bo‘ladi. Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan
tashqari, Kengash ishchi organlari sifatida Moliya vazirligi va Adliya
vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiyhuquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan tizimli ishlashning avvalgi va yangi
mexanizmi
Manba: Moliya vazirligi
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro
reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim
ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Shu bilan birga, mas’ul davlat
organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi
organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim
etadi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati
tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining
cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat
birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boshqarmasi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.
Bunda, kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal
faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish
uchun mas’ul etib belgilandi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O’zbеkiston», 2005.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida. - T.: «Adolat», 2004.
3. O’zbеkiston Rеspublikasi Еr kodеksi.– T.: «Adolat», 2004.
4. Qishloq xo’jaligi koopеrativlari (shirkatlari) to’g’risida. – T.: «Adolat»,
2004.
5. Fеrmеr xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004.
6. Dеhqon xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004.
Download 108,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish