Bog'liq Matlab dasturiy paketi haqida umumiy tushincha
1.AMDP faniga kirish. Kompyutеr matеmatika tizimi-Merkury, Maple,Mathematika, Matсad, Matlab tizimini paydo bo’lish tarixi. Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni, vazifalarni yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. Hisoblash jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida paket deb ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z navbatida obyektli modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta paketlarga bo’linib, kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy ta’minotlar tarkibiga kiritilgan. Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matсad, Matlab kabi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari bilan alohida o’rganib chiqishga arziydi. Matlab dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan Matlabning 4-avlod EHM ga mo’ljallangan PC Matlab versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda Matlabning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-versiyada Matlabning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga Matlabning 5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan.
Matlabning 6-versiyasi bu dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan. Matlab dasturiy ta’minot o’rnatish jarayoni boshqa dasturlardan farqlanmaydi. Matlab dasturi ishga tushirilganda unda asosan 3ta oyna ko’rinadi:
Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi. O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni daraxt ko’rinishida ifodalab boradi. Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi saqlanib qoladi.