2. Qo`l va tikuv mashinasida ishlash qoidalari.
Qo'l va mashina opeiasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:
Qo`l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo`yiladi:
1) bir detaldan ikkinchi detalga bo`r chiziqlar o`tkazish uchun nusxalama qaviq bilan yoki yordamchi andazani qo`yib bo`rlanadi.
2) detallarni bir - biriga vaqtincha qaviq qator bilan ulashda ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak.
3) ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joyning o`ziga ikki - uchta qaviq solib puxtalanadi.
4) doimiy qaviq vaqaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi
asosiy gazlama rangiga mos ravishda bolishi shart.
5) petlyalarni yurmalashda qaviqqatorlar orasida ochiq, joy qolmasligi lozim.
6) detallarni ko'klashda qaviqqator shu detaldagi nusxalama qaviq
qator ustidan yoki bo`r chizig£i ustidan tushiriladi. Ko`klab bo`lgandan keyin nusxalama qaviq iplari olib tashlanadi.
7) qo`l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip nomeri qaysi qaviq qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi.
8) qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi gazlama qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo`yilgan talablarga bogliq boladi.
9) qalinligi har - xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni ust tomonga qo`yish kerak.
Ish tugagandan keyin ish o'rnini yaxshilab yig`ishtirib, tozalab qo'yish zarur
— mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi.
Ish boshlashdan oldin ish o `rni saranjomlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to`sig`i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya g`iloflari bor - yo`qligini tekshiriladi va hokazo;
— elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektro`montyo`rg a xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo`l tekkizmaslik kerak;
— narsalami ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas;
— elektr dvigatelni o'chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
— ish o'rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo`yilmasligi kerak;
— ish o`rinlari orasidagi yo`lni to`sib qo`ymaslik lozim.
-ish joyiga yosh bolalar va kichkinalar kirmasligini taminlash.
Kirgan holda ham ular qilayotgan ishlarga etiborli bolish kerak.
Aks holda elektir toki yoki boshqa jihozlar bilan o`zi bilmagan holda yonidagilarga yoki o`ziga haf yetkazadigan ishlar bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |