Nukus-2013 mavzu. KİRİSh. HayoTİy faoliYat xavfsiZLİGİNİng asosiy nuchalari. Fanning predmeti, obekti, maqsadi va mazmuni. Reja


MAVZU. İNSON ORGANİZMİGA ELEKTR TOKİNİNG TA`SİRİ, ShOShİLİNCh TİBBİY YoRDAM XİZMATİNİ ChAQİRİSh



Download 479 Kb.
bet40/60
Sana11.01.2017
Hajmi479 Kb.
#102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
11.MAVZU. İNSON ORGANİZMİGA ELEKTR TOKİNİNG TA`SİRİ, ShOShİLİNCh TİBBİY YoRDAM XİZMATİNİ ChAQİRİSh.

Reja:
1. Elektr tokining odam va hayvonlarga ta`siri

2. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish

3.Elektr toki ta`siri tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishdan himoyalanish tadbirlari

4. Statik elektr toki va undan himoyalanish


1.Qishloq xwjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish omillaridan biri uni elektrlashtirishdir. U mehnatni engillashtirish bilan bir qatorda odamlar hayotiga va sog`ligiga juda katta xavf tug`diradi. Boshqa xavfli manbalardan elektr tokini asboblarsiz va ma`lum masofada turmasdan aniqlab bwlmaydi.

Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida wlim bilan tugagani 20-40 % ga twg`ri keladi.

Elektr jarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta`siri natijasida kelib chiqqan jarohatdir.

Elektr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok wtkazuvchi ochiq qismlarga tegib ketishdan, himoyalanganligi buzilgan bwlsa, yoy orqali elektr tokini ta`sir qilishi, uskunalarning metall qismlariga tegib ketishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish, elektr uzatuvchi qismlarga katta wlchamli mashinalarning(avtokranlar, don wrish va paxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.

Elektr xavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar tizimi va vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg`un) elektr tokini zararli va xavfli ta`siridan himoyalanishini ta`minlaydi.

Elektr tokining odam organizmiga va hayvonlarga ta`siri juda wziga xos murakkab shaklda vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining wtishi natijasida kimyoviy, issiqlik va biologik ta`sir kwrsatadi. Kimyoviy ta`sir tufayli qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta`siri natijasida terining ayrim qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta`siri natijasida organizmdagi tirik hujayralar qwzg`aladi, teri qichishadi, tomir tortishadi va muskullar qisqaradi. lektr toki urishi katta xavf tug`diradi, u butun organizmni jarohatlaydi, asab sistemasini, yurak va nafas olish organlarini twliq yoki qisman falajlashi mumkin.

Organizmni elektr tokidan jarohatlanishiga bir necha omillar: tok kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, ta`sir qilish muddati. shungdek odam organizmining alohida xususiyatlari ta`sir kwrsatadi.

Xavf yuz berishi mumkin bwlgan quydagi tok qiymatlarini ajratish mumkin:

1.Seziluvchan tok (2mA gacha)- organizmdan wtganda sezilarli qwzg`atishni keltirib chiqaradi;

2. Qwyib yubormaydigan tok (10-25mA)- organizmdan wtganda qwl muskullarida engib bwlmaydigan tomir tortishishlar rwy beradi.

3. Fibrilyatsion tok (50 mA dan yuqori)- organizmdan wtganda yurakni fibrilyatsiyalaydi (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishi).

Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi keng 100000 dan 1000 Om oraliqda wzgaradi vat eri qoplamining holatiga (qruq, nam, dag`allashgan, shikastlanmagan yoki shikastlangan teri), bog`lanishning maydoni va zichligiga, shungdek wtayotgan tokning kuchi va chastotasiga va ta`sir qilish muddatiga bog`liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat e`tibor boshqa narsaga chalg`iganda organizmning elektr toki ta`siriga qarshiligi keskin kamayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og`rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr qurilmalarida ishlashga yo`l qwyilmaydi.

Hayvonlarning organizmiga ham elektr toki, odamlardagi kabi ta`sir qiladi. Hayvonlar qanchalik og`ir bwlsa, elektr tokiga qarshiligi shuncha kwpayadi. Tok qiymati 100 mA bwlganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday wzgarish bwlmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va orqa oyoqlari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi.

Hayvonlarga kichik kuchlanishlar bilan har doim ta`sir qilib turilsa, ular mahsuldorligi kamayib ketishi kuzatilgan. Agar kuchlanishning kattaligi 4-8 V bwlsa, sut berish 20-40 % ga kamayadi.

Qishloq xwjaligida, odatda, wzgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Kwpgina jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan foydalaniladi. Elektr xavfsizligi shartlariga kwra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bwlinadi.

2. Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi sabab bwladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan er orasida ulanib qolish.Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog`liq. Tana, qwllar orqali tok wtishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok wtadigan yo`lda yurak, wpka, miya joylashgan. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bwladi:

1.Elektr qurilmalarini wrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;

2. Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok wtkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi;

Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik.

3.Elektr tokidan jarohatlanish sabablarini kwrib chiqishda jarohatlanishga sabab bwlgan elektr jihozlarini mufassal kwzdan kechirish lozim. Jihoz va elektr tarmog`i twg`risidagi ma`lumotlarni, qurilmaning kwchlanish kattaligi, chastotasi, quvvatini, simlarning markasini, tarmoqning hamda ta`minlash manbaining erga nisbatan himoyalash (izolyatsiyalash) tartibini, asboblarning jarohatlanishdan oldingi va keyingi kwrsatishlarini, jarohatlangan kishining kiyimi hamda poyafzalining holatini (quruq, nam, zaxligini); havo haroratini aniqlab olish kerak.

3. Qishloq xwjaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish

uchun profilaktik ishlar wtkazish zarur. Ular quydagilardan iboratdir:

1. İshlab turgan butun elektr jihozlarini istimolchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan TİQ (texnik ishlatish qoidaliri) va XTQ (xavfsizlik texnikasi qoidalari)talablariga javob beradigan holatga keltirish.

2. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan qwshimcha tadbirlar kwrish.

3. Elektr asbobolarini, tezda almashlab ulashlarni, ta`mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga wtkazish.

4. İshlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish.

5. Xavfsiz mehnat usullarini kwrsatish orqali odamlarning wqish sifatini yaxshilash.

Elektr tokidan jarohatlanish kwpincha muhitga bog`liq, qaerda elektr qurilmalar ishlatilsa, elektr qurilmalarning tok wtkazadigan va simlarning himoya qismlarini yuqori namlik, gazlarning ta`siri sekin-asta emiradi. Atrof muhit namligining yuqori bwlishi tana qarshiligini kamaytiradi.




Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish