-loyqa sellar;
-aralash sellar;
oxirgi 100 yil ichida Ozbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimi kwzatiladi. Bulardan 1400 dan ortig`i loyqa, 350 dan ortig`i suv-toshli, 650 dan ortig`i aralash sellardir. Respublikamizning Farg`ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida ham sel oqimlari kuzatilib turiladi. Sel oqimlari respublikamiz hududlarida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz beradi, bunga sabab hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bwlib, bahor oylaridagi kuchli (jala) yomg`irlar, haroratning issiq kelishi, tog`liklarda muzlik va qorlarning tez erishi, daryo wzani qiyaligining 3-50 dan kattaligi, suv yig`ish maydonida zarrachalarni bog`lanmagan bwshroq tog` jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bwlib hisoblanadi.
Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bwlishi mumkin bwlgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur wrganish, atrof muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etishda katta xalq xwjalik ahamiyatiga ega. shuning uchun sel xodisasini bartaraf qilish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy amaliy xulosalarga tadbir-choralarga asoslangan bwlmog`i kerak. Bular qwyidagilardan iborat:
1. Sel bwlishi mumkin bwlgan daryolarning suv yig`ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig`ish maydonida bushroq tog` jinslarining yig`ilishini oldini olish, oqar suvlar oqimiga tusqinlik qiluvchi tabiiy va sun`iy tusiqlardan tozalash ishlari.
2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bwlgan daryolarning suv yig`ish maydonlarini muhofaza qilish, yani bu maydonlarda wsimlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgor qilish va sug`orish ishlarini olib borishni chegaralash.
3. wrmon xwjaliklarini rivojlantirish, yani, tog` yonbag`irlarida
butalar va daraxtlarning ekilishini yo`lga qwyish talab etiladi. Chunki bu wsimliklar tog` jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi.
4. Tog`li hududlardagi daryolarning wzanida suv oqimini boshqaruvchi inshoatlar qurish, tabiiy, sun`iy twg`onlarni tartibga solish, temir, avtomobil yo`llari ostiga sel wtkazuvchi katta diometrli quvurlar yotqizish ishlari.
Qor kwchkisi, kelib chiqishi sabablari va falokatli oqibatlari.
Tog`larning tik yonbag`irlaridan qor massasining ag`darilib yoki sirpanib tushishi qor kwchkilari deb ataladi.
Baland tog`larning wstiga qish faslida kwp qor yog`ib uning qalinligi oshadi. wz og`irlik kuchi ta`sirida zichlashib, qayta kristallanib yonbag`irlikda pastga qarab osilib turadi va qalinligi oshgan sari turg`unligi susayib boradi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan hosil bwlgan havo tebranishi ta`sirida qalin qor massasi harakatga kelib yonbag`irdan pastga qarab siljiy boshlaydi yoki ag`darilib tushadi. Qor kuchkilari quruq yoki hul bwlishi mumkin. Agar qorning wstki qismi biroz muzlagan bwlib, uning ustiga qalin qor yog`sa va ma`lum sabablarga kwra pastga qarab siljisa, quruq kuchki hosil bwladi. Bunday hollarda kuchkilar juda ham katta bwladi. Bahor oylarida qor erigan suvining shimilib, qorning tagini hullashi natijasida qor massasining turg`unligi kamayib pastga ag`darilib tushushidan hul kuchki hosil bwladi.
Quruq kuchkilar pastga qarab harakat qilgan vaqtda yon atrofdagi qor massalarini va tog` jinslarini wzi bilan surib ketadi. Natijada qorning massasi kattalashadi, hajmi 2 mln.km3 ga, kwchki kuchi esa soatiga 250-350 km ga yetib, wz yo`lidagi wrmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshoatlarni vayron qiladi. Harakat qilayotgan qor massasining oldida vayronalik keltiradigan kuchga ega bwlgan havo twlqini yuzaga kelib, uning kuchi har kv.m ga 100-120 m ga twg`ri keladi.
Hozirgi vaqtda tog`li hududlarda suv omborlari yani GES lar, bolalar oromgohlari, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi munosabati bilan qor kwchkilari sodir bwlishi mumkin bwlgan hududlar haritalarga tushirilib, wrganib chiqilgan. Ularning xavfi bor maydonlarda qurish man etiladi. Lekin bunday maydonlarda qor kwchkilarining oldini oladigan muhandislik choralarini kwrib, imorat va inshoatlar qurish mumkin bwladi. Bu choralarga yonbag`irlarni tekslab, daraxtzor barpo etish, harakatga kelishi mumkin bwlgan qor uyumlarini oz-ozdan yuqotish, maxsus muhandislik qurilmalari-damba, qor kwchkisining harakat yo`nalishini wzgartiradigan ariqlar devorlar qurish yonbag`irlaridagi yo`llarni tosh va temir betondan yasalgan galeriya bilan tusish, qor kwchkilarini wtkazib yuboradigan tunillar qurishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |