Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish va qayta ishlash


MA’RUZA №32 Mavzu: Oqava suvlarni tozalash



Download 13,53 Mb.
bet139/139
Sana23.08.2021
Hajmi13,53 Mb.
#154340
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Bog'liq
нрм бойитиш ва кайта ишлаш maruza 2020

MA’RUZA №32
Mavzu: Oqava suvlarni tozalash

Reja :


    1. Oqava suvlarni tindirish.

    2. Oqava suvlarni tozalash

Oqava suvlarni tozalashning ahamiyati.Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar boyitish jarayonining chiqindilar bilan birgalikda chiqindi saqlash maydonlariga tashlanadi. O’z navbatida ular atrofdagi suv havzalariga tushib sifatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Fabrikalardan chiqayotgan oqava suvlarda ifloslantiruvchi moddalardan biri – bu dispers moddalardir. Ular jumlasiga gravitatsiya jarayoni chiqindilari, suvda erigan tuzlar, emulsiya holidagi flotatsion reagentlar, reagentlarni o’zaro va minerallar bilan ta’siri natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar kiradi [2; 5].

Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo’lishi mumkin.



  • Texnologik jarayonlarda qo’llanilayotgan kislotalar va ishqorlar.

  • Reagentlarda erigan temir, mis, nikel, rux, kaliy, alyuminiy, kobalt, kadmiy, surma va boshqa metallar ionlari.

  • Sianidlar – suvlarni asosiy ifloslantiruvchi moddalar turkumiga kirib boyitish fabrikasida flotatsion reagentlar sifatida keng qo’llaniladi, shuningdek sianidlar ruda va boyitmalarda oltinni ajratib olishda asosiy reagent hisoblanib, oltin ajratish fabrikalarida keng qo’llaniladi shuningdek, sianidli eritmalarda rangli metallar bo’lishi (mis, rux va boshqalar komplekslar hosil qilib, inson hayoti uchun zaharli hisoblanadi).

  • Ftoridlar ham boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonida reagent sifatida qo’llaniladi va ular jumlasiga ftor kislotasi, natriyning ftor kremniyli tuzi misol bo’ladi.

  • Foydali qazilmalarni flotatsion boyitish jarayonida, reagent sifatida neft mahsulotlaridan keyin, fenol va krezollar, mis, mis-molibden hamda molibden - volfram rudalari uchun foydalaniladi.

Oqava suvlar tarkibidagi zararli moddalarni tozalash.Xullas boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar tarkibi jihatidan zararli moddalarga juda boy bo’lib, atrof – muhitdagi suvlarni sezilarli darajada zaharlaydi, u esa o’z navbatida ekologiya va insoniyat hayotiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash muhim ahamiyatga ega, undagi zararli moddalarni miqdori mumkin qadar kam bo’lib, sanitar normativlarida belgilangan kontsentratsiyadan oshmasligi shart, jumladan:

jadval. Suvdagi zararli qo’shimchalarni kontsentratsiyasini ruxsat etilgan me’yorlari.



Moddalar


Oqava suvdagi

miqdori mg/l



Moddalar

Oqava suvdagi miqdori quyidagi ko’rsatgichdan oshmasligi shart, mg/l

Kislota

Sianidlar

Ftoridlar

Neft


Kerosin

Benzin


Fenol, krezol

Ksantogenatlar

Volfram

Temir


Kadmiy

0,25

0,1


1,5

0,5


0,1

0,1


0,001

0,001


0,1

0,5


0,01

Kobalt

Mis


Molibden

Nikel


Simob

Qo’rg’oshin

Stronsiy

Surma


Titan

Rux


1,0

0,1


0,5

0,1


0,005

0,1


2,5

0,05


0,1

1,0

Atrof muhitni oqava suvlardan zararlanish darajasini kamaytirish usullaridan biri bu boyitish texnologiyasida qo’llanilayotgan suvlarning aylanma harakatini ta’minlashdir, ya’ni fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni texnologik jarayonga qaytarishdan iboratdir.

Qaytarma oqava suvlar toza suvlardan farq qilib, ular texnologik jarayon ko’rsatgichlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan: mis-molibdenli rudalarni boyitish fabrikasidan chiqayotgan suvlar tarkibi dispers zarrachalar va kerosindan tozalash ishqordan foydalaniladi, natijada oqava suvlardan kalsiyning miqdori ortib ketishi flotatsiya jarayonini buzadi.

Oqava suvlarning zararli darajasini kamaytirishning yana bir usuli, bu jarayonda qo’llanilayotgan reagentlarni tejamkorligini tejashdan iboratdir, samarali usullardan yana biri, bu oqava suvlarni chiqishini kamaytirish, avariya holatlarining oldini olish va hokazolar kiradi.

Boyitish fabrikalarida oqava suvlarni tozalash bo’yicha alohida bo’limlar faoliyat ko’rsatadi, ularda oqava suvlarni tozalashning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularga quyidagilar misol bo’ladi:

Oqava suvlarni tindirish.Oqava suvlarni tindirish, bu jarayon 4 soatdan 10 soatgacha davom etib disspers zarrachalar cho’ktiriladi. Buning uchun turli organik va noorganik koagulyantlardan foydalaniladi, ularning vazifasi mayda dispers zarrachalarning to’plashdan iborat bo’lib, natijada jipslashgan zarrachilarni cho’kish tezligi oshadi va jarayon tez kechadi. Bunday koagulyantlarga ohakli suv Ca(OH)2, temir sulfati FeSO4 7H2O; temir xloridi va poliakrilamidlar, uniflok misol bo’ladi.

Oqava suvlarni kislotadan tozalashda neytrallash usuli qo’llaniladi, neytrallash ohak, so’ndirilgan ohak, dolomit, magnezit, soda va boshqa reagentlar yordamida amalga oshiriladi.

Sulfat kislotali eritmalarni quyidagi reaksiyalar orqali neytrallanadi:

o’yuvchi natriy yordamida neytrallash

H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2 H2O

ohak bilan neytrallash

H2SO4+CaO + H2O = CaSO4 + 2H2O

so’ndirilgan ohak bilan neytrallash

H2SO4+CaCO3 + H2O = CaSO4 + CO2 +2H2O

magnezit bilan neytrallash

H2SO4+MgCO3 = MgSO4 + CO2 +H2O

Texnik - iqtisodiy hisoblarga asosan yuqoridagi usullarning eng arzoni so’ndirilgan ohak Ca(OH)2 bilan neytrallash hisoblanadi.

Oqava suvlardan metall kationlaridan tozalash ularni suvda erimaydigan birikmasini, ya’ni gidrooksid va karbonat holatiga o’tkazilib cho’ktiriladi, masalan: ohak va suv tarkibidagi qo’rg’oshin kationlari quyidagicha tozalanadi:
P b2++ 2OH- = Pb(OH)2

2 Pb2++2OH- + SO32- = Pb2(OH)2 SO3

2 Pb + SO32- = Pb2SO3

Bu usulda eng arzon va samaradorligi yuqorisi so’ndirilgan ohakda, marmar va ohaktoshda amalga oshadi. Rangli va qimmatbaho metallar rudalarini boyitishda hamda qayta ishlashda nihoyatda zaharli bo’lgan sianli eritmalar qo’llaniladi. Sianli birikmalar inson hayotiga o’zining salbiy ta’siri jihatidan birinchi o’rinda turadi, shu sababli oqava suvlarni sianli birikmalardan tozalash asosiy omillardan bo’lib, uning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Ya’ni sianidlarni ferro va ferrotsianidlar kabi zararsiz birikmalariga o’tkazish, suvda erimaydigan birikma va kompleks birikmalar shular jumlasiga kiradi.

Odatda fabrikalarda sianidlarni oksidlovchi sifatida xlorli ohak suvi CaOCl2, kalsiy gipoxlorid (CaOCl)2, natriy gipoxlorid, suyuq xlor va boshqalar qo’llaniladi. Ularni ta’siri quyidagi umumiy kimyoviy reaksiyalar bilan ifodalash mumkin.

2CNO- + 3OCl- + 3H+ = 2CO2 + 3Cl- + N2 + H2O.

Keyingi yillarda keng qo’llanilayotgan usullardan biri zararsiz ferrosianid hosil etish usuldir, bunda asosiy reagent sifatida FeSO47H2O qo’llaniladi

Shuningdek, oqava suvlarni ksantogenatdan tozalashda xlor gazidan yoki ozondan foydalaniladi [20].



Xulosa qilib aytganda, oqava suvlarni zararli moddalardan tozalashning bir qator usullari mavjud bo’lib, ulardan qanday foydalanish esa boyitish fabrika ma’muriyati va injener texnik xodimlar tomonidan tanlangan texnologiyaga bog’liqdir.





Download 13,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish