Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
“MEHROBDAN CHAYON” ASARIDA QO‘LLANGAN ARABCHA IJTIMOIY-
SIYOSIY LEKSIKA XUSUSIDA
Qoraqalpoq davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti
2-kurs talabasi Allaberdiya Durdona
“Mehrobdan chayon” asarida qo‘llangan arabcha ijtimoiy-siyosiy leksika xususida
Qoraqalpoq davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti
2-kurs talabasi Allaberdiya Durdona
Annototsiya. Ushbu maqolada “Mehrobdan chayon” asarida qo‘llangan arabcha
ijtimoiy-siyosiy leksika xususida so’z yuritilgan. Ijtimoiy-siyosiy leksikaning asardagi
ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar.leksema, fe’l, ,turkiy, o‘zbek, a’yon, A’mir, amr.
Har bir til vaqt o‘tishi bilan taraqqiy etib borar ekan, bunda tashqi tillarning ta’siri ham,
albatta, bo‘ladi. Bunday ta’sirni fonetik, leksik hamda morfologik sathda ko‘proq
uchratamiz. Bu holatni ko‘p asrlardan beri o‘zbek tiliga o‘z ta’sirini bevosita hamda
bilvosita ko‘rsatib kelayotgan arab tili misolida ham ko‘rish mumkin. Bu ta’sir oqibatida
o‘zbek tilining fonetik sathidagi ص, ض, ث, ه, ظ, ع kabi fonemalar tizimi paydo bo‘ldi.
Ayni fikrni leksik sath borasida ham aytish mumkin. Kitob, madrasa, kotib, shoir, tarix,
muallim singari ko‘plab so‘zlar fikrimizning dalilidir. Bizning e’tiborimizni tortayotgan
jihat ham ayni leksik-semantik sath sanaladi. Ammo biz ushbu ob’yektni bundayin keng
ko‘lamda o‘rganib chiqa olmaymiz. Shuning uchun ham masalani aniq qo‘ygan holda
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida ishlatilgan arabcha ijtimoiy-siyosiy
leksik qatlamni tahlil qilishga harakat qilamiz. A’yon (o‘zagi ﻦﯿﻋ, yasalma - نﺎﯿﻋٲ)
tayinlangan, jamiyatning imtiyozli qatlami, saroy kishilari kabi ma’nolarni bildiradi.
Ushbu so‘z arab tilida qanday ma’noda kelgan bo‘lsa, o‘zbek tilida ham o ma’nosini
saqlab qolgan… ular qatorida xon ulug‘lari – ayon va saroy beklari chizilishib
o‘lturg‘anlar edi[1.23]. Amir (o‘zagi ﺮﻤﻋ yasalma: ﺮﻣﺎﻋ-nufuzli odam, boy odam) so‘zi
turkiy tilda davlatning eng obruli kishilari, mamlakatni boshqaruvchi shaxs ma’nolarini
bildirib kelgan. Turkiy xalqlar tilida “amir” uch ma’no kasb etgan:
1. Hukmdor yonidagi zodagon. Mamlakatning obruli kishisi.
2. Hukmdorning o‘zini mo‘minlar sardori deb e’lon qilishi. Amir ul-mo‘minin –
izofasida hukmdorning o‘zini “Islom dini homiysi” deya e’lon qilishi ko‘zga
tashlanadi. “Amir ul-muminin” hazrati Alining laqabi sanaladi”.
3.
“Amir” mamlakat hukmdori sifatidagi rasmiy nom. Bunda “amir” “xon”,
“sulton”, “shoh” singari siyosiy atamalar bilan adekrat ma’noni bildiradi. Mehrobdan
chayon” romanida “amir” so‘zi ikkinchi va uchinchi ma’nolarida qo‘llangan. Darvoqi’
“xolisona” bu fatvoga amir Bahodirxon “betarafona” qiymat berib, “din yo‘lida bir
jihodi akbar” deb jam’i qo‘shunlari bilan Farg‘ona ustiga yurish qiladi.
Nauzanbillahkim Farg‘ona va Turkiston mamlakatining alhol amiri bo‘lg‘an
Muhammadalixon volidining mankuhasi, ya’ni volidai ayni va rizoisini o‘z aqdig‘a
olibdir, nauzinbillahi, nauzinbillahi[1.24].Amr (o‘zagi – ﺮﻣا, yasalma: ﺮﻣا – buyruq,
yo‘l-yo‘riq) arab tilida qanday ma’noni bildirgan bo‘lsa, o‘zbek tilida ham shunday
ma’noni anglatadi. Asarda ushbu so‘z, faqatgina, hukmdor tomonidan chiqariladigan
buyruqlar ma’nosida kelgan. U yerda bo‘lsa besh-o‘n “oshiqlar” Abdurahmonchani
kelishi on bilittifoq “Buxoro amirligi”ga ko‘tarib, amru farmonig‘a itoat
100
Do'stlaringiz bilan baham: |