Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
and language teaching. One problem lies in the difference between the teachers’ and
researchers’ perceptions and objectives. Ellis makes a demarcation between two kinds of
knowledge, practical knowledge and technical knowledge. while teachers’ are concerned
with improving practical knowledge, researchers deal with developing technical knowledge.
Technical research is explicit and researchers can find a good method by experiment, but
practical knowledge is implicit, and it is not based on the experiment, and teachers can find a
useful way to teach by experience.
Used literature:
1. Crookes, G., & Arakaki, L. (1999). Teaching idea sources and work conditions in an ESL
program. TESOL Journal, 8, 15-19.
2. Ellis, R. (1997). SLA and language pedagogy: An educational perspective. Studies in
Second Language Acquisition, 19, 69-92.
3. Ganbarzehi, F. A. (2014). Language learning strategies use and its correlation with EFL
male and female learners. Iranian EFL Journal, 10(1), 384-397.
68
Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
TIBBIY REKLAMALARDA EKZERSITIV NUTQIY AKT
Sobirova Dilnoza Rasulovna
Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi
sobirova.2018@inbox.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy reklamalar, ularning vazifalari xususida so‘z yuritiladi.
Tibbiyotga oid ijtimoiy reklamalar kuzatish obyekti sifatida tanlanib, ularda ekzersitiv nutqiy akt
ko‘rinishi faol ekanligi borasidagi fikrlar asoslanadi.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy reklama, tibbiy reklama, ekzersitiv nutqiy akt.
ko‘pchilik reklama deganda biror bir xizmat yoki mahsulotni targ‘ib qilish orqali xari-
dor(iste’molchi)larni jamlashga yo‘naltirilgan vositani tushunadi. Aslida yana bir rekla-
ma turi borki, ularda biror mahsulot, xizmat turlari yoki bo‘lmasam, ma’lum bir tashki-
lot targ‘ib qilinmaydi. balki, ular jamiyat a’zolarini ma’lum bir harakatga undaydi. bunday
reklama ko‘rinishi ijtimoiy reklama deb yuritiladi. Ijtimoiy reklamaning asosiy vazifasi har
qanday muammoga jamoatchilikning munosabatini o‘zgartirish va kelajakda o‘z auditoriyasida
yangi ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishdan iboratdir. biz ijtimoiy reklamalarga misol
tariqasida tabiatni muhofaza qilish, bolalar salomatligi, OITSga, odam savdosiga, shuningdek,
korrupsiyaga qarshi kurashga da’vat etuvchi yuzlab reklamalarni keltirishimiz mumkin.
Ijtimoiy reklamalarning: a) ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumot berish; b) ijobiy xulq-atvorni
shakllantirish (chekishni tashlash, spirtli ichimliklarga qarshi tashviqot va sog‘lom turmush
tarzining boshqa elementlari); d) davlat ijtimoiy xizmatlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining
ijobiy imidjini yaratish, tashkilotlarning jamoatchilik oldida salbiy obro‘sini engib o‘tish;
e) ijtimoiy muammolarni hal qilishda ijtimoiy institutlar va homiylarning sa’y-harakatlarini
birlashtirish; f) davlat ijtimoiy tashkilotlari va ularning mijozlari o‘rtasida «qayta aloqa»
kanallarini shakllantirish kabi bir qator vazifalari mavjud.
Mana bugun butun dunyo og‘ir sinovlarni boshdan kechiryapti. Ming afsuski, tojli virus
yurtimizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Shunday sharoitda bu jarayon tibbiyotga oid ijtimoiy
reklamalarda aks etishi tabiiy. biz uchun muhim jihati bunday ijtimoiy reklamalardagi jumlalar
asosan maslahat mazmunida bo‘lishidir. bunday mazmun pragmalingvistikada ekzersitiv nutqiy
akt ko‘rinishlaridan biri sifatida baholanadi. “Ekzersitivlar – lotincha “ijro etmoq”, “bajarmoq”
ma’nolarini anglatib, nutqiy harakat mazmunida o‘z huquqidan, hukmronligidan foydalanib
buyruq berish, maslahat berish, ogohlantirish ma’nolari ifoda topadi[2]”. kuzatamiz:
“koronavirus (Covid-19)ni yuqtirishdan o‘zingiz va boshqalarni asrang! Sog‘ligingizga
e’tiborli bo‘ling!”
“Qo‘llaringizni yaxshilab sovun bilan suvda yuving.
Spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning.
Yuzni qo‘l bilan ushlamang”.
“Imkon qadar bozor, vokzal, katta do‘konlar kabi ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishni
kamaytiring. bozorga borganda hayvonlarga qo‘l tekkizishdan saqlaning”.
“Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz bilan burunni bukilgan tirsak, yeng yoki
salfetka bilan yoping. So‘ngra foydalanilgan salfetkani axlat qutisiga tashlang va qo‘lingizni
yuving”.
“kasallik ilk alomatlari kuzatilganda uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling”.
Guvohi bo‘lganimizdek, tibbiyotga oid ijtimoiy reklamalarda asosan maslahat mazmunli
jumlalar(ekzersitiv nutqiy akt)dan foydalaniladi. Tibbiy ijtimoiy reklamalarning asosiy maqsadi
ham aholi salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya etishga undashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Safarov Sh. pragmalingvistika. Toshkent, 2018. – 236 b.
2. Русаков A. Романтизм и прагматизм социальной рекламы. www.docsity.com
69
Do'stlaringiz bilan baham: |