Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
TEXNOLOGIYA MASHG’ULOTLARINI ROLLI O‘YINLAR ASOSIDA TASHKIL
QILISHNING AHAMIYATI
Raximova Nilufar Egamberganovna
Urganch Davlat universiteti katta o‘qituvchisi
nilufar.raximova.1980@mail.ru
telefon:+998939228373
Annotatsiya:
ushbu maqolada ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘yin turlari, pedagogik
o‘yin turlari, o‘yinli pedagogik texnologiyalar va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, ularni
ta’lim jarayonida qo‘llanilish metodikasi ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar
: o‘yin, pedagogik o‘yin, o‘yinli pedagogic texnologiyalar, ro‘lli o‘yin,
kasblar jangi,o‘qituvchi, arxitektor,sartarosh, oshpaz, tikuvchi.
mamlakatimizda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar tomonidan
pedagogik o‘yinlardan ta’limning turli tizimlarida, bosqichlarida foydalanilayotgan bo‘lsada, shu
vaqtgacha ularning aniq bir tizimi ishlab chiqilmagan.
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyasining o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining
o‘yin tushunchasi, uning vazifasi va mazmunini to‘liq yorita olish, mohiyatini o‘quvchilarga aniq
etkaza berish, shu bilan birga uni o‘tkazish mahoratiga bog‘liq. shuning uchun biz avvalom bor
“o‘yin” tushunchasini tahlil qilamiz.
o‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. o‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda unda shaxsning o‘z hulqini boshqarishi
shakllanadi va takomillashadi. o‘yinlar hayotdagi turli xil holatlarni modellashtirishga, hayotda
mavjud narsalarni idrok qilishda his-tuyg‘ularning xilma-xil bo‘lishiga o‘rgatadi. Bu o‘yinning
asosiy vazifalaridan biridir.
o‘yinning mohiyati, uning aniq ma’nosi bo‘yicha turli xil adabiyotlarda unga nisbatan
turlicha fikrlar va qarashlar mavjud. ushbu fikr yoki qarashlarning turlicha bo‘lish sabablaridan
biri insonning barcha harakatlari o‘yin elementlarida ko‘rinishi, ikkinchisi esa jamiyatning
va inson hayot faoliyatining barcha pog‘onalari, o‘yin, uning mantig‘i hamda falsafasi bilan
qoplanganligidir. o‘yin ta’lim olish vositasidan tashqari, hordiq chiqarish, o‘yin-kulgu, san’at
va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi.
“o‘yin-bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayon emas. u faqat ma’lum sharoitlardagina
yuzaga kelishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda ma’lum darajada o‘quv materialining
muammoli bo‘lishligini nazarda tutadi”-deb hisoblaydi s.m.Tyunnikova
pedagogik o‘yin-bu faoliyat turi vaziyatlari sharoitida, o‘qitishni aniq maqsad qilib qo‘ygan
jamoatchilik tajribasini qayta tiklash va o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib,o‘z-o‘zini boshqarishni
takomillashtiradi va pedagogik natijalarni ro‘yobga chiqaradi.
Ta’lim jarayonida pedagogik o‘yinlardan o‘quvchilarda ma’lum bir bilimlar tizimini
rivojlantirish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodi sifatida foydalanish mumkin.
pedagogik o‘yinlar o‘qitishning faol, samarali metodi hisoblanib, mashg‘ulot
qatnashuvchilarning nafaqat kasbiy bilim va malakalarni, balki shaxning kasbiy va ahloqiy
xususiyatlari (tayyorgarlik, bajaruvchanlik, jamoatchilik va boshqalar)ni shakllantiradi.
o‘yinli pedagogik texnologiyalar-bu pedagogik jarayonni turli xil pedagogik o‘yinlar shaklida
tashkil etishning metodlari va usullarining etarlicha keng guruxini o‘z ichiga oladi. umuman
boshka o‘yinlardan farkli xolda pedagogik o‘yin o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga mos
pedagogik natijaga ega bo‘lib, ular o‘quv bilish faoliyatga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
mashg‘ulotlarni o‘yinli shakli darslarda o‘quv faoliyatiga jalb qilish (undash), rag‘batlantirish
vositasi sifatida ishtirok etuvchi o‘yin usullari va vaziyatlari yordamida yaratiladi.
pedagogik o‘yin ishtirokchini ta’lim olishga qiziqishini uyg‘otishi, guruhni jipslashtirishga va
bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga tayyorlashga imkon beradi.
ayniqsa, “rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan ma’lumotga
ega bo‘lishi lozim. chunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual xarakteri,
hulq atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish
darajasiga mos kelishi kerak. rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiyani
101
Do'stlaringiz bilan baham: |