Главная
Новости
Xalqaro ekspert “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DK faoliyati...
Xalqaro ekspert “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DK
faoliyati bilan tanishdi
05 окт. 2021
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DKda hindistonlik xalqaro ekspert Anil Jauxri bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.
12 oktyabrga qadar Oʻzbekistonda boʻlishi kutilayotgan ekspertning Markazga tashrifidan maqsad,
mamlakatda akkreditatsiya sohasida olib borilayotgan faoliyat, xalqaro standartlarga uygʻunlik
jarayonlari va baholash ishlari tartibi bilan tanishishdir.
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DK direktori Ansabxon Zakirov uchrashuv davomida sohada olib
borilayotgan islohotlar haqida gapirib, bu yoʻnalishda Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
haqida batafsil ma’lumot berib oʻtdi.
-Markazimiz faoliyat boshlaganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, xalqaro miqyosda tan olinib borayapti.
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” hozirgi kunda ILAC muxbir a’zosi, IAFning a’zo akkreditatsiya
idorasi hisoblanadi. Ushbu tashkilotlarning koʻp tomonlama oʻzaro tan olish bitimlarini imzolash bizning
eng asosiy vazifalarimizdan biri boʻlib turibti. Markaz faoliyati mana shu xalqaro hujjatlarni imzolash va
jahon sifat infratizimiga integratsiyalashish sari yoʻnaltirilgan. Hozirda mamlakatdagi mavjud
laboratoriyalarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish jarayoni ketmoqda va akkreditatsiya sohasi
mutaxassislari ham bu faoliyatga jiddiy yondoshganlar, - deya ta’kidladi A.Zakirov.
Anil Jauxri Markazning boshqaruv tizimi bilan tanishar ekan, jumladan shunday dedi:
- Akkreditatsiya faoliyatida eng asosiy mezon bu xolislikdir. Men dunyoning bir necha mamlakatlari
akkreditatsiya tizimi bilan yaqindan tanishdim va shunga amin boʻldimki, xolislik va shaffoflikka rioya
qilish bilangina sinovlarning toʻgʻriligiga, mahsulotlar sifatiga erishish mumkin. Bu oʻrinda Oʻzbekiston
akkreditatsiya tizimi olib borayotgan ishlar bilan tanishman va mutaxassislar layoqati tahsinga sazovor,
degan fikrdaman,- deya e’tirof etdi mehmon.
Uchrashuvda Markaz tomonidan xalqaro standartlarni sohaga joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan
ishlar hususida gapirilar ekan, shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi, qarorlarni qabul qiluvchi komissiya
tomonidan e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, arizachilar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish va
bu borada qonun buzilish holatlari sodir boʻlganda Markazning harakati kabi masalalar haqida fikr-
mulohazalar bildirildi.
Xalqaro ekspert Anil Jauxri Markaz faoliyati bilan tanishish bilan birga betaraflik, tashkiliy tuzilma va
boshqaruv tizimi masalalari boʻyicha maslahat sessiyalarida, akkreditatsiya kengashi a’zolari bilan
davra suhbatida hamda akkreditatsiya ob’ektida guvohlik baholash jarayonlarini oʻtkazishda qatnashishi
rejalashtirilgan.
Shuningdek, akkreditatsiya jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar va kompetentlikni ta’minlash masalalari
boʻyicha uchrashuvlarda, akkreditatsiyadan oʻtgan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari
vakillari bilan boʻlib oʻtadigan davra suhbatida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi.
ГУП «Центр по аккредитации» является специально уполномоченным органом
Республики Узбекистан по аккредитации органов по оценке соответствия и
метрологических служб.
При использовании материалов, опубликованных на данном сайте, ссылка на www.akkred.uz
обязательна.
© 2021. Все права защищены.
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin:
Creative Commons
Attribution 4.0 International
.
Do'stlaringiz bilan baham: |