Bir va ikki pallali o’simliklar poyasining hamda ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi.
Poya o’simiklarning asosiy organlardan biri bo’lib tashqi ko’rinishi nixoyatda xilma xil poyaning asosiy funksiyasi o’simlik shox shabbasi ko’tarib turish va suv xamda unda erigan mineral moddalarning ildizdan barglarga,barglardagi plastik moddalarni ildizga o’tkazishdan iborat.Xar hil o’simliklarning poyasining shakli,uzun qisqaligi xilma xil bo’ladi yumaloq,silindirsimon,yassi,va ko’p qirrali poyalar bor.G’alladosh o’simliklarning yumaloq va ichi xavol poyasi poxol poya deyiladi.O’simliklar poyasining sirti xam juda xilma xil bo’lib,uzunligi bir necha millemetrdan bir necha o’n xatto yuz metrgacha yetadi.Qarag’ay va qoraqarag’ay tanasining balandligi 50 m gacha,oqqarag’ayni 70 m ga amerika mamont yoki sekvoyaniki 140 m ga yetadi.Bir yillik o’simliklar o’z xayot siklini bir yilda tugallaydi masalan:g’alla – donlar,kungaboqar va boshqalar ikki yillik o’simliklar xayot siklini birinchi yili tugallamay ikkinchi yil xam davom etadi.Birinchi yili ular to’pbarg yoki qisqargan poya xosil qiladi,ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi,sabzi karam,sachratki,lavlagi,karam.Ko’p yillik o’t o’simliklarning xayot sikli bir necha yil davom etadi, beda sebarga.
Xar qanday gulli o’simliklarning poyasi ildiz singari o’sish nuqtasi yoki o’sish qonusi deb ataladigan uchidan yuqoriga qarab o’sadi.Bir pallai o’simlar poyasining ichi zich to’q bo’lsa bazi turlarniki kovak bo’ladi.Makkajo’xori poyasining tashqi yuzasi epidermis bilan qoplangan bo’lib uning ostida mexanik to’qimaning tutash xalqasiqalin devorli yog’ochlashgan va o’lik prozenxima xujayralardan iborat sklerinxima joylashadi.Sklerinxima ostida yupqa devorli yumaloq va tirik xujayralardan xosil bo’lgan asosoiy parenxima joylashgan.Asosiy parenximaning markaziy qismidan tashqari xamma joyida yopiq tolalai naychalar bog’lami tartibsiz ravishda yoyilgan bo’lib ular o’tkazuvchi mexanik to’qimalar bilan asosiy to’qimaning o’zaro bog’langan sistemasidan iborat.Bir pallai o’simliklar poyasining markazida parenxima yupqa po’stli o’lik xujayralaridan tashkil topgan o’zak bo’ladi.
Ikki pallali o’simliklar poyasi birlamchi yo’g’onlashib bo’lgandan keyin ikkilamchi xosil qiluvchi to’qima – kambiy xisobiga ikkilamchi yo’g’onlasha boshlaydi.Ko’p yillik ikki pallali o’simliklar poyasining to’imalari dastlab bir pallali o’simliklardagi singari birin ketin xosil bo’ladi.Ikki pallali o’simliklarning birlamchi yog’ochligi naychalari mayda va radial joylashgan bo’lishi bilan bir pallalilardan farq qiladi.Bir va Ikki pallali o’simliklarning birlamchi lubi bir biridan farqq qilmidi birlamchi yog’ochliq xujayralari markazdan chetga qarab,birlamchi lub esa aksincha chetdan marka tomon xosil bo’ladi.Biroq ikki pallali o’simliklar prokambiy xujayralaining xammasi yog’ochliq va lubga aylanmay balki ikkilamchi xosil qiluvchi to’qima - kambiyni xam prokambiy xosil qiladi.Ikki pallali o’t o’simliklar poyasining yo’g’onlashuvi gul va mevalar xosil bo’lish vaqtiga kelib to’xtidi,chunki bu vaqtda kambiy nobud bo’ladi.Daraxt va butalarning kambiy qatlami esa o’simlik organizmining butun xayoti davomida ishlayveradi.Qarri daraxtlarning po’kak kambiysi ikkilamchi lub xujayralardan xosil bo’ladi.Kambiy qayerda bo’lmasin tashqi tomonga qarab po’kak qatlami,ichkariga qarab felloderma ajratadi.Baxorda kurtaklar yozilgan paytda kambiy yupqa devorli naychalari ko’p bo’lgan ancha yirik yog’ochliq elementlarini xosil qiladi.Kuzga borib kambiyning ishi asta sekin susayadi,qishda kambiy butunlay to’xtaydi.Shuning uchun kuzgi mayda xujayrali yog’ochlik bilan baxorgi yirik xujayrali yog’ochlik o’rtasida aniq chegara paydo bo’ladi bu yillik xalqa deb ataladi.
Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma, birlamchi po‘stloq va markaziy silindlar ajratiladi.
Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bo‘lsa, birlamchi po‘stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo‘lishi mumkin.
Birlamchi po‘stloq asosiy parenxima to‘qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplatlar ham kuzatiladi. Kupchilik o‘simliklarda birlamchi po‘stloq tarkibiga mexanik to‘qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda uchraydi. Birlamchi po‘stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi.
Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, o‘tkazuvchi elementlar sistemasi va o‘zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo‘shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil qiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda peritsikl butunlay mexanik to‘qima yoki asosiy to‘qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning o‘tkazuvchi elementlari o‘sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba’zi hujayralarini bo‘yiga bo‘linish natijasidan kelib chiqadi. O‘ziga xos ingichka va cho‘ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to‘lgan hujayralar to‘dasi paydo bo‘lib, ular poyaning markaziga qarab birlamchi yog‘ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi o‘zakni tashkil etuvchi parenxima to‘qima hujayralaridan iborat. O‘zakning bo‘lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning o‘zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan.U birlamchi o‘zak nurlari orqali birlamchi po‘stloq bilan bog‘lanadi. O‘zak ba’zi o‘simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning o‘rtasi bo‘shliqdan iborat bo‘lib qoladi. O‘sish konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali o‘simliklar poyalarining o‘tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi.
Kambiy. Kambiy yupqa qobiqqa ega bo‘lgan cho‘ziq to‘g‘ri to‘rburchak shakldagi hujayralardan iborat. Uning tangental yo‘nalishida bo‘linishi natijasida yog‘ochlik va lub elementlari hosil bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yog‘ochlik elementlari ko‘proq sonda hosil bo‘ladi. Kambiy halqasida hujayralar soni ortishi ularning radial yo‘nalishida bo‘linishi hisoblanib, natijada poyaning cheksiz yo‘g‘onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomida bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha aktiv bo‘lib, keyinchalik uning faoliyati sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |