1)Ingliz-tili grammatikasini o'rganishda ona tilining ahamiyati.
2)Umumiy ingliz tilini o'rganishdagi ona tiling ahamiyati.
3)Ingliz tilidagi ona tilining ahamiyati mavzusidagi dars ishlanma.
O’z ona tilini bilmagan kishi xorijiy tilni mukammal darajada o’rgana olmaydi. Ingliz tili grammatikasini o’rganishga kirishganingiz juda yaxshi, ammo bundan oldin o’zbek tili grammatikasini o’rgansangiz yoki mavjud bilimlaringizni takrorlasangiz, xorijiy til grammatikasini o’rganishingiz oson kechadi. O’zbek tili va ingliz tili grammatikalari tuzilish, kelib chiqish va o’rganilish jihatidan ancha farqli bo’lishiga qaramasdan tilni o’rganishda ishlatiladigan asosiy grammatika tushunchalar bu ikki tilda bir xildir. Shu sababli ularni qiyoshlash, taqqoslash hamda umumiy tushunchalarni birlashtirish orqali ingliz tili grammatikasini yaxshiroq tushunish mumkin. O’z ona tilingizni qancha yaxshi bilsangiz, uning grammatika qoidalarini qancha yaxshi tushunsangiz, ingliz tili grammatikasini ham shunchalik oson o’rganasiz.
Umumiy ingliz tili haqida gap ketganda ham ona tili bevosita ishtirok etadi. Chet tili darslarida to’liq xorijiy tilda gapirib dars o’tishning imkoni yo’q. Balki maktabning katta sinflarida, ayniqsa bitiruvchilar bilan bu yo’sinda dars o’tish mumkindir, ammo yosh o’rganuvchilar bilan o’zbek tilini ishlatmasdan ingliz tilini o’rgatish imkonsiz, deb hisoblayman. Ammo birinchi til (ona tili)ni ham haddan ortiq ko’p ishlatish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlariga katta to’siq bo’lishi mumkin. Sinflarda ingliz tili darsi vaqtida o’qituvchining ingliz tili va o’zbek tilidan foydalanib dars o’tishi o’rtasida balans bo’lishi kerak. Ammo bu me’yorni qanday qilib topish mumkin? Agar o’zbek tilida ko’p gapirilsa-yu, ingliz tilida o’quvchilarga yetarlicha gapirilmayotgandek tuyulsa. Aksincha, ingliz tilida ko’p gapirilib, natijada o’quvchilar nima haqida gapirilayotganligiga tushumay qolishsa, ba’zi topshiriqlarni to’liq anglab olisholmasa. Har qanday holatda ham ona tili va ingliz tili o’rtasidagi sinflarda tilning ishlatilish me’yoriga aloqador muammo, menimcha, ko’pchilik o’qituvchilarni o’ylantiradi.
Hozr e'tiboringizga 45 minut dars ishlanmasini havola etish orqali ingliz-tili darsida ona tilidan qay tarzda foydalanish mumkinligini ko'rsatib beraman.
Theme:Family members-oila a'zolari
Plan of the theme:dars rejasi
1.Greeting-Salomlashish
2.Warm up-qizdirb oluvchi o'yin
3.Asking homework-uy vazifasini so'rash
4.Presentation of the new theme-yangi mavzu haqida maruza
Demak endi diolog tuzish o'ynini o'ynab olamiz darsni boshlashdan oldin.Hamma o'quvchilar sodda so'zlar ishtirok
Hasanboy Rasulov "Ingliz tili dars ishlanmalari"2019 yil.
etgan diolog tuzadi.Misol uchun;
A:Good morning
B:Good morning
A:What is your name?
B:My name is ……. . And what is your name?
Qizib oluvchi o'yinni ham o'ynab oldik.Endi esa uyga vazifa tekshirib olish vaqti keldi.
Endi esa yangi mavzuni boshlaymiz.Bugungi mavzuyimiz oila a'zolari.Shu sababli,lug'at daftarlarga quyida berilgan yangi so'zlarni yozib oling.Demak,boshladik.
Grandparents-bobo-buva
Grandmother-buva
Grandfather-bobo
Father-ota
Mother-ona
Sister-opa/singil
Brother-aka/uka
Hometask-uyga vazifa
Berilgan yangi so'zlarni yod olish.
Bu dars ishlanma 1-sinf o'quvchilari yoki ingliz-tilini yangi o'rganayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.Bu dars ishlanma orqali ingliz tilini ayniqsa yosh o'rganuvchilar uchun ona tilimizning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini bilib olishimiz mumkin.