Malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va topshiriqga mosligi: Ushbu bitiruv malakaviy ishda tenglama va tenglamalar sistemalari yechimlariga doir dolzarb masalalar qaralgan.
Malakaviy ishning yozma izoh grafik materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: Bitiruv malakaviy ish mazmuni yozma ravishda kompyuterda bajarilgan bo’lib qo’yilgan talablarga darajasida bajarilgan. Ishda kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishi asosiy qismi 37 betdan iborat.
Malakaviy ishda ilmiy manbalar, fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajriba natijalaridan foydalanganligi: Bitiruv malakaviy ishni yozishda o’quv adabiyotlari, ilmiy manbalardan keng foydalanilgan, hamda shu vaqtgacha o’rganilgan bilim va tajribaga suyangan holda ushbu ish mukammal bajarilgan.
Malakaviy ishning ijobiy tomonlari: Bitiruv malakaviy ish atroflicha yoritilgan, ya’ni natural sonlar matematika abstrakt asosida birgalikda ishlatiladigan dastlabki vosita bo’lib, tenglama va tenglamalar sistemalari yechimlari o’rganilgan. Ishda ayrim orfografik xatolar uchraydi, ammo bu ishning qiymatini pasaytirmaydi.
Malakaviy bitiruv ishining bahosi (maksimal 100-ball): Bitiruv malakaviy ishi qo‘yilgan talab darajasida bajarilgan bo‘lib, ishni 78 ball bilan baholasa bo‘ladi.
Malakaviy ish rahbari: o`qituvchi.M.Jo`rayeva
“_____” _________ 2015y.
KIRISH
Tenglamalar matematikaning asossiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u amaliy (tatbiqiy) masalalarni yechishning kuchli vositalaridan biridir. U tatbiqiy masalaning matematik modeli bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham sodda tenglamalarni yechish, turmushda uchrab turadigan ba’zi masalalarni yechishda tenglamalardan foydalana olish matematik madaniyatning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababali ham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kurslarida tenglamalar mavzusi uzviy o‘rganiladi. Bunda o‘quvchilar chiziqli, kvadrat tenglamalarni, ularga keltiriladigan tenglamalarni, ratsional tenglamalarni, sodda irratsional tenglamalarni, trigonometrik, ko‘rsatkichli, logarifmik tenglamalarni o‘rganadi. Aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylarda yuqori darajali algebraik tenlamalar o‘rganiladi. Bu tenglamalarni yechish usuli unda qatnashayotgan funksiyalarning xossalariga asoslangan algoritmik usulga keltiriladi, ya’ni tenglamalar standart ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo hayotning, amaliyotning rang barangligi boshqa ko‘rinishdagi, nostandart ko‘rinishdagi tenglamalarni yechishni ham taqoza etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ish ba’zi nostandart tenglamalarni yechish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |