О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yо‘nalishi 019-114 guruh talabasi NOROV BOBURning Umumiy psixologiya fanidan KURS ISHI
Mavzu: Diqqat va Iroda
Bajardi: _________________ Qabul qildi: _________________
Qarshi – 2022 Mundarija Kirish………………………………………………………………………3 Bob. Diqqat haqida tushuncha…………………………………...6
1.1. Diqqat haqida tushuncha……………………………………............6 1.2. Diqqatning turlari…………………………………………………....9 1.3. Diqqatning fiziologik asoslari……………………………………….14
Bob. Iroda haqida tushuncha……………………………………..24
2.1. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari……………………….24 2.2. Iroda nazariyalari……………………………………………………25 2.3. Irodaviy akt va uning tuzilishi………………………………………26 2.4. Shaxsning irodaviy sifatlari………………………………………….28 Xulosa………………………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………...34
Kirish Mazkur dastrur "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi"ning ta’limning ijtimoiylashuvi bо‘limida kо‘rsatib о‘tilgan talaba-yoshlarning eksperimental psixologik bilimlarini dunyoqarashini boyitish, ularda eksperimental psixologiya qonuniyatlari asosida jamoadagi shaxslararo munosabat, psixologik jarayonlarni rivojlanishini shakllantirish qonuniyatlari haqida kо‘nikmalarni shakllantirish, eksperimental psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Odamga xar bir daqiqada atrof-muxitdan juda kup narsa va xodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va xodisalaryaing hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning kay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va xodisalar anik; va tula aks ettiriladi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksii akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta’siri yoki xaddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining pusti da kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha kilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan ko’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogda nisbatan kuchli (ya’ni optimal) ko’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli ko’zg’alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam ko’zg’alish bo’ladi.
O‘zini tekshirib ko‘rmasdan o‘ziga ishonish, o‘ziga ortiqcha baho berishga olib kelishini Yudjen Sexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruhi bilan tajribalar o‘tkazish jarayonida aniqladilar. Birinchi guruh talabalari o‘nlab aniq faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba qayta-qayta o‘qib chiqib, so‘ngra o‘z fikrlarini har bir faktga nisbatan so‘zlab berdilar, keyin esa ularni qay darajada yaxshi eslab qolganliklarini bilish uchun tekshirib ko‘rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o‘zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo‘lsa xam, ushbu guruh talabalari o‘z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruh talabalari fikrlarni o‘qib chiqishdi, biroq qolgan vaqt mobaynida amaliy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishdi – savollarga javob qaytarishdi. Buning uchun o‘qib chiqqanlarini esga olishga to‘g‘ri keldi. “Ko‘p karra o‘qib chiqqan” guruh talabalari bilan taqqoslaganda, ikkinchi guruh talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdilar. Undan tashqari, ushbu guruh talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to‘g‘risidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. SHunday qilib, o‘zi-o‘zini tekshirib ko‘rish uslubi materiallarni yaxshi eslab qolib, muammolarni aniqlash va shu orqali biz hali bilmaydigan narsalarimizga ko‘proq diqqatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun qo‘yilgan katta qadamdir”.
Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib borish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatni rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishi mumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning qo`shilishi -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosan o`smirlik va o`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilona tashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin. Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.